Mustaqillik yillari gacha va mustaqillikdan keyingi davr til siyosati


Ona tilidan davlat ta’lim standart (DTS)larining joriy etilishi va ularning takomillashtirilishi


Download 24.8 Kb.
bet2/4
Sana24.04.2023
Hajmi24.8 Kb.
#1395867
1   2   3   4
Ona tilidan davlat ta’lim standart (DTS)larining joriy etilishi va ularning takomillashtirilishi. Davlat ta’lim standartlari (malaka talablari) umumiy o’rta, o’rta maxsus, kasb-hunar va oliy ta’lim mazmuniga hamda sifatiga qo’yiladigan talablarni belgilaydi. Davlat ta’lim standartlarini bajarish O’zbekiston Respublikasining barcha ta’lim muassasalari uchun majburiydir.
Ta’limning boshqa sohalarida bo’lgani kabi ona tili ta’limida ham bolalarda mustaqillik va faollikni tarbiyalash masalasi bosh tamoyilga aylandi. “…Demokratik jamiyatda bolalar, umuman har bir inson erkin fikrlaydigan etib tarbiyalanadi. Agar bolalar erkin fikrlashni o’rganmasa, berilgan ta’lim samarasi past bo’lishi muqarrar. Albatta, bilim kerak. Ammo bilim o’z yo’liga. Mustaqil fikrlash ham katta boylikdir.”
Shu bois Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 13-maydagi “O’zbekiston Respublikasida umumiy o’rta ta’limni tashkil etish to’g’risida”gi 203-sonli qarorida ham umumiy o’rta ta’limning asosiy vazifalari va bosh maqsadi sifatida:“…o’quvchilarda …ijodiy, mustaqil fikrlashni …hosil qilish,…keng dunyoqarash hamda ijodiy, mustaqil fikrlashni shakllantirish, o’quvchi shaxsi qaror topishini, uning qiziqishlari va ijtimoiy o’z-o’zini aniqlab olish qobiliyatlarini rivojlantirishni ta’minlash” ekanligi ko’rsatib o’tildi. Mazkur qaror asosida 24 ta o’quv fanlari turkumida, jumladan, ona tilidan ham davlat ta’lim standarti va o’quv dasturi ishlab chiqilib, tajriba- sinovdan o’tkazildi. O’quv yili oxirida vazirlikning maxsus ekspert guruhi tomonidan tajriba-sinov ishlarining yakuni muhokama qilindi, bildirilgan fikr-mulohazalar asosida mazkur hujjatlar mutaxassislar tomonidan takomillashtirildi.
1999-yil 16-avgustda Vazirlar Mahkamasi o’zining “Umumiy o’rta ta’limning davlat ta’lim standartlarni tasdiqlash to’g’risida”gi 390-sonli qarori bilan sinovdan o’tkazilgan va takomillashtirilgan umumiy o’rta ta’limning davlat ta’lim standartlarini tasdiqladi. Bunda ifodalangan fikrni anglash va o’z fikrini savodli, mantiqiy izchillikda bayon qila olishni egallashiga alohida e’tibor berildi. Ta’kidlab o’tish joizki, ona tili ta’limini takomillashtirish bilan bog’liq islohotlar ko’lamida hukumat dasturi va vazirlik tadbirlari asosida dars mashg’ulotlarining yangi o’zbek alifbosida olib borilishi, islohotning bosh harakatlantiruvchi kuchi – yangi pedagogik texnologiyalarni amaliyotga tatbiq etish, o’quvchilar bilimi sifatini nazorat qilish, reyting tizimining joriy etilishi kabilar alohida o’rin tutdi. Dastur asosida darsliklarning yanada takomillashgan, yanada mukammallashgan namunalari yaratildi.
“2004-2009-yillarda maktab ta’limini rivojlantirish Davlat umummilliy dasturi”da ko’rsatilgan ta’lim mazmunini yangilash vazifasi ijrosini ta’mishlash maqsadida Respublika xalq ta’limi vazirligining 2004-yil 8-oktabrdagi 198-sonli buyrug’i qabul qilindi.
Ona tilidan ham amaldagi DTS va o’quv dasturining takomillashtirilgan yangi tahrirdagi loyihasi 2004-2005-o’quv yilidan boshlab bosqichma-bosqich sinovdan o’tkazila boshlandi. Mutaxassislar tahliliga ko’ra, amaldagi DTSda o’quvchilarning o’zlashtirishi kerak bo’lgan zaruriy bilimlari, egallashi zarur bo’lgan ko’nikma vа malakalari umumiy qolda asosida berilgan edi. Bu holat sinflar va mavzular kesimida o’quvchilar bilimini ko’p balli reyting tizimida xolisona baholashda, DTS talablarini bajarishda, o’quvchilar bilimidagi bo’shliqlarni aniqlash, ularni to’ldirish yo’llarini izlash kabi amallar ijrosini ta’minlashda bir qadar qiyinchiliklarni yuzaga keltirar edi. DTSning yangi tahrirdagi nusxasida ushbu jihatlar inobatga olinib, o’quvchilar egallashi lozim bo’lgan bilim, malaka va ko’nikmalar sinflar kesimida ajratib berildi. Pedagogikaning ta’lim va tarbiya birligi hamda fanlararo aloqa tamoyillariga keng qamrovda amal qilish imkoniyati yaratildi. Shu asosda amaldagi o’quv dasturi takomillashtirildi. Sinov natijalariga ko’ra 5-9-sinf o’quvchilari egallashi lozim bo’lgan bilim, malaka va ko’nikmalar miqdori aniqlanib, ularning o’zlashtirish darajasi tahlil etildi.
DTSlari o’rta umumiy ta’limdan mustaqil fikrlovchi tadbirkor shaxsni yetishtirishni talab qilgani bois bu tizimning tayanch bo’g’inida–V-XI sinflarda ona tili ta’limi oldida va uning takomillashtirilgan ko’rinishi quyidagi maqsadni qo’yadi: «Ona tili ta’limi oldiga qo’yilgan ijtimoiy buyurtma o’quvchi shaxsini fikrlashga, o’zgalar fikrini anglashga va shu fikr mahsulini og’zaki hamda yozma shaklda savodli bayon qila olishga, ya’ni kommunikativ savodxonlikka o’rgatishdan iborat.»81 Shunga muvofiq ravishda amaldagi dasturda ona tili ta’lmi maqsadi quyidagicha berilgan: “Ona tili ta’limi oldida quyidagi bosh maqsad turadi: ona tili mashg’ulotlari bolalarda ijodiylik, mustaqil fikrlash, ijodiy fikr mahsulini nutq sharoitiga mos ravishda og’zaki va yozma shakllarda to’g’ri, ravon ifodalash ko’nikmalarini shakllantirish va rivojlantirishga qaratilishi 82 Shu maqsadga muvofiq o’quvchilar ona tili mashg’ulotlarida
lozim.”
filologiya (tilshunoslik fani) asoslari-yu tushunchalarini o’zlashtirish bilan emas, balki ona tilining juda boy imkoniyatlari asosida mustaqil fikrlash va ijodiy fikr mahsulini turli-tuman shakllarda go’zal nutq sifatida bayon etish ustida ishlashlari lozim.
Оnа tili tа’limi nаtijаsidа o’quvchilаr egаllаgаn bilim, ko’nikmа vа mаlаkаlаr uch pаrаmеtrli stаndаrt ko’rsаtkichlаr аsоsidа tеkshirilаdi vа аniqlаnаdi.


  1. Download 24.8 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling