Mustaqillik davrida rasmiy-idoraviy ish uslubida ro'y bergan o'zgarishlar


Ijro haqidagi bеlgi. Ma'lumot-axborot hujjatlari. Bayonnoma


Download 0.85 Mb.
bet3/5
Sana01.03.2023
Hajmi0.85 Mb.
#1242762
1   2   3   4   5
Bog'liq
Sohaviy xizmat yozishmalari

12. Ijro haqidagi bеlgi.

Ma'lumot-axborot hujjatlari. Bayonnoma

  • Bayonnoma turli yig`ilish, kеngash va boshqa tur anjumanlarning borishini, majlis qatnashchilarining chiqishlari va ular qabul qilgan qarorlarni qayd qiluvchi rasmiy hujjatdir. U voqеlikning o`rni, vaqti va holati haqida ma'lumot bеrish bilan birgalikda, qarorlarning to`g`ri qabul qilinganligini tеkshirish va ularning bajarilishini nazorat qilishga imkon bеradi. Doimiy ish ko`ruvchi organlar (ilmiy kеngash, hay'at va boshqalar), shuningdеk, vaqtinchalik ish ko`ruvchi organlar (konfеrеntsiyalar, yig`ilishlar, anjumanlar, komissiyalar) faoliyatida, albatta, bayonnoma yozilishi kеrak. Bayonnomani yozishni tashkil qilish kotibning asosiy vazifalaridan biridir. Bayonnoma doimiy ish ko`ruvchi organlarning yig`ilishlarida doimiy kotiblari tomonidan tuziladi va rasmiylashtiriladi. Vaqtinchalik ish ko`ruvchi organlar majlislarida esa yig`ilish jarayonida saylangan kotib aynan shu ishni bajaradi.

Kafolat xat- Muayyan bir shaxs yoki va’dani tasdiqlash maqsadida tuziladi. U idoraning xos qog‘oziga yoziladi. Kafolat xati korxona rahbari tomonidan imzolanadi. Kafolat xatining asosiy xususiyati – bu xat yo‘llanayotgan shaxsga to‘g‘ridan to‘g‘ri murojaat qilish bilan boshlanishi mumkinligidir.

So‘rov xati -Javob talab qiladigan bunday yozishmalarda ma’lumotlar, hujjatlar yoki boshqa zarur narsalar so‘raladi. So‘rov xati ikki asosiy qismdan: kirish va xulosadan iborat.

1) javob xatni talab qiluvchi xatlar (da’vo xat, so‘rov xat, iltimos xat); 2) javob xatni talab qilmaydigan xatlar (ilova xat, tasdiq xat, eslatma xat, axborot xat, kafolat xat, farmoyish xat, taklif xat va boshqalar). Shuningdek, mazmunida bir necha (kafolat berish, iltimos, eslatish) ma’no ifodalanadigan xatlar ham bo‘ladi. Xizmat xatlari asosan xatlar blanklariga, blank bo‘lmagan hollarda oq qog‘ozga yoziladi. Xat oddiy varaqqa yozilsa, uning yuqori chap burchagiga xatni jo‘natayotgan muassasa nomi ko‘rsatilgan to‘rtburchak muhr qo‘yiladi. Xizmat xatlarining matnini uch qismga bo‘lish mumkin. Birinchi (kirish) qismda xat bilan murojaat qilishga asos yoki sabab ko‘rsatiladi. Ikkinchi qismda xatda qo‘yilayotgan masalani hal qilish zarurligi asoslab beriladi. Uchinchi (xulosa) qismda xat yozishdan ko‘zlangan asosiy maqsad bayon etiladi. Xizmat xatlarining matni imkon qadar qisqa bo‘lishi, shu bilan birga aniq va ravshan tushunilishi kerak. Ularning matnida ko‘chma ma’nodagi so‘z va iboralarni qo‘llamaslik tavsiya etiladi. Xizmat xatlarining asl nusxasi jo‘natilib, ikkinchi nusxasi muassasaning o‘zida saqlanadi. Da’vo xatlari uch nusxada tayyorlanib, 1-nusxasi aybdorga, 2-nusxasi da’vogarga beriladi, 3-nusxasi esa sud idoralariga topshiriladi. Xizmat xatlarining turiga qarab ularni rasmiylashtirishda ba’zi farqlar bo‘ladi.


Download 0.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling