Mustaqil taʼlim olish boʻyicha tavsiyalar


Download 1.9 Mb.
Sana14.01.2023
Hajmi1.9 Mb.
#1093458
Bog'liq
Shablonlar


MUSTAQIL TAʼLIM OLISH BOʻYICHA TAVSIYALAR
✅Ilgari olgan bilimlari yetarli emas yoki ahamiyatsiz, deya xulosaga kelgan odamlar biror narsani rivojlantirishda maʼlum qiyinchiliklarga duch kelishadi. Agar mustaqil taʼlim olmoqchi boʻlsangiz, quyidagi tavsiyalar siz uchun:
👉Maqsadlarni belgilang
Nega yangi bilimlarni oʻrganishni xohlaysiz? Ularni keyinchalik amalda qoʻllay olasizmi? Ularni qayerda qoʻllaysiz? Bu sizga nima beradi?
Oʻzingiz uchun asosiy savollar roʻyxatini tuzing. Ular besh, oʻn, yigirmata boʻlishi mumkin. Qancha koʻp boʻlsa, shuncha yaxshi. Ushbu savollar niyatingiz va erishmoqchi boʻlgan natijani turli tomondan koʻrishga yordam beradi. Javoblaringizni iloji boricha batafsil va aniq berishga harakat qiling, hech narsani unutmang. Ularni qayta oʻqing, toʻldiring va har doim yoningizda saqlang. Ular ajoyib eslatma boʻlib qoladi va sizni keyingi choralarni koʻrishga undaydi.
👉Reja tuzing
Rejangizda quyidagi tafsilotlargacha boʻlsin: bilimlarni qaysi vositalar yordamida oʻrganmoqchisiz? Agar kitoblar boʻlsa, unda ular qanday kitoblar, muallifi kim, nomi qanday, ularni qayerdan topishingiz mumkin? Ular bosmami yoki elektronmi? Agar ular, masalan, audio seminarlar yoki video kurslar boʻlsa, ularni qayerdan topasiz va qachon ularga vaqt ajratishni rejalashtiryapsiz? Siz boshqa oʻquv turlariga murojaat qilasizmi? Fakultativ, maxsus kurs, mahorat darslari va treninglarda qatnashasizmi? Siz qanday foydali Internet manbalaridan foydalanasiz?
Shuni yodda tutingki, bularning barchasini aralashtirmaslik kerak. Aks holda chalkashliklar paydo boʻlib, natija pasayib ketadi. Biror narsa xalaqit qilsa, uni rejangizdan chiqarib tashlashingiz kerak.
👉Vaqtni toʻgʻri tashkil eting
Mustaqil taʼlim olishda hech kim sizni oʻqi deb niqtab turmaydi. Bu kun tartibi va oʻzingizni majburlash qobiliyatini ham oʻz ichiga oladi. Ammo koʻpchilik mustaqil oʻqish yoki masofadan turib ishlashni (frilans) boshlaganida vaqtini tashkil eta olmaydi. Hali yetarlicha vaqt bor, degan taassurot paydo boʻladi va natijada muhim masalalar keyinga qoldiriladi. Bu esa shoshilib qolishga va hatto loyihalarning muvaffaqiyatsiz boʻlishiga olib keladi.
Kuniga necha soat / oyda necha kun mustaqil taʼlim olishingizni aniqlab oling. Kuniga bir soatdan ikki-uch soatgacha mashgʻulotlarga bagʻishlashingiz mumkin. Agar bu malaka oshirish, maʼlum bir sohaning mutaxassisi boʻlishga harakat boʻlsa, unda koʻproq vaqt sarflanishi kerak.
🔹Qoʻshimcha tavsiyalar
👉Atrofingizdagi odamlar bilan yangi maʼlumotlarni muhokama qiling.
👉 Mustaqil taʼlim jarayonida tashqi dunyodan uzilib turishga harakat qiling. Har qanday keraksiz fikrlar diqqatni chalgʻitadi va diqqatni jamlashga xalaqit beradi. Shu sababli, ish paytida barcha muammolarni unuting.
👉Agar kimlardir oʻqishingizga salbiy taʼsir koʻrsatayotganini sezsangiz, u holda ular bilan muloqot qilish vaqtini kamaytiring. Televizor oldida yoki ijtimoiy tarmoqlarda vaqt oʻtkazishdan saqlaning.
Download 1.9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling