Mustaqil yechish uchun masalalar


Download 14.63 Kb.
Sana03.12.2020
Hajmi14.63 Kb.
#157949
Bog'liq
1mavzu


Mustaqil yechish uchun masalalar


  1. Tovuqlarda gulsimon toj dominant (A), oddiy toj retsessiv (a). Tajribada gulsimon tojli tovuqlar oddiy tojli xo’rozlar bilan chatishtiriladi. F1 duragaylarning fenotipi va genotipi qanday bo’ladi?

a) agar F1 o’zaro chatishtirilsa, F2 da qanday natija kutish mumkin?

b) F1 oddiy tojli xo’rozlar bilan qayta chatishtirilsa – chi?



  1. Quyonlarda junning normal uzunligi dominant (V), qisqaligi retsessiv belgi (b) hisoblanadi. Quyidagi genotipga ega organizmlar chatishtirilganda qanday fenotipli organizmlar olinadi?

Bb x Bb; BB x bb; Bb x BB

  1. Pomidor mevasining qizil rangi (A) sariq rangi (a) ustidan dominantlik qiladi. Tajribada ota-ona organizmlari qizil rangga ega edi, lekin ular chatishtirilganda ¾ qizil ¼ sariq pomidor hosil bo’ladi. Ota-onaning va F1 duragaylarning genotipini aniqlang.

  2. Odamda qo’y ko’zlilik dominant, ko’k ko’zlilik retsessiv belgi. Nikoxlangan yigit va qizning biri qo’ykuz ikkinchisi ko’kkuz bo’lsa, ular farzandlarining ko’zlari qanday rangda bo’ladi?

  3. G’o’zaning hosil shoxi gamozigota cheklanmagan (S) va cheklangan (s) formalari o’zaro chatishtirildi. F1 F2,. bo’g’ining genotipini va fenotipini aniqlang.

  4. Mioplegiya kasalligi (xujayralarda kaliy elementi kamayib ketishi natijasida ro’y beradigan muskul paralichi) dominant belgi sifatida nasldan - naslga o’tadi. Ota shu kasallik geterozigotaga, ona sog’lom bo’lgan oilada mioplegiya kasalligi bilan tug’ilish ehtimoli qanday?

  5. Odamlarda kar – soqovlikning ma’lum bir formasini keltirib chiqaruvchi gen normal eshitishni ta’minlovchi genga nisbatan retsessivdir:

a) geterozigota ota – onadan qanday avlod kutish mumkin

b) kar – soqov erkak va ayol nikoxidan kar – soqov bola tug’ildi. Ota – onaning genotipini aniqlang



  1. Drozofilla meva pashshasida normal qanot dominant, egilgan qanot retsessiv gen ta’sirida rivojlanadi. Naslda 3:1 yoki 1:1 nisbat olish uchun qanday genotipli pashshalarni o’zaro chatishtirish kerak?

  2. Ipak qurti lichinkalarining yo’l – yo’lligi (A) bir xil rang (a) ustidan dominantlik qiladi. Yo’l – yo’l geterozigotali qurtdan chiqqan kapalak bir xil rangli qurtdan chiqqan erkak kapalak bilan chatishtiriladi. F1 bo’g’inning fenotipi va genotipini toping.

  3. Ipak qurti urug’ining qoramtir rangi (A) oq rangi (a) ustidan dominantlik qiladi. Geterozigotali urg’ochi kapalak shunday erkak kapalak bilan chatishtirishdan qanday nasl hosil bo’ladi.

Download 14.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling