Mustaqil yechish uchun misol va masalalar 1


Download 153.04 Kb.
Pdf ko'rish
Sana09.02.2023
Hajmi153.04 Kb.
#1181975
Bog'liq
Bernulli sxemasi extimol



 
 
MUSTAQIL YECHISH UCHUN MISOL VA MASALALAR 
 
1.  Savdo do‘koniga kirgan 8 ta xaridordan har birining xarid qilish ehtimoli 0,7 ga teng. Xaridorlardan beshtasining xarid qilish ehtimolini toping. 
2. Biror mergan uchun bitta o‘q uzishda nishonga tegish ehtimoli 0,8 ga teng va o‘q uzish tartibiga (nomeriga) bog‘liq emas. 5 marta o‘q uzilganda 
nishonga rosa 2 marta tegish ehtimolini toping. 
3. Tanga 10 marta tashlanganda gerbli tomon: 
)
a
 4 tadan 6 martagacha tushish ehtimolini toping.
)
b
 Hech bo‘lmaganda bir marta tushish ehtimolini toping. 
4. Birorta qurilmaning 15 ta elementidan har biri sinab ko‘riladi. Elementlarning sinovga bardosh berish ehtimolli sonini toping. 
5. Qaysi hodisaning ehtimoli katta? 
)
a
 Teng kuchli raqib bilan o‘ynab, to‘rtta partiyadan uchtasini yutib olishmi yoki sakkizta partiyadan beshtasini 
yutib olishmi? 
)
b
 To‘rtta partiyaning kamida uchtasini yutib olishmi yoki sakkizta partiyaning kamida beshtasini yutib olishmi? 


 
 
MUSTAQIL YECHISH UCHUN MISOL VA MASALALAR 
 
6. Tanga 11 marta tashlanganda gerbli tomon 3 marta tushish ehtimolini toping. 
7. Qaysi birining ehtimoli kattaroq: tanga 4 marta tashlanganda “gerb”ning 2 marta tushishimi yoki 8 marta tashlanganda “gerb”ning 4 marta 
tushishimi? 
8. Ishlab chiqarilgan buyumlarning 5% i yaroqsiz, tavakkaliga tanlangan 5 ta buyumdan ikkitasini yaroqsiz bo‘lish ehtimoli nimaga teng? 
9. Tanga 5 marta tashlanadi. Tanganing 1 marta “gerb” tomoni bilan tushish ehtimolini toping. 
10. Merganning nishonga urish ehtimoli 0,3 ga teng. Merganning 6 ta o‘qdan to‘rttasini nishonga urish ehtimolini toping. 
 


 
 
MUSTAQIL YECHISH UCHUN MISOL VA MASALALAR 
 
11. Merganning nishonga urish ehtimoli 0,25 ga teng. Mergan nishonga qarata 8 ta o‘q uzadi. Quyidagi ehtimollarni toping: 
)
a
 
Kamida 7 ta o‘q nishonga tegadi. 
)
b
 Kamida 1 ta o‘q nishonga tegadi.
12. Firma mahsulotlarining 5% i yaroqsiz. 5 ta mahsulot tanlanganda: 
)
a
 1 ta ham yaroqsiz mahsulot yo‘q bo‘lishi; 
)
b
 2 ta yaroqsiz 
mahsulot bo‘lish ehtimoli nimaga teng. 
13. Tanga 20 marta tashlanadi. “Gerb” tomon bilan tushishlar sonining eng ehtimolli sonini toping. 
14. O‘yin soqqasi 16 marta tashlanadi. 3 ga karrali ochkolarning eng ehtimolli sonini toping. 
15. O‘qning nishonga tegish ehtimoli 
35
,
0

p
. Nishonga qarata 10 ta o‘q uziladi. Nishonga tegishlarning eng ehtimolli sonini toping. 
 

Download 153.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling