Mustaqillik va Konstitutsiya Yangi hayot uchun, Yangi O‘zbekiston uchun!


Download 23.19 Kb.
Pdf ko'rish
Sana20.10.2023
Hajmi23.19 Kb.
#1711647
Bog'liq
(invalid)



/
Mustaqillik va Konstitutsiya
Yangi hayot uchun, Yangi O‘zbekiston uchun!
Mustaqil O‘zbekiston davlatining dunyo xaritasidan o‘rin
egallaganiga 32 yil bo‘ldi. Yurtimizda tarixan qisqa davr
ichida kuchli demokratik huquqiy davlat va erkin fuqarolik
jamiyatini shakllantirish yo‘lida dadil qadamlar qo‘yildi.
Mustaqillik millatimizning millat, xalqimizning xalq bo‘lib
jahonda tanilishi, O‘zbekistonning jahon hamjamiyatida
tan olinishiga yo‘l ochdi. Mustaqillik, Istiqlol tushunchalari
har birimizning ongu shuurimizga singib, bugungi tinch,
xotirjam, obod va farovon hayotimizning poydevorini ko‘z qorachig‘idek asrash, uni mustahkamlashga munosib hissa
qo‘shishga doim kuchli rag‘bat hamda shijoat bag‘ishlab kelmoqda.
Mustaqillik – huquq, deydilar va bu bejiz emas. Chunki bashariyat tarixi shundan dalolat beradiki, har bir xalq faqat
hur, erkin va ozod bo‘lgan taqdirdagina, o‘z hayoti va kelajagini mustaqil barpo etish huquqiga ega bo‘ladi.
Mustaqillik va Konstitutsiya – bir-biri bilan chambarchas bog‘liq tushunchalardir. Istiqlol arafasida, 1990 yil 21 iyun
kuni O‘zbekiston Oliy Kengashi qarori bilan Birinchi Prezidentimiz raisligida davlat arboblari, deputatlar,
mutaxassislardan iborat Konstitutsiyaviy komissiya tuzilgani ham bu fikrni yaqqol tasdiqlaydi. Keyinchalik, 1992 yil 8
dekabrda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining loyihasi ana shu Komissiya tomonidan ikki
yildan ortiq vaqt mobaynida tayyorlandi.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi mustaqillik yillarida ijtimoiy hayotning barcha sohalarida bosqichma-
bosqich va tizimli ravishda amalga oshirilayotgan keng qamrovli demokratik islohotlarning mustahkam yuridik 
manbai hamda asosiy huquqiy kafolatidir. Akademik Akmal Saidov ta’biri bilan aytganda, aslida ham, O‘zbekiston
Konstitutsiyasining ishlab chiqilishi, qabul qilinishi va rivojlantirilishi jarayonlari mamlakat mustaqillik tarixining
bevosita bir uzviy qismidir.
Mashhur huquqshunos olimning “O‘zbekiston Konstitutsiyasi tarixi” kitobida qayd etilganidek, O‘zbekiston xalqining
istiqlolga erishganligi uning mustaqillik Qomusi bo‘lmish Konstitutsiyasida mustahkamlangan. Konstitutsiya dunyo
siyosiy xaritasida yangi demokratik davlat – O‘zbekiston Respublikasi paydo bo‘lganligini aks ettiradi. Konstitutsiya
xalqning o‘zini o‘zi boshqarish, erkinlik va ijtimoiy adolat, insonparvar davlat va fuqarolik jamiyati barpo etish
to‘g‘risidagi azaliy orzusini ifodalagan. Konstitutsiyada mustaqil o‘zbek davlatining mohiyati, siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy
va huquqiy tizimining demokratik tabiati, uning umuminsoniy qadriyatlarga sodiqligi, fuqarolarning huquq va
erkinliklari yuridik jihatdan qat’iy belgilab qo‘yilgan. Shu ma’noda, Konstitutsiya – istiqlol va mustaqil O‘zbekiston
ramzidir.
So‘nggi yillarda xalqimiz Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev rahbarligida yangi ulug‘vor marralar sari sobit qadamlar
tashlagancha barcha to‘siq va qiyinchiliklarni yengib o‘tib, mohiyatan bir-birini taqozo etuvchi siyosiy, iqtisodiy,
ijtimoiy va huquqiy sohalardagi izchil islohotlarni amalga oshirmoqda. Bugun Yangi O‘zbekiston demokratik prinsiplar,
inson huquq va erkinliklari borasida umume’tirof etilgan prinsip va normalarga asoslangan, bosh maqsadi xalq uchun
erkin, obod hamda farovon hayot yaratib berishdan iborat bo‘lgan davlatga aylandi.
Shunday ezgu maqsadlardan biri keyingi ikki yil davomida aholining keng qatlami va saylovchilar xohish-irodasi
bo‘lmish konstitutsiyaviy islohotlarni amalga oshirishdan iborat bo‘ldi
. Negaki, davlat va jamiyatda tub o‘zgarishlar
ro‘y berayotgan bir paytda Konstitutsiyaga jiddiy o‘zgartirishlar kiritish taqozo etilishi tabiiydir. Zero, har qanday
demokratik islohotlar chin ma’noda xalqchil konstitutsiyaviy asosga ega bo‘lsagina, yanada bardavom bo‘ladi,
ko‘zlangan ezgu maqsadlarga erishadi.
Maslahat telefoni
Izlash

O'zbekcha 



Shu nuqtai nazardan, 2023 yil 30 aprelda bo‘lib o‘tgan umumxalq referendumida qabul qilingan yangi tahrirdagi
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, jumladan, mamlakatimiz suvereniteti va xalqimiz mustaqilligining
mazmun-mohiyati va ahamiyatini yanada qat’iy ta’kidlashga qaratilgan yangi normalar bilan boyitilib, mavjud
konstitutsiyaviy qoidalari kengaytirildi.
Endilikda Konstitutsiyamizning 1-moddasi mana bunday yangicha mazmunda jaranglaydi:
“O‘zbekiston – boshqaruvning respublika shakliga ega bo‘lgan suveren, demokratik, huquqiy, ijtimoiy va
dunyoviy davlat.
Davlatning “O‘zbekiston Respublikasi” va “O‘zbekiston” degan nomlari bir ma’noni anglatadi».
Yangilangan Asosiy qonunimizning 17-moddasi quyidagi normalardan iborat:
“O‘zbekiston Respublikasi xalqaro munosabatlarning to‘la huquqli sub’ektidir.
O‘zbekistonning tashqi siyosati davlatlarning suveren tengligi, kuch ishlatmaslik yoki kuch bilan tahdid
qilmaslik, chegaralarning buzilmasligi, davlatlarning hududiy yaxlitligi, nizolarni tinch yo‘l bilan hal etish,
boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik prinsiplariga hamda xalqaro huquqning umume’tirof etilgan
boshqa prinsip va normalariga asoslanadi”.
Konstitutsiyamizning 18-moddasida o‘z aksini topgan mana bu normalar eski matnda mavjud emasdi:
“O‘zbekiston Respublikasi davlatlar va xalqaro tashkilotlar bilan ikki va ko‘p tomonlama munosabatlarni har
taraflama rivojlantirishga qaratilgan tinchliksevar tashqi siyosatni amalga oshiradi.
O‘zbekiston Respublikasi davlatning, xalqning oliy manfaatlaridan, uning farovonligi va xavfsizligidan kelib 
chiqqan holda ittifoqlar tuzishi, hamdo‘stliklarga va boshqa davlatlararo tuzilmalarga kirishi hamda ulardan
chiqishi mumkin”.
Bosh Qomusimizning 19-moddasi quyidagi birinchi band bilan to‘ldirildi:
“O‘zbekiston Respublikasida insonning huquq va erkinliklari xalqaro huquqning umume’tirof etilgan normalariga
binoan hamda ushbu Konstitutsiyaga muvofiq e’tirof etiladi va kafolatlanadi. Inson huquq va erkinliklari har
kimga tug‘ilganidan boshlab tegishli bo‘ladi”.
Konstitutsiyamizning 23-moddasi ham yangi normalar hisobiga boyitildi:
“O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi O‘zbekistondan tashqariga majburiy chiqarib yuborilishi yoki boshqa
davlatga berib yuborilishi mumkin emas.
Davlat xorijda yashayotgan vatandoshlar bilan aloqalarni saqlab qolish hamda rivojlantirish to‘g‘risida xalqaro
huquq normalariga muvofiq g‘amxo‘rlik qiladi”.
Muxtasar aytganda, yangi tahrirdagi Konstitutsiyamizda, 
bir tomondan, O‘zbekiston davlati va xalqining mustaqilligi,
suvereniteti, egamenligiga asosli ravishda urg‘u berilgan bo‘lsa, 
ikkinchi tomondan, insonning huquqlari, erkinliklari
va qonuniy manfaatlarini yanada mustahkam kafolatlash nazarda tutilgan.
Atabek Fazilov
Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi Axboro-resurs multimedia bo‘limi boshlig‘i

 

 

 

© 2023 – Inson huquqlari bo'yicha O'zbekiston Respublikasi m illiy m arkazi. Materiallardan foydalanishda saytga havola qilish talab qilinadi.
Ushbu sayt BMT T Dning O'zbekistondagi vakolatxonasi ko'magida ishlab chiqilgan.
Sayt yaratuvchisi:

Download 23.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling