7. Darslik, ilmiy asarlar yoki maqolalarni o‘qib o‘rganish tartibi quyidagicha bo‘lishi
mumkin: tavsiya etilgan kitob, risola, darslikning bobi, paragrafi (fasli) avvalo boshdan oxirigacha bir
marta o‘qib
chiqiladi, umumiy tasavvur hosil qilinadi: muallifi, kitobning,
maqolaning, bob yoki
paragrafning nomi bilib olinadi;
kitobning muqaddimasi, asarning boshida yozilgan va shu asarning
mazmunini ifodalaydigan
sitata, annotatsiya, epigrafi bilan tanishish shu kitobning muhim g‘oyasi va
yo‘nalishi haqida tasavvur beradi.
So‘ngra qo‘lda qalam (ruchka) bilan jiddiy e’tibor berib, asosiy matn o‘qib o‘rganiladi, muhim
o‘rinlari yozib boriladi. Kitobni bobma-bob yoki paragraflar bo‘yicha o‘rganish va asosiy g‘oyalarni
qisqa yozib borish maqsadga muvofiq. Kitob o‘qish ijodiy ish bo‘lib, o‘qish
jarayonida fikr yuritish,
tanqidiy yondashish, mulohaza qilish, lug‘atlar, ensiklopediyalardan foydalanish lozim.
Kitob matnida
berilgan jadval, rasm, sxema, grafik, shakl, ko‘rgazmalarni sinchiklab o‘rganish, matn mazmuniga
solishtirib ko‘rish, zarur bo‘lsa, ko‘chirib olish kerak. Kitobni o‘qish jarayonida olingan ma’lumotlarni
baholash va unga tanqidiy nuqtai nazardan qaramoq,
shuningdek, uning muhimligini baholamoq zarur
bo‘ladi. O‘qishda u yoki bu materiallarga har xil yo‘llar bilan belgi qo‘yish tavsiya etiladi.
3-mustaqil ta’lim topshirig‘i
№
Topshiriq qisqacha mazmuni va shartlari
Qat’iy belgilangan
muddat
VI semestr mustaqil ta’lim
MT3 MT9- MT12 mavzularidan referat/metodikalar ishlanmasi
va tahlili/test tuzish
27.03.2023-22.04.2023
Mustaqil ta’lim mavzulari:
Mashg‘ulotlar shakli: mustaqil ta’lim (MT)
soat
IV semestr
MT9 Faoliyatning individual uslubi va temperament. Xarakter va kasbiy sifatlar.
2
MT10 Shaxsning o`z-oziga baho berishi va kasbiy o`zligini anglashi
2
MT11 Shaxsning kasbiy kamolati. Shaxsning kasbiy o`zligini anglashi.
2
MT12 Kasbiy kamolotdagi shaxsning motivlari
2