Mustaqil ta’lim multimedia tizimlari va texnologiyalari tayyorladi: dauletbayeva mu’tabar


Download 418.81 Kb.
Sana18.06.2023
Hajmi418.81 Kb.
#1590363
Bog'liq
Fdf9p7Be3kehbhtnBWvPcbawLMh6S9kJ

MUSTAQIL TA’LIM

MULTIMEDIA TIZIMLARI VA TEXNOLOGIYALARI

TAYYORLADI: DAULETBAYEVA MU’TABAR


Power Point yaratish fikri Berkli oliygohi talabasi Bob Gaskins da paydo boʻladi. 1984-yil Gaskins Forethought firmasiga qoʻshildi va Dennis Ostin ismli dasturchini ishga yollaydi. Bob va Dennis harakatlarini birlashtirishadi va Presenter dasturini yaratishadi. Dennis dasturning original versiyasini Tom Rudkin bilan yaratadi. Keyinchalik Bob dastur nomini PowerPoint deb oʻzgartirishga qaror qiladi.
1987-yil PowerPoint 1.0 Apple Macintosh tizimi uchun namoyish etiladi. U oq-qora formatda ishlagan. Keyinchalik Macintoshning rangli koʻrinishlari paydo boʻlgan va dasturning ham rangli versiyasi yaratilgan. PowerPointning ilk versiyalarida dastur tarkibiga koʻk jildli kitob shaklidagi yoʻriqnoma kiritilgan, ammo bu biroz qimmatga tushishi munosabati bilan Forethought elektron yoʻriqnomaga oʻtishga qaror qiladi.
Power point dasturi haqida
Taqdimotlar quyidagi (prefiks yordamida) koʻrinishlarda saqlanishi mumkin:
.ppt — PowerPoint taqdimoti
.pps — faqatgina PowerPoint taqdimoti
.pot — PowerPoint modeli
PowerPoint 2007 oʻzining macOS uchun versiyasida (2008) Office Open XML formatini taqdim etdi. Shundan soʻng taqdimotlar pptx,. ppsx,. potx koʻrinishiga ega boʻldi.
Microsoft PowerPoint – taqdimotlarni tayyorlash va taqdimotlarni hosil qilish uchun moʻljallangan boʻlib, unda yaratilgan taqdimotlarda oddiy animastiyalar hosil qilish mumkin. Taqdimot – maʼruza, biznez reja va hokazolar boʻlishi mumkin. Har bir taqdimot bir necha slayddan tashkil topgan boʻlishi mumkin.
Microsoft Power Point – universal, imkoniyatlari keng boʻlgan, koʻrgazmali grafika amaliy dasturlari sirasiga kiradi va matn, rasm, chizma, grafiklar, animastiya effektlari, ovoz, videorolik va boshqalardan tashkil topgan slaydlarni yaratish imkonini beradi
Adobe Photoshop haqida
Adobe Photoshop — Adobe Inc. firmasi tomonidan ishlab chiqilgan va tarqatilyotgan koʻp funksiyali grafik redaktor. Asosan rastrli tasvirlar bilan ishlashga moʻljallangan, biroq bir nechta vektorli vositalariga ega. Dastur Adobe firmasi mahsuloti sifatida mashhur va rastrli tasvirlarni tahrirlashda dunyoda eng oldi brendi hisoblanadi. Hozirda Photoshop macOS, Windows platformalariga, iOS, Windows Phone va Android mobil tizimlariga moslashtirilgan. Yana Windows 8 va Windows 8.1 uchun Photoshop Express versiyasi ham mavjud. Adobe Photoshop tasvirlarni tahrirlashdagi proffesional redaktor hisoblanadi.
1984-yilda Aka-uka Nollarga otasi dastlabki Macintosh olib berdi. Uning imkoniyatlarining koʻpligi shu dasturni tuzishga sabab boʻldi
Adobe photoshop imkoniyatlari
«Adobe PhotoShop» tаsvir tаhrirlаgichi yordаmidа fоtоsurаtlаrgа ko`shimchаlаr kiritish, fоtоsurаtdаgi dоg`lаrni o`chirish vа eski rаsmlаrni qаytа ishlаsh vа tiklаsh, rаsmlаrgа mаtn kiritish, qo`shimchа mаxsus effеktlаr bilаn bоyitish, bir fоtоsurаtdаgi elеmеntlаrni ikkinchi fоtоsurаtgа оlib o`tish, surаtdаgi rаnglаrni o`zgаrtirish, аlmаshtirish mumkin.
Afzaliklaridan biri maxsus dastur yordamida fayl hajmini yetarlicha siqish imkonining mavjudligidir. Ammo faylni siqib, hajmini kichraytirish jarayonida tasvir sifatida oʻzgarish boʻladi. Fayl kuchli siqilganda tasvir sifati yomonlashishi mumkin. Ushbu formatdagi fayllar kompyuter xotirasida koʻp joy egallamaydi va hajm jihatidan kichikligi bois mazkur formatdagi tasvirlar bilan ishlash ancha oson
Download 418.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling