Mustaqil ta'limi I. Badiiy asarlarda uchraydigan kasallik nomlari


Chechak kasalligi suv chechak, chin chechak


Download 399.55 Kb.
bet4/5
Sana30.04.2023
Hajmi399.55 Kb.
#1416263
1   2   3   4   5
Bog'liq
ho‘at mustaqil

Chechak kasalligi suv chechak, chin chechak kabi terminlar bilan ham yuritiladi. A. Usmanxodjayev, O‘. Abilov, M. Turaxanova kabi olimlar muallifligida tuzilgan "Tibbiy atamalar lug‘ati"da chechak kasalligiga quyidagicha ta'rif berilgan: SUVCHECHAK – o‘tkir yuqumli kasallik bo‘lib, ko‘pincha bolalarda uchraydi va haroratning ko‘tarilishi, teri va shilliq pardalarga papulovezikuloz toshmalar toshishi bilan kechadi.
QIZAMIQ – qizamiq, asosan, yosh bolalarda uchraydigan o‘tkir yuqumli virus orqali yuqadigan kasallik. Bu termin tibbiyotda ekzantema nomi bilan ham yuritiladi.
"Erta saharda u qo‘nimjoydan jo‘nab ketdik. Quruqsoy yonidagi Borikob bo‘ylab yuqoriga qarab sayr qilib bordim. Bir necha terak daraxtlari juda zo‘r xazon bo‘libdi. O‘sha yerda to‘xtab, yilqiron oshini (vabo, o‘lat yillarida qilinadigan xudoyi oshi) torttirdik. Xazon bois bo‘ldi, sharob ichdik. Yo‘ldan qo‘y keltirib, kabob qilishlarini buyurdim. Balut (eman) shoxlaridan o‘t yoqib, tomosha qilib o‘tirdik. Mening kelayotganimni eshitgan Mullo Abdumalik devona bu xabarni Kobulga yetkazishini yolvorib so‘radi. Kobulga Mullo Abdumalikni jo‘natdik. Hasan nabira Mirzoxon huzuridan mening yordamimga ko‘z tutib


kelgan ekan. ..." ("Boburnoma" tabdili, "O'qituvchi" nashriyoti, Toshkent-2008, 184-bet).
Vabo - ingichka ichakning zararlanishi, umumiy ahvolning ogʻirlashuvi va organizmning suvsizlanishi bilan davom etadigan oʻtkir infeksion kasallik; oʻta xavfli ichak kasalliklaridan. Vabo kasalligi dastlab Hindistonda paydo bo‘lgan va shu tariqa boshqa mamlakatlarga ham keng tarqalgan. Vabo kasalligi bugungi kunda xolera (cholera) atamasi bilan yuritiladi.
O‘lat - antropozoonozlar guruhiga kiradigan, o‘ta xavfli, o‘tkir yuqumli karantin kasallik.Qimmatbaho tosh nomlari lisoniy imkoniyati
"Dushanba kuni Nizomga Zuhra yulduzining rangiga mos havorang va yashil tuslardagi shohona liboslar kiydirildi. Dastorpech uning boshiga katta gavhar qadalgan podsholik sallasini qo‘ndirayotganda Humoyun Nizomga ovozini pasaytirib dedi:
- Bu gavhar bir vaqtlar rahmatli otam Bobur hazratlarining sallalarida porlab turgan edi. Hazrat Nizomiddin, sizga endi o‘shal ulug‘ siymoning ruhlari madad bersin!
Nizom o‘zining "hazrat Nizomiddin" ekaniga ishongisi kelmay atrofiga bir qarab oldi. Shu daqiqalardan boshlab u go‘yo ikki

odamga aylandi. ..." (Pirimqul Qodirov Tanlangan asarlar III jild "Humoyun va Akbar"("Avlodlar dovoni") "Sharq" nashriyoti Toshkent-2012, 89-bet).
Gavhar — qimmatbaho tosh; brilliant, javohir; sunʼiy usulda qirralangan, tarashlangan va sayqal berilgan olmosning xalq tilidagi nomi. Gavhar turdosh ot hisoblanadi, ammo bugungi kunda uning ma'nosi torayishi natijasiga ismga ham ko‘chgan.
"Hazrat Nizomiddin unga zindonda turgan Matveyni ko‘rsatdi.
- Mana, siz nohaq zindonga tashlatgan begunoh odamlardan biri yuzma-yuz turibdir. Ilkingizdagi marvarid tasbehni farangistonlik xufiya poraga berganini hibsxonadagi muridlaringiz bizga aytdi. Qani sizda imon? Qani Allohga e'tiqod? Dinu imonni oltinga sotib yeydigan sizdek ochko‘z odam qanday qilib shayxulislom bo‘la olgay? Amir Bahlulning qoni tutsin sizni! Zindonga tashlang buni!" (Pirimqul Qodirov Tanlangan asarlar III jild "Humoyun va Akbar"("Avlodlar dovoni") "Sharq" nashriyoti Toshkent-2012, 101-bet).
Marvarid - mollyuskaning qobig'iga begona narsa kirganda hosil qiladigan shakllanish. Bu kalsiy qatlamlari bilan shubhali shovqinni o'rab turganga o'xshaydi (hatto qum donasi ham bo'lishi mumkin).

Natijada go'zal marvarid donasi bo'lib, u mukammal yumaloq shaklga ega bo'lishi mumkin, deyarli hech qanday ishlov berishni talab qilmaydi.
Qimmatbaho marvaridlar dengiz tubidan qazib olinadi - u erda ular mollyuskalarning bardoshli qobiqlarida saqlanadi. Zargarlik buyumlarida marvaridning o'xshashlari yo'q va hech qachon bo'lmagan.
"Sohibqiron ana shu jilg‘alarning biri oldida to‘xtab lashkarga dam olishga ijozat berdi. Uning kopzlari suv tubida tovlanib turgan sariq toshlarga tushdi.
-Bular oltin emas, balki dur mutallo toshlar, - dedi kadxudo. - Amm biz ko‘rgan tog‘larning ayrim joylarida oltin konlar ham bor.
Sohibqiron uni o‘z dasturxoniga taklif qildi. U o‘g‘li bilan iymanib dasturxon chetiga o‘tirdi. Bakovular birin-ketin tortayotgan taomlar ota bola uchun go‘yo sehrli bir tushdek edi" ("Amir Temur saltanatida xavfsizlik xizmati" "ART FLEX" nashriyoti Toshkent - 2010, 191- bet).
Yuqorida keltirilgan parchada ikki xil qimmatbaho tosh nomi keltirilgan: oltin hamda dur. Oltin - Mendeleyev davriy sistemasining I guruhiga mansub kimyoviy element, asl metallardan biri. Ko‘chma ma'noda har qanday qimmatbaho yoki aziz narsa

ma'nosida ham keladi.
Dur, inju (xitoy tilidan) — mollyuskalarning mantiya terisida sharsimon yoki notoʻgʻri shaklda paydo boʻladigan mahsulot. Durning tarkibi chigʻanoqlar tarkibidan farq qilmaydi va asosan kalsitdan iborat. Juda oz miqdorda suv, organik va b. moddalar boʻladi. Eng yirik va yuqori sifatli durlar iliq suvli okeanlarda hamda chuchuk suv havzalarida yashaydigan Pteria va Margaritana deb ataladigan ikki tavaqali mollyuskalarda topilgan. Bu so‘z ko‘chma ma'noda bebaho yoki eng yaxshi, a'lo narsalar ma'nosida qo‘llanadi.

Download 399.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling