Mustaqil ta‟lim o‟quv jarayonining muhim ajralmas tarkibiy qismi bo‟lib, u talabalarda
Download 0.83 Mb. Pdf ko'rish
|
ekologiya uslubiy
2 KIRISH Mustaqil ta‟lim o‟quv jarayonining muhim ajralmas tarkibiy qismi bo‟lib, u talabalarda mustaqil bilim olish, mavzuni erkin tahlil qilish, tegishli masala bo‟yicha o‟z fikriga ega bo‟lish, ilmiy tadqiq etish, erkin fikrlash, muammoli masalalar yuzasida xulosa va takliflar ishlab chiqa olish hamda ularni amaliyotga tatbiq etishga oid zarur bilim va ko‟nikmalar shakllanishida katta ahamiyatga ega. Oʻzbekiston respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 31 dekabrdagi “Oliy ta‟lim muassasalarida ta‟lim jarayonini tashkil etish bilan bogʻliq tizimni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 824- sonli Qarorida belgilangan vazifalarni bajarish va oliy ta‟lim muassasalarida talabalarning kasbiy tayyorgarligiga qoʻyilayotgan talablar, maqsad va vazifalar kun sayin ochiqlik va rangbaranglik kasb etgan holda oʻzgarib bormoqda, bu oʻz navbatida amalda professional faoliyatni yoʻlga qoʻyishga xizmat qiluvchi usul va vositalarning ham zamon talablariga moslashishini taqozo etmoqda. Ushbu jihatdan qaraganda boʻlgʻusi mutaxassislar uchun kasbiy faoliyatga oid qarorlarni qabul qilishda mustaqil harakat qilish, mobillik kabi jihatlarga moʻljal olish muhim oʻrin tutadi, zero bularning barchasiga kasbiy kompitentlik orqali erishiladi. Zamonaviy talablar odatdagi ta‟lim strategiyasini qayta koʻrib chiqishni zarur qilib qoʻyadi. Talabalarning oʻz amaliy faoliyatlari natijalarini nazariy jihatdan chuqur anglab etish, talabalarning bilim olishlariga boʻlgan ichki motivlarini uygʻotishga qaratilgan oʻqitish vositalariga oʻtish jarayoni sodir boʻlmoqda. Kun sayin fundamental bilimlarning ahamiyati ortib bormoqda, individuallashtirishga alohida urgʻu berilmoqda, talabalarning mustaqil ishlari hajmi koʻpaygani holda, oʻqituvchi rahbarligida amalga oshiriluvchi oʻquv faoliyatidan mustaqil ta‟lim faoliyatiga oʻtilmoqda. Kredit-modul tizimida talabalarning mustaqil ish turlarining hajmi 50-60% gacha oshadi, amaldagi ta‟lim tizimida bu koʻrsatkich deyarli 50% ni tashkil etadi. Shu sababli, mustaqil ta‟limga Download 0.83 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling