Mustaqil ta’lim mavzulari Odam va hayvonlarning fiziologik dolzarb muammolari


Download 17.77 Kb.
Sana17.12.2022
Hajmi17.77 Kb.
#1025920
Bog'liq
2-topshiriq odam va hayvon.pdf


Mustaqil ta’lim mavzulari

  1. Odam va hayvonlarning fiziologik dolzarb muammolari.

  2. Muskullar va ularning fiziologik xususiyatlari.

  3. Shartli reflekslar va ularning axamiyati.

  4. Orqa miyaning funksiyalari.

  5. Bosh miya katta yarimsharlari va uning asosiy vazifalari.

  6. Vegetativ nerv tizimi va uning qismlari, vazifalari.

Javoblar


  1. Fiziologiyaning dolzarb muammolarini o’rganishga kebernitik usullar bilan yondashish tirik organizmlardek murakkab tizimlarda ruy beruvchi hodisalarni sintetik usulda keng qamrab olish bilan ta’riflanadi va turli funksiyalarning o’zaro ta’siri hamda boshqarilishining umumiy prinsiplarini ochishga yordam beradi

  2. Muskullar - oda va hayvon tanasi a’zolari, nerv impulslari ta’sirida qisqarish xususiyatiga ega to’qimadan tashkil topgan. Silliq, ko’ndalangtarg’il va yurak muskullari birgalikda organizimning muskul sistemasini tashkil qiladi. Harakatlanishda asosiy rol o’ynaydi. Ko’ndalangtarg’il va silliq muskullarga bo’linadi. Silliq muskullardan ichki a’zolar, qon va limfa tomirlari devorining muskul pardalari, shuningdek , teri muskullar hosil bo’ladi. Ichki a’zolar devori silliq muskulning qisqarishi sekin va chuvalchang o’rmalashisimon bo’ladi. Silliq muskul refleks yo’li bilan avtomatik qisqaradi. Ular haddan tashqari kuchli qisqarganda og’riq paydo bo’ladi. M; jigar va buyrak sanchig’I, ichak spazmi. Ko’ndalangtarg’il muskullarga skelit muskullari va yurak muskuli ya’ni miokard kiradi. Bu muskullar to’qimasi kishining ixtiyoriga bo’ysunadi. Har qanday muskul yumaloq yoki yassi pay vositasida bir suyakdan boshlanib , ikkinchisiga yopishadi. Muskul bo’g’im yaqinida bo’lsa albatta shu bo’g’imdan o’tib, uning harakatlanishini ta’minlaydi. Yurak muskullari tuzilishi va vazifasiga ko’ra unda boshqa muskullarda bo’lmaydigan xususiyat – ma’lum ritm va kuchga ega bo’lgan qisqarishlar avtomatizmi bor. Yurak muskullari umr bo’yi ritm bilan to’xtamasdan ishlaydi, uning faoliyatini nerv sistemasi boshqaradi. Barcha muskullarning asosiy xususiyati ularning qisqarishidir, bunda muayyan ish bajariladi.

  3. Shartli reflekslar odam va hayvonning shaxsiy hayoti davomida ottirgan moslashuv reaksiyalarisistemasi; shartli qo’zg’atuvchi bilan shartsiz reflector qo’zg’atuvchi o’rtasida vujudga keladigan muvaqqat bog’lanish tufayli paydo bo’ladi. Shartli reflekslar markaziy nerv sistemasiga ega barcha hayvonlarda bor. Shartli refleks termenini I.P.Pavlov 1903-yilda fanga olib kirgan. Shartli refleksning shakllanishida markaziy nerv sistemasining oliy qismlari: baliqlarda o’rta miya va miyacha, sudralib yuruvchilar va qushlarda bosh miya yarimsharlari, odam va sutemizuvchilarda bosh miya yarimsharlari po’stlig’i asosiy ahamiyatga ega. Shartli reflekslarning biologik ahamiyati organizmning moslanish imkoniyatlarini kengaytirishdan va uning hattiharakatlarini har xil sharoitga moslanishiga yordam berishdan iborat.

  4. Orqa miya umurtqa kanalida birinchi bo’yin umurtqasi bilan ikkinchi bel umurtqasi oralig’ida joylashgan bo’lib, katta odamda vazni 30-40 g , uzunligi 45smga teng. Yangi tug’ilgan bolada 6-10 g, uzunligi- 15sm. Orqa miya reklektor va o’tkazuvchi vazifasini bajaradi. Orqa miya skelet muskullarining harakat refleksini amalga oshiradi. Orqa miyaning harakat reflekslariga: tirsak, tizza, panja reflekslari misol bo’ladi. Orqa miyaning o’tkazuvchilik vazifasi undagi ko’tariluvchi va tushuvchi o’tkazuvchi yo’llar orqali amalga oshadi.

  5. Bosh miya katta yarimsharlari po’stlog’ining turli qismlarida joylashgan nerv hujayralarining po’stloq sathi funksiyasiga ko’ra, uchta zonaga bo’linadi: sezish, harakat va assotsiativ zonalar. Sezish zonalarida joylashgan nerv hujayralari to’plami odam tanasining barcha sezgi organlarining oliy markazi hisoblanadi. Bu markazlar teri, ko’rish, eshitish, hid va tam bilish kabi sezgi organlari retseptorlaridan impuls qabul qiladi. Bosh miya katta yarimsharlari po’stlog’ining harakat zonalariga nerv hujayralari to’plami muskullar, paylar , bo’g’imlar, suyaklarning retseptorlaridan impuls qabul qilib, odam tanasining barcha qismlari harakatini boshqaruvchi oliy nerv markazi vazifasini bajaradi. Assotsiativ zonalarning nerv hujayralari odam tanasining to’qima va organlari bilan nerv yo’llari orqali bog’lanagan, ular miya po’stlog’ining turli qismlaridagi nerv hujayralarini bir-biri bilan bog’laydi. Bu zonalar sezgi va harakatlanish organlaridan kelgan ta’sirni analiz va sintez qiladi.

  6. Vegetativ nerv sistemasi ichki organlar: nafas olish, qon aylanish, ovqat hazm qilish, ayirish, jinsiy va ichki sekretsiya bezlarining ishini hamda moddalar almashinuvi jarayonini boshqaradi. Vegetativ nerv sistemasi simpatik va parasimpatik nervlarga bo’linadi.

Simpatik nerv sistemasining markazlari orqa miyaning birinchi ko’krak segmentidan to uchunchi bel segmentigacha bo’lgan sohada joylashgan. Simpatik nerv tolalari orqa miyaning yuqorida ko’rsatilgan segmentlarning yon shoxlaridan chiqib, umurtqa pog’onasi atrofida va tananing turli qismlarida joylashgan nerv tugunlariga, ulardan esa to’qima va organlarga boradi.
Simpatik nerv sistemasi yurak ishini tezlashtiradi va kuchaytiradi, arteriya qon tomirini toraytirib, qon bosimini oshiradi, me’da va ichaklarning harakatini susaytiradi, siydik qopi muskullarini bo’shashtirib, siydik yig’ilishiga sharoit yaratadi, nafas yo’llarini kengaytirib, nafas olishni yengillashtiradi, ko’z qorachig’ini kengaytirib ter ajralishini kuchaytiradi.
Parasimpatik nerv sistemasining markazlari bosh miyaning pastki qismida hamda orqa miyaning dumg’aza sigmentida joylashgan. O’rta va uzunchoq miyadagi nerv markazlaridan chiqqan parasimpatik nerv tolalari odamning bosh va yuz sohasidagi organlarga boradi. Shuningdek, parasimpatik nervning bitta tolasi uzunchoq miyadan chiqib, ichki organlarga boradi. Parasimpatik nervning orqa miyaning dumg’aza sigmentidan chiquvchi tolalari qorin bo’shlig’ining pastki qismida va chanog’ bo’shlig’ida joylashgan organlarga boradi. Parasimpatik nervlar simpatik nervlarga nisbatan teskari ta’sir ko’rsatadi. Ular to’qima va organlar funksiyasini zaruratga qarab tartibga solidi.
Download 17.77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling