Mustaqillik davri adabiyoti


Download 1.57 Mb.
Pdf ko'rish
Sana27.04.2020
Hajmi1.57 Mb.
#101745

SamDCHTI akademik litseyining

ona tili va adabiyot fani o’qituvchisi

Nuriddinova Nafisa

Mavzu:“Mustaqillik davri she’riyati”.                                  

Tayyorlovchi: Raxmatova Parizoda

MUSTAQILLIK DAVRI  ADABIYOTI

XX asr o‘zbek xalqining boy madaniyati va badiiy tafak-

kuri tarixida alohida o‘ziga xos bosqich sanaladi. Bu davrda

o‘zbek adabiyotining taraqqiyot yo‘lida realistik tasvir ta-

moyili yetakchilik qildi; badiiy adabiyot ijtimoiy hayotga, in-

sonlar dardiga yaqinlashdi, qalamga olingan mavzular zamon

bilan, mavjud umuminsoniy muammolar bilan bog‘landi.

Eng muhimi, XX asr oxirida birorta o‘zbekistonlikning yo-

didan chiqmaydigan tarixiy voqea sodir bo‘ldi, ya’ni 1991-

yil 1-sentabrida O‘zbekiston mustaqillikka erishdi. Barcha

o‘quv dargohlarida o‘quv yilining birinchi kunida betakror

bayramona kayfiyat hukm suradi. Demak, o‘sha voqelikdan

keyingi davr adabiyoti «Mustaqillik davri o‘zbek adabiyoti»

deb atalishi tabiiy sanaladi. Badiiy ijodning har bir yo‘na-

lishi – nazm, nasr va dramaturgiya mohiyat e’tibori bilan

mustaqillik davrining mavzulari bilan boyidi. Bu holat o‘zbek

adabiyoti tarixida yangi davr boshlanganidan darak beradi.

.


JAMOL KAMOL

Jamol Kamol 1938 yil 26 aprelda Buxoro

viloyati, Shofirkon tumanidagi Chikaron

qishlog‘ida tug‘ilgan. Buxoro pedagogika

institutining filologiya fakultetini tamomlagan

(1959). Dastlabki she’riy to‘plami — «Olam

kirar yuragimga» (1968). «Cho‘qqilarga

yog‘ildi yog‘du» (1971), «Tosh tug‘yon» (1973), 

«Hasan va oy» (1974), «Quyosh chashmasi» 

(1975), «Dostonlar» (1978), «Tafakkur» (1979), 

«Qadah» (1980), «Suvaydo» (1983), «Umidli

dunyo» (1988) kabi she’riy asarlar muallifi. 

Jaloliddin Rumiyning «Masnaviy»si, Ibn Sino, 

V. Shekspir, Bualo, A. S. Pushkin kabi jahon

adabiyoti siymolarining asarlarini o‘zbek tiliga

tarjima qilgan.

ASR BILAN VIDOLASHUV

Yigirmanchi asr, xayr, alvido,

Kezdik yo‘llaringni, 

so‘qmoqlaringni.

Yashadik umid ham tahlika aro,

Chekdik rohatingni, 

qiynoqlaringni.

Ba’zida kun yorug‘, ba’zan oy

qaro,

Totdik tahqirlaring, 

ardoqlaringni,

Ne-ne talotumlar, quyunlar

ko‘rdik,

Ne-ne tomoshalar, o‘yinlar

ko‘rdik...

Oydin Hojiyeva 1942 yilning 22 

aprelida Navoiy viloyati, Qiziltepa

tumanidagi Boʻston qishlogʻida

dehqon oilasida tugʻildi. Toshkent 

davlat universiteti (hozirgi

OʻzMU)ning filologiya fakultetida

tahsil oldi (1960–1965). “Sharq

yulduzi” jurnalida adabiy xodim, 

boʻlim mudiri (1965–1976), 

“Saodat” jurnalida boʻlim mudiri

(1976–1985), “Gulxan” jurnali

(1985–1994), “Saodat” jurnali

(1994–2013), jurnal ilovasi

“Gulchehralar” gazetasi bosh 

muharriri vazifalarida xizmat

qildi.

Mustaqil vatanni baxt nuri chaysin

Sumbula suviday tiniq bir Ayol

Dunyoni asraydi balo-qazodan.

Yurtning ro‘zg‘orida sen baraka, bol,

Qaldirg‘och niyatli, umri ozodam!

Yerni uyqu devi aldab, muzlatar,

Jonini ilitgay Qavs yaxobi.

Qarri, soqov yerni qayta so‘zlatar

Dehqon yuragining mayin oftobi.

Oyog‘ingda tilla kavushchalarmas,

Kirza etik ko‘rdim cho‘yanday og‘ir.

Sumbul sochlaringga shivirlab ming sas,

Har yil oshiq bo‘lar ko‘klamgi yomg‘ir.

Har yil shonalagan g‘o‘za boshiga

Egilding, unutib polaponingni.

Men ko‘rdim: balxi tut bolang qoshida

Og‘ziga dur tutgan saratoningni.

Sendan rozi ketar shu ko‘hna ketmon,

Boshingdan ter quyar, chopiq qilarsan.

Erkaklar qocharlar shiyponni chog‘lab,

Nozigim, sen qachon hordiq bilarsan?

USMON AZIM

Usmon Azim 1950 yil 13 avgustda

Surxondaryo viloyati, Boysun

tumanida tavallud topgan. 

O’zbekiston xalq shoiri (2000). 

ToshDUning jurnalistika fakultetini

tugatgan (1972). Ilk kitobi —

«Insonni tushunish» (1979). «Holat» 

(1979), «Oqibat» (1980), «Ko‘zgu» 

(1983), «Surat parchalari» (1985), 

«Dars» (1985), «Ikkinchi aprel» 

(1987), «Baxshiyona» (1989), 

«G’aroyib ajdarho» (1990), 

«Uyg‘onish azobi» (1991), «G’ussa» 

(1994), «Uzun tun» (1994), 

«Saylanma» (1995), «Kuz» (2001) 

kabi she’riy to`mlamlari nashr

etilgan

GRAFIKA

Ko‘zing qaro sening, 

qoshlaring qaro,

Yuzlaring oq sening, 

kulishlaring oq.

Qo‘lingdagi ta’na

toshlaring qaro,

Menga g‘amgin boqib

turishlaring oq.

Usmon Azim



XURSHID DAVRON

Xurshid Davron 1952 yilning 20 yanvarida

Samarqand viloyati, Samarqand 

tumanidagi Chordara qishlogʻida xizmatchi

oilasida tugʻildi. 1969 yili Toshkent davlat

universiteti (hozirgi OʻzMU)ning

jurnalistika fakulteti kechki boʻlimiga

oʻqishga kirib, kunduzi qurilish

tashkilotlarida ishladi. Xurshid Davronning

ilk sheʼrlari 1976 yilda, birinchi kitobi

(“Qadrdon quyosh”) 1979 yili bosilib

chiqdi. Shundan soʻng shoirning

“Shahardagi olma daraxti” (1979), “Tungi

bogʻlar” (1981), “Uchib boraman qushlar

bilan” (1983), “Toʻmarisning koʻzlari” 

(1984), “Bolalikning ovozi” (1986), 

“Qaqnus” (1987), “Bahordan bir kun 

oldin” (1989), “Bibixonim” singari kitoblari

dunyoga keldi.

MAHMUD TOIR

Shoir Mahmud Toirov 1952-yilning 

31-avgustida Toshkent viloyatining

Parkent qishlog’ida tavallud topgan. 

Mahmud Toirov 1959-yil Nizomiy

nomidagi o’rta maktabga o’qishga

kirib, uni 1969-yili tamomlaydi. 

Huddi shu yili Toshkent Davlat

universiteti filologiya fakultetining

kechki bo’limiga o’qishga kiradi. 

Ayni paytda talabalar

shaharchasidagi qurilish tashkilotida

duradgor bo’lib ishlaydi. Kechki

bo’limda o’qigani bois, 1971-1973-

yillarda harbiy xizmatda bo’ladi. 

1973-yili xizmatdan qaytib o’qishni

davom ettiradi. Sobiq “Yosh

gvardiya” nashriyotida musahhih va

musahhihlar bo’limi boshlig’i bo’lib

ishlaydi. 

MOMO YER

Shamollarning shokilasi daraxtlarning bo‘ynidadir,

Tog‘lar toshin dil izhori irmoqlarning o‘ynidadir,

Oshiq bulbul sir, xandasi g‘unchalarning qo‘ynidadir,

Aytar so‘zim suvratini, Momo yerim, o‘zing berding.

Maysalaring shivirlashdi, tizlar cho‘kdim, quloq berdim,

Bilmay bosib chumolini, gunohimga so‘roq berdim,

Vatan ne deb so‘rganlarga bir kaftgina tuproq berdim,

Menga Vatan siyratini, Momo yerim, o‘zing berding.

Turnalarning tumorlari yaratganning o‘zidadir,

Kimki poklik axtaribdur – halol topgan tuzidadir,

Gar gunohi, savobi bor bandasining izidadir,

Pokdomonlik jur’atini, Momo yerim, o‘zing berding.

Quyosh ko‘kda sen deb yashar, oy boshingda o‘rgiladi,

Ko‘rdim har tun ming-ming yulduz etagingga nur eladi,

Chimdimgina loying bilan qaldirg‘och beshik beladi,

Bu dunyoning hayratini, Momo yerim, o‘zing berding.

Senda ungan har bir giyoh Yaratganga sano aytar,

Ko‘kka yetgan teraklar ham kuni bitsa senga qaytar,

Muhammadga ummat Mahmud kafti kuyib duo aylar,

Oshiqlikning qudratini, Momo yerim, o‘zing berding.

Mahmud Toir

SIROJIDDIN SAYYID

Sirojiddin Sayyid 1958 yil, 30 oktyabrda

Surxondaryo viloyati, Sariosiyo

tumanidagi Kundajuvoz qishlog‘ida

tug‘ilgan. O’zbekiston xalq shoiri (2006). 

ToshDUning jurnalistika fakultetini

tugatgan (1979). Ilk she’rlar to‘plami —

«Ruhim xaritasi» (1985). Shundan keyin

uning «Salqin xarsanglar kaftida» (1987), 

«Sevgi mamlakati» (1989), «Asragil», 

«Mehr qolur, muhabbat qolur» (1990), 

«Kuydim» (1994), «Vatanni o‘rganish» 

(1996), «Vatan abadiy» (2001), 

«Ustimizdan o‘tgan oylar» (2003) kabi

she’riy to‘plamlari nashr etilgan. A. 

Voznesenskiyning «Mangu rizq» (1990) 

asarini o‘zbek tiliga tarjima qilgan. 

«Do‘stlik» ordeni bilan taqdirlangan



(1999).

VATAN

Dil porasi, ko‘z qorasi sen o‘zingdirsan,

Mening ko‘nglim sen, aslida, sen ko‘zimdirsan.

Tomirimda tomir yoygan ilk so‘zimdirsan,

Ilk og‘rig‘im, ilk yomg‘irim, naysonim, Vatan.

Qir ustida yonboshlagan bobom chaylasi

Bu dunyoda kimlarningdir orzu-havasi.

Dimog‘imda — yulduz isi, shabnamlar isi,

Momom ekib ketgan kashnich, rayhonim, 

Vatan.

Quloq solsam shivirlagay hatto toshlaring,

Oy-u quyosh, kamalaklar ko‘z-u qoshlaring.

Beshigimni tebratgandir qaldirg‘ochlaring,

Oy-u quyosh ko‘rpa

solgan ayvonim

Vatan.

Bo‘ronlari tulporlarga tunlar yol bo‘lgan,

Bir o‘g‘loni chinor, biri majnuntol bo‘lgan.

Temurlari ot minganda jahon lol bo‘lgan,

Jahonlarga timsol shoh-u sultonim, Vatan.

Valilardan ibrat so‘ylar qadim sahrolar,

So‘ndi qancha saltanatlar, qancha tug‘rolar.

Maqbaralar aytsin lekin, aytsin Zuhrolar:

Yer ostidan suhbat aylar hanuz Kubrolar,

Termiziylar bedor yotgan qo‘rg‘onim, Vatan.

IQBOL MIRZO

Iqbol Mirzo (Iqboljon Mirzaaliyev)   

1967 yil 1 mayda Fargʻona viloyati

Bagʻdod tumaniga qarashli

Qoʻshtegirmon qishlogʻida ziyolilar

oilasida tugʻilgan. 1974 yili tumandagi

19-oʻrta maktabga oʻqishga kirib, 1984 

yili oltin medal bilan tamomlagan. Shu

yili Fargʻona davlat pedagogika instituti

(hozirgi FarDU)ning oʻzbek tili va

adabiyoti fakultetiga oʻqishga kirgan. 

1992 yili Toshkentga kelib, “Oʻzbekiston

tabiati” gazetasiga muxbir boʻlib ishga

kirdi. Keyin “Vatan” haftanomasida

boʻlim boshligʻi, masʼul kotib

vazifalarida faoliyat koʻrsatdi. 1996 

yildan Oʻzteleradiokompaniyada katta

muharrir, direktor oʻrinbosari, studiya

bosh muharriri boʻlib ishlagan. Ayni

paytda Oʻzbekiston Yozuvchilar

uyushmasi raisi oʻrinbosari lavozimida

ishlab kelyapti.

@Online_darslarN1

O‘ZBEK

Manglayga kaft qo‘yib olisga boqsam,

Edildan ko‘rinar bo‘ylaring, o‘zbek.

Tush kabi jimirlab ming yil oqsa ham,

Noming aytar Enasoylaring, o‘zbek.

Nuh to‘foni, demak, qismat shamoli,

Kimningdir kamoli, kimning zavoli.

Sargashta kun ko‘rding ohu misoli,

Shundan hamon mungli kuylaring, 

o‘zbek.

Dili qonga to‘lib, ko‘zlari – yoshga,

Alp Tegin bir hikmat chegirdi toshga:

«Bizning qayg‘umiz yo‘q boladan

boshqa...»

Bolangga bog‘lidir o‘ylaring, o‘zbek

.

Iqbol Mirzo

@Online_darslarN1

Download 1.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling