Mustaqil ta’lim shakli va mazmuni
Download 0.87 Mb.
|
4- Mustaqil ish 9797
Mustaqil ta’lim shakli va mazmuniMustaqil ishini bajarishdan maqsad – professor o’qituvchilarning bevosita rahbarligi va nazorati ostida talabalarni semestr davomida fanni uzluksiz o’zlashtirishini ta’minlash, olingan bilimlarni mustahkamlash, zaruriy ko’nikmalarga ega bo’lish, kelgusidagi darslarga tayyorgarlik ko’rish, aqliy mehnat madaniyati, yangi bilimlarni mustaqil ravishda izlab topish va qabul qilishni shakllantirishdan iborat. Talaba mustaqil ishini tashkil etishda “Dasturlash I” fanining xususiyatlarini, shuningdek, har bir talabaning akademik o’zlashtirish darajasi va qobiliyatini hisobga olgan holda quyidagi shakllardan foydalaniladi: ayrim nazariy mavzularni turli xil o’quv adabiyotlari yordamida mustaqil o’zlashtirish, berilgan mavzu bo’yicha dastur tayyorlash, amaliy va amaliyot mashg‘ulotlarga tayyorgarlik ko’rish, kurs ishini bajarish va tayyorlash, anjumanlarga ma’ruza tezislarini tayyorlash, fan olimpiadalarida ishtirok etish, ilmiy jamiyatlar va to’garaklarda ishtirok etish, kafedralarning ilmiy ishlarida ishtirok etish. “Dasturlash I” fanini o’rganuvchi talabalar auditoriyada olgan nazariy bilimlarini mustahkamlash va iqtisodiyotdagi amaliy masalalarni yechishda ko’nikma hosil qilish uchun mustaqil ta’lim tizimiga asoslanib, kafedra o’qituvchilari rahbarligida mustaqil ish bajaradilar. Talaba mustaqil ishni tayyorlashda mazkur fanning xususiyatlarini hisobga olgan holda quyidagi shakllardan foydalanishi tavsiya etiladi: Darslik va o’quv qo’llanmalar bo’yicha fan mavzularini o’rganish; Tarqatma materiallar bo’yicha ma’ruzalar qismini o’zlashtirish; Kompyuter texnologiyalari va tizimlari bilan ishlash; Maxsus adabiyotlar bo’yicha referat va ma’ruzalar tayyorlash; Berilgan vazifalar bo’yicha dasturlar tuzish; Talabaning o’quv-ilmiy tadqiqot ishlarini bajarish bilan bog‘liq bo’lgan adabiyotlar, monografiya va ilmiy to’plamlarni chuqur o’rganish; Interaktiv va muammoli o’qitish jarayonida faol qatnashish; Masofaviy (distatsion) ta’lmni tashkil etishda qatnashish. Mustaqil o‘zlashtiriladigan mavzular bo‘yicha talabalar tomonidan referatlar tayyorlanishi va uni taqdimot qilinishi tavsiya etiladi. Mustaqil ish uchun bajarilgan 5 ta ishning har bir ishga 4 balldan ajratilgan va ballarni qo’yish jarayonida quyidagilar e’tiborga olinadi: Mustaqil ish hajmining va rasmiylashtirish qoidalarining talabga muvofiqligi; Referat berilgan mustaqil ish mavzusiga mosligi; Berilgan mavzuning to‘liq yoritilganligi; Mustaqil ishda yangi ma’lumotlardan foydalanilganligi; Mustaqil ishni bajarishda qo‘shimcha adabiyotlardan va maqolalardan foydalanilganligi; Mustaqil ishni bajarish davomida dasturiy mahsulotlar yaratilganligi va tahlil qilinganligi. Download 0.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling