Mustaqil ta’lim: “Men sevgan asar” mavzusida matn tuzing
Reportaj haqida ma`lumot bering
Download 40.93 Kb.
|
14 mustaqil talim
Reportaj haqida ma`lumot bering.
Reportaj - voqea, hodisalarni bevosita, jonli aks ettiruvchi, tezkor yoritib beruvchi axboriy janr. Uning oddiy xabardan farq. shuki, xabarda hayotdan olingan fakt, voqea, hodisalar umumiy, ya`ni qayd etish tarzida bayon etilsa reportajda fakt, voqea va hodisalar haqida bevosita, о sha voqea, hodisa boiib oiayotgan paytda, shu voqea va hodisalar yuz berayotgan joydan to‘ppadan-to‘g‘n xabar beriladi, boshqacha qilib aytganda hayot voqealari qayd etilmaydi,balki harakatda, jonli tasvirlanadi, hamda bu jarayonda jurnalist bevosita ishtirok etadi. Qisqacha qilib aytganda reportaj — jonli axborotdir. Axborotning bu ommabop janri bilan shug‘ullanuvchi, ya’ni reportaj yozuvchi (olib boruvchi) kishilarni reportyor (yoki sharhlovchi) deyiladi.Reportajda axborotning hamma turlari uyg‘unlashadi. Jurnalist hodisa va voqealar haqida unga m a’qul kelgan barcha imkoniyatlardao, jumladan, axborotning hisobot, suhbat, lavha va boshqa xillaridan keng foydalanishi mumkin. Reportajning xususiyati faktlarni sanashdan iborat bo‘lmay, voqeahodisa qanday sodir bo‘lgan bo‘lsa xuddi shu tartibda ko‘rsatib berishdan iborat. Reportaj «reportaje» degan so‘zdan olingan bo‘lib, «yetkazmoq, ma’lumot bermoq», degan ma’noni bildiradi. Bu janr XIX asrning birinchi choragida paydo bo‘lgan. Davr o ‘tishi bilan reportaj mukamallashdiva mustaqil janrga aylandi. Reportaj turlari ko‘p. Telereportaj, radioreportaj, gazeta reportaji. Bularda jonli muloqot b o ‘ladi. Ehtimol, shunday telereportaj haqida gap ketsa uni tomoshabin bilan reallikni bog‘ovchi vosita deb aytishadi. Reportaj quyidagi to`rt elementlardan tashkil topgan: -kadr orti matni.U reportyor tmonidan studiyada yoziladi. -videoqator.Operator tomonidan tasvirga olinib montaj qilingan tayyor video material. -Sinxron yoki ovozli lavha ya`ni faragment. -Shovqin-intershum ,voqea joyidagi tabiiy ovozlar.Bu kadr orti matni bilan parallel ravishda qo`yiladi. Shuningdek TV reportaj yana quyidagi hususiyatlarga ham ega: - hodisalarni m a ’lum ketma-ketlikda yoritish, ya’ni hodisa rivoji ma’lum vaqt va m a’lum makonda amalga oshirilishi bilan bog‘liq bo‘lgan tadrijiy bayon; - sodir etilgan voqea, hodisa to‘g ‘risida qism, tafsilot, qahramonlar gap-so‘zi va harakatini bayon etish orqali obrazli tasavvur yaratish; - imkon qadar hujjatlilik. - obrazli tahliliylik. Hodisa qanday sodir etilgani xususidagi savolga javob berayotib, jurnalist tadqiqotchi sifatida ish ko‘radi; - reportyorning shaxsiy faolligi, bu - auditoriyani guvoh sifatida hodisani ko‘rishgagina emas, balki mustaqil ravishda tasavvurlar hosil qilishga ham undaydi. Download 40.93 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling