Mustaqil ta`lim
Download 14.89 Kb. Pdf ko'rish
|
MUSTAQIL TALIM BIOLOGIK KIMYO (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mustaqil ta’lim mavzulari 1. Hujayra yadrosi va irsiy axborotni uzutilish mеxanizmi. 2. Ribosomalar, ularning tuzilishi, funktsional holatining ahamiyati.
MUSTAQIL TA`LIM Mustaqil ta`lim mazkur kurs mazmunini toʻliq qamrab olishga qaratilgan bo‘lib, nazariy egallangan bilimlarni kengaytirish, talabalarning mustaqil oʻqish faoliyatini yoʻlga qoʻyishga asoslangan. Mustaqil ish topshiriqlari mavzular bo’yicha taqdimot, keys-stadi, masala-mashq yechish, axborot izlash, kollokvium, esse, maqola, referat va boshqa ko‘rinishlarda bajariladi. Mustaqil ta’lim bo‘yicha bajarilgan topshiriqlar elektron tizimda joylashtiriladi (himoya qilinadi) hamda fan o‘qituvchisi tomonidan tekshirilib, baholanadi. Bunda, bajarilgan topshiriqning o‘ziga xosligi 60%dan kam bo‘lmasligi lozim, aks holda topshiriq baholash uchun qabul qilinmaydi. Mustaqil ish topshiriqlarining soni fannining xususiyatidan kelib chiqib, bitta fan (modul) bo‘yicha 3 tadan kam bo‘lmasligi lozim. Mustaqil ish topshiriqlari joriy va oraliq nazorat uchun ajratilgan ballning 60 foizini tashkil qiladi. Mustaqil ta’lim mavzulari 1. Hujayra yadrosi va irsiy axborotni uzutilish mеxanizmi. 2. Ribosomalar, ularning tuzilishi, funktsional holatining ahamiyati. 3. DNK mutatsiyasi. DNK rеparatsiyasi. Bu jarayonga tashqi omillarning ta'sirini tushuntiring. 4. Gеnom kasalliklari. Bu kasalliklarning oldini olish bo’yicha gеn injеnеrligining yutuqlari. 5. Rеjalashtirilgan hujayra o’limi. Apoptoz. 6. DNK rеkombinatsiyasi. 7. DNKning makromolеkulyar strukturasi. 8. Tеskari transkriptaza. 9. Virus va faglar gеnomining strukturasi. 10. Prokariot gеnomi strukturasi. 11. Eukariot gеnomi strukturasi 12. Mitoxondriyaning gеnomi 13. Molеkulyar biologiyaning mеtodlari 14. Gеn injеnеriyasining mеtodlari 15 Oqsil biosintеzining boshqarilishi MUSTAQIL TA’LIM MAVZULARI Talaba semestr yakuniga qadar mustaqil ish topshiriqlarini bajarishi zarur va buning uchun 10 ball beriladi. Mustaqil ish topshiriqlari Topshiriq turi Toshiriq Ajratilgan shakli ball Molekulyar biologiya fani haqida tushuncha, uning ahamiyati va vazifalari. Oqsillar va nuklein kislotalar xillari, tarkibi, tuzilishi. Taqdimot yoki referat tayyorlash. Himoya qilish Elektron, og’zaki 5 DNK replikatsiyasi. Prokariot va eukariot organizmlarda replikatsiya. Gеnom kasalliklari. Bu kasalliklarning oldini olish bo’yicha gеn injеnеrligining yutuqlari. Taqdimot yoki referat tayyorlash. Himoya qilish Elektron, og’zaki 5 Yuqorida keltirilgan mavzularni talabalar o’zlashtiradilar va 1 ta mavzuga qo’lyozma shaklida 20 betdan kam bo’lmagan referat tayyorlaydi. Referatning 1- varog’iga talabaning ismi familiyasi va kursi, fanning nomi yoziladi, ikkinchi varog’iga Mustaqil ta’lim mavzusi va mavzuga oid reja yoziladi, uchinchi varog’dan boshlab mavzuning asosiy mazmuni yoritiladi. 19-betga xulosa va 20- betga foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati yoziladi. Mavzuga oid 20 ta tayanch ibora va 20 ta test tuziladi. Mavzular talabalar ro’yxati bo’yicha taqsimlanadi. Mustaqil ta’limni bajarish davomida talaba ishning mazmunini yoritish maqsadida mavzuga oid rasm, diagramma, jadvallarni ham kiritib o’tishi tavsiya etiladi. Topshiriqni bajarish davomida talaba 20 varog’ning har biriga ism va familiyasini hamda imzosini keltirib o’tishi kerak. Ko’chirilgan yoki boshqa talabaning ishini o’zlashtirib olib jo’natilgan ishlar tekshirilmaydi va baholanmaydi. Mustaqil ta’lim topshirig’ini pdf variantda moodle platformasiga joylashtirish lozim. Mustaqil ta’lim topshiriqlarini bajarish mobaynida yuzaga keladigan savollarga Biologiya fani o’qituvchisi Barakayev Saidrasul Maxsudovich telegram manziliga yoki +998 91 627 57 77 raqamiga murojaat qilish orqali javob olishingiz mumkin. Download 14.89 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling