Mustaqil yechish uchun masalalar
Download 1.64 Mb.
|
Aylana urinmalari
Mustaqil yechish uchun masalalar: Aylanadagi AC yoyning o‘lchovi 230°. Ana shu yoyga tiralgan, aylanaga ichki chizilgan ABC burchakning kattaligi aniqlansin. Javob: 115°. Aylananing A nuqtasidan unga AB urinma va AC vatar o‘tkazilgan. Agar ∠BAC dan tashqaridagi yoyning o‘lchovi 220° ga teng ekanligi ma’lum bo‘lsa, ∠BAC ning kattaligi topilsin. Javob: 70°. Aylananing ikkita AB va CD vatari K nuqtada kesishadi. Agar BK = 8 sm, CK = 12 sm, KD = 6 sm bo‘lsa, AK kesmaning uzunligi topilsin. Javob: 9 sm. 4. Aylananing diametri 16 sm bo‘lsa, aylananing uzunligi topilsin. Javob: 16 π. 5. Aylananing uzunligi 8π sm. Bu aylana bilan chegaralangan doiraning yuzi hisoblansin. Javob: 16 π sm2. 6. Aylanadan tashqaridagi A nuqtadan unga AK urinma va ABC kesuvchi o‘tkazilgan. Agar AC = 20 sm, AB = 5 sm bo‘lsa, urinma kesmasining uzunligi topilsin. Javob: 10 sm. 7. Aylanadan tashqaridagi K nuqtadan unga ikkita KAB va KCD kesuvchi o‘tkazilgan. Agar KB = 18 sm, KA = 3 sm, KC = = 6 sm bo‘lsa, KD kesma uzunligi topilsin. Javob: 9 sm. 8. Aylanaga ABC burchak ichki chizilgan. A va C nuqtalar aylananing markazi O nuqta bilan tutashtirilganda hosil qilingan burchaklar ma’lum: ∠BAO = 50°, ∠BCO = 30° bo‘lsa, ∠ABC ning kattaligi aniqlansin. Javob: 80°. 9. Berilgan A, B, C nuqtalar aylanani 5 : 6 : 7 nisbatda bo‘lishi ma’lum bo‘lsa, ∠ABC ning kattaligi aniqlansin. Javob: 70°. 10. Aylananing AB vatari 120° li yoyni tortib turadi. Agar 10 3AB = sm bo‘lsa, aylana markazi O nuqtadan vatargacha bo‘lgan masofa topilsin. Javob: 5 sm. 11. Aylananing A nuqtasidan AK = 8 sm urinma va aylananing markazidan o‘tadigan ABC kesuvchi o‘tkazilgan. Agar kesuvchining tashqi qismi AB = 4 sm bo‘lsa, aylananing radiusi topilsin. Javob: 6 sm. Download 1.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling