Mustaqil yechish uchun masalalar
Download 137.02 Kb. Pdf ko'rish
|
2 - m
Mustaqil yechish uchun masalalar: 2.1. 500 t massali poyezd tormozlanganda tekis sekinlanuvchan harakat qilib 1 min davomida tezligini 40 km/soat dan 28 km/soat gacha kamaytirgan. Tormozlash kuchi topilsin. 2.2. 600 m/s tezlik bilan uchayotgan 4,65·10 -26 kg massali molekula idish devoriga tik uriladi va tezligini o'zgartmasdan devordan elastik qaytadi. Urilish vaqtida idish devoriga berilgan kuch impulsi topilsil. 2.3. Gorizont bilan = 30° burchak tashkil qilgan qiya tekislikning eng yuqori cho'qqisiga vaznsiz blok mahkamlangan. Og’irliklari m 1 = m 2 =1 kg bo’lgan 1 va 2 toshlar bir-biriga ip bilan birlashtirilib, blokka osilgan. 1) Toshlarning harakat tezlanishi, 2) ipning taranglik kuchi topilsin. Blokdagi ishqalanish, xuddi shuningdek 2 toshning qiya tekislikka ishqalanishi hisobga olinmasin (rasm). 2.4. Ipga bog’langan tosh vertikal tekislikda tekis aylantirilmoqda. Agar ipning maksimal va minimal taranglik kuchining farqi ΔT=10 N ga tengligi ma'lum bo’lsa, toshning massasi topilsin. 2.5. 900 km/soat tezlik bilan uchayotgan samolyot "o'lim sirtmog’i" ni hosil qiladi. Uchuvchining o'tirgan stuliga siquvchi maksimal bosim kuchi 1) uchuvchining og’irligidan besh marta ortik, 2) uning ogirligidan o'n marta ortiq bo’lganda "o'lim sirtmog’i" ning radiuslari qanday bo'ladi? Download 137.02 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling