Mustaqil ta’lim: “Men sevgan asar” mavzusida matn tuzing


Reportaj haqida ma`lumot bering


Download 40.93 Kb.
bet3/3
Sana20.01.2023
Hajmi40.93 Kb.
#1104908
1   2   3
Bog'liq
14 mustaqil talim

Reportaj haqida ma`lumot bering.

Reportaj - voqea, hodisalarni bevosita, jonli aks ettiruvchi, tezkor


yoritib beruvchi axboriy janr. Uning oddiy xabardan farq. shuki, xabarda
hayotdan olingan fakt, voqea, hodisalar umumiy, ya`ni qayd etish tarzida
bayon etilsa reportajda fakt, voqea va hodisalar haqida bevosita, о sha
voqea, hodisa boiib oiayotgan paytda, shu voqea va hodisalar yuz
berayotgan joydan to‘ppadan-to‘g‘n xabar beriladi, boshqacha qilib
aytganda hayot voqealari qayd etilmaydi,balki harakatda, jonli
tasvirlanadi, hamda bu jarayonda jurnalist bevosita ishtirok etadi. Qisqacha
qilib aytganda reportaj — jonli axborotdir. Axborotning bu ommabop janri
bilan shug‘ullanuvchi, ya’ni reportaj yozuvchi (olib boruvchi) kishilarni
reportyor (yoki sharhlovchi) deyiladi.Reportajda axborotning hamma turlari uyg‘unlashadi. Jurnalist hodisa va voqealar haqida unga m a’qul kelgan barcha imkoniyatlardao, jumladan, axborotning hisobot, suhbat, lavha va boshqa xillaridan keng foydalanishi mumkin.
Reportajning xususiyati faktlarni sanashdan iborat bo‘lmay, voqeahodisa qanday sodir bo‘lgan bo‘lsa xuddi shu tartibda ko‘rsatib berishdan iborat.
Reportaj «reportaje» degan so‘zdan olingan bo‘lib, «yetkazmoq, ma’lumot bermoq», degan ma’noni bildiradi. Bu janr XIX asrning birinchi choragida paydo bo‘lgan. Davr o ‘tishi bilan reportaj mukamallashdiva mustaqil janrga aylandi. Reportaj turlari ko‘p. Telereportaj, radioreportaj, gazeta reportaji. Bularda jonli muloqot b o ‘ladi. Ehtimol, shunday telereportaj haqida gap ketsa uni tomoshabin bilan reallikni bog‘ovchi vosita deb aytishadi.
Reportaj quyidagi to`rt elementlardan tashkil topgan:
-kadr orti matni.U reportyor tmonidan studiyada yoziladi.
-videoqator.Operator tomonidan tasvirga olinib montaj qilingan tayyor video material.
-Sinxron yoki ovozli lavha ya`ni faragment.
-Shovqin-intershum ,voqea joyidagi tabiiy ovozlar.Bu kadr orti matni bilan parallel ravishda qo`yiladi.
Shuningdek TV reportaj yana quyidagi hususiyatlarga ham ega:
- hodisalarni m a ’lum ketma-ketlikda yoritish, ya’ni hodisa rivoji
ma’lum vaqt va m a’lum makonda amalga oshirilishi bilan bog‘liq bo‘lgan
tadrijiy bayon;
- sodir etilgan voqea, hodisa to‘g ‘risida qism, tafsilot, qahramonlar
gap-so‘zi va harakatini bayon etish orqali obrazli tasavvur yaratish;
- imkon qadar hujjatlilik.
- obrazli tahliliylik. Hodisa qanday sodir etilgani xususidagi savolga
javob berayotib, jurnalist tadqiqotchi sifatida ish ko‘radi;
- reportyorning shaxsiy faolligi, bu - auditoriyani guvoh sifatida hodisani ko‘rishgagina emas, balki mustaqil ravishda tasavvurlar hosil qilishga ham undaydi.
Download 40.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling