Mustaqillik yillarida davlat boshqaruv tizimida amalga oshirilgan islohotlar


Shavkat Mirziyoyevning 15 ta muhim islohoti


Download 36.57 Kb.
bet4/4
Sana24.12.2022
Hajmi36.57 Kb.
#1052951
1   2   3   4
Bog'liq
Mustaqillik yillarida davlat boshqaruv tizimida amalga oshirilga

Shavkat Mirziyoyevning 15 ta muhim islohoti
O‘zbekistonda 2017—2021 yillar davomida Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan amalga oshirilgan keng ko‘lamli islohotlar yangi davrni boshlab berdi. Jadal o‘zgarishlar barcha sohalarni, jumladan davlat va jamiyat qurilishi, sud-huquq tizimi, iqtisodiyot va ijtimoiy soha, xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglik, tashqi siyosatni qamrab oldi.
«Yuksalish» umummilliy harakati so‘nggi besh yilda mamlakat hayotida katta o‘zgarishlarga sabab bo‘lgan, eng samarali tashabbus hamda islohotlarni aniqlash uchun navbatdagi ekspertlik so‘rovini o‘tkazdi. Ma’lumot uchun: Ekspertlik so‘rovi har ikki yilda yetakchi siyosatchilar, iqtisodchilar, olimlar, jurnalistlar, huquq himoyachilari va boshqa jamoat faollaridan iborat 100 nafar mahalliy va xorijiy ekspertlar ishtirokida o‘tkaziladi. Ular O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan ilgari surilgan eng muhim tashabbus va islohotlar ro‘yxatini tuzadi va ovoz berish yo‘li bilan tarixiy ahamiyatga ega asosiy islohotlarni aniqlaydi. 2019 yilda o‘tkazilgan ekspertlik so‘rovida davlat rahbarining 10 ta eng muhim tashabbusi ovoz berish orqali aniqlab olingan edi. Joriy yilgi global so‘rov natijalariga ko‘ra, Prezident Shavkat Mirziyoyevning tarixiy ahamiyatga molik 15 ta muhim islohoti shakllantirildi. Ekspertlar fikricha, O‘zbekiston yetakchisining eng muhim islohoti bu — Markaziy Osiyoda yaxshi qo‘shnichilik munosabatlarining o‘rnatilgani, chegaralar ochilgani va nazorat punktlari tashkil etilgani, Markaziy Osiyo davlatlari bilan barcha masalalar bo‘yicha konstruktiv muloqot yo‘lga qo‘yilgani (96 ta ovoz).Islohotlar ro‘yxatining keyingi o‘rinlaridan quyidagilar joy oldi: Markaziy Osiyoda yaxshi qo‘shnichilik munosabatlari o‘rnatildi
2. Valyuta bozorining erkinlashtirilishi, naqd pul bilan bog‘liq muammolar bartaraf etilishi
3. Davlat xizmatlari tizimining rivojlantirilishi, Davlat xizmatlari markazlarining ishga tushirilishi, ortiqcha byurokratiyaga barham berilishi
4. Turizmni rivojlantirish doirasida 90 mamlakat uchun vizasiz rejim, 48 mamlakat fuqarolari uchun vizasiz tranzit rejimi joriy etilishi
5. Inson huquqlari kafolatlarining kuchaytirilishi, majburiy mehnat, shu jumladan bolalar mehnatining tugatilishi
6. Aholi murojaatlari bilan ishlash va davlat organlarining ochiqligi bo‘yicha yangi tizimning joriy etilishi
7. Media muhitning kengaytirilishi: OAVlarning jamiyatdagi, muhim hukumat qarorlar qabul qilinishidagi rolining oshirilishi
8. Gender siyosatini yangi bosqichga olib chiqilganligi, xususan Respublika Gender komissiyasining tashkil etilishi
9. Oliy ta’lim tizimining rivojlantirilishi: universitetlarga qabul kvotalarining oshirilishi, milliy va xorijiy OTMlar filiallarining ochilishi
10. Tadbirkorlik muhiti yaxshilanishi, xususan biznesni ro‘yxatdan o‘tkazish va uni yuritish bo‘yicha jarayonlar soddalashtirilishi
11. Kambag‘allikni rasmiy darajada tan olinganligi va uni qisqartirish bo‘yicha kompleks yondashuv shakllanishi
12. Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida huquqiy va institutsional o‘zgarishlarning amalga oshirilishi
13. Yoshlarni qo‘llab-quvvatlashning yangi tizimi joriy etilishi
14. O‘zbekistonda to‘g‘ridan-to‘g‘ri 15 yil davomida doimiy yashovchi fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga fuqarolikni qabul qilish tartibining joriy etilishi
15. Orol dengizining suvi qurigan tubida o‘rmon barpo qilinishi. BMT qoshida Orol dengizi mintaqasida Inson xavfsizligi bo‘yicha Trast fondining ishga tushirilishi, BMT Bosh assambleyasi Orolbo‘yi mintaqasini ekologik innovatsiyalar va texnologiyalar hududi deb e’lon qilish to‘g‘risidagi maxsus rezolyusiyaning qabul qilinishi
Global so‘rovda taniqli xorijiy ekspertlar, jumladan, Fransiya tashqi siyosat markazi prezidenti Faben Baussart, Xolon texnologiya universiteti prezidenti Eduard Yakubov, Vaseda universitetining Markaziy Osiyo bo‘yicha bosh tadqiqotchisi Naoki Nixey, Qozog‘iston strategik tadqiqotlar instituti direktori o‘rinbosari Sanat Kushkumbayev, Konrad Adenauer nomidagi jamg‘armaning Markaziy Osiyodagi vakolatxonasi rahbari Ronni Xayne, Xalqaro xususiy tadbirkorlik markazi mintaqaviy direktori o‘rinbosari Erik Xonts, «Amerika ovozi» muxbiri Navbahor Imomova, «The Guardian», «The Economist», «Independent Newspaper» nashrlari muxbiri Joanna Lillis, «Mintaqaviy muloqot» xalqaro nodavlat tashkiloti direktori Myusha Sever, London va Dubayning «Diplomat Business Club» ishbilarmonlik klubi raisi Mansur Malik va boshqa qator mamlakatlarning davlat va jamoat arboblari ishtirok etdi.
Xulosa
Mustaqillik arafasida mamlakat iqtisodiyoti muvaffaqiyatli emas edi va turmush darajasi sobiq SSSRdagi eng past ko‘rsatkichlardan biri edi. Aholi jon boshiga o‘rtacha 75 so‘mdan kam oylik daromadga ega bo‘lgan aholining ulushi deyarli 45% ni, umuman mamlakatda bu ko‘rsatkich 12% dan biroz ko‘proqni tashkil etdi. SSSRning parchalanishi bilan iqtisodiy aloqalar buzila boshladi, ishlab chiqarish pasayib ketdi.

Ana shu murakkab sharoitda bozor munosabatlariga o‘tishning o‘z modeli ishlab chiqilib, u besh tamoyilga asoslandi: iqtisod siyosatdan ustun turadi, bosh islohotchi-davlat, qonun ustuvorligi, kuchli ijtimoiy himoya vazifasini bajardi. Islohotlar bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.O‘n yillikning o‘rtalariga kelib, juda qattiq ma’muriy tartibga solish tufayli O‘zbekiston iqtisodiyotining rivojlanishi sekinlasha boshladi. 2016 yilda O‘zbekistonning yangi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev hayotning barcha sohalarida islohotlarning yangi bosqichini boshladi. 2017 yil fevral oyida 2017-2021 yillarda O‘zbekiston taraqqiyotining beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini tasdiqladi.Yangi bosqichning asosiy yo‘nalishlari qatoriga davlat va ijtimoiy qurilishni takomillashtirish, qonun ustuvorligini ta’minlash va sud-huquq tizimini isloh qilish, iqtisodiyotni rivojlantirish va erkinlashtirish, ijtimoiy sohani rivojlantirish, xavfsizlikni ta’minlash, muvozanatli va konstruktiv tashqi siyosatni amalga oshirish kiradi. So‘nggi yillarda bu sohalarning barchasida muhim qadamlar qo‘yildi.


Foydanilgan adabiyotlar

O’zbekiston RespublikasiKonstitutsiyasi.


T: “O’zbekiston“, 2003.
I.A.Karimov. O’zbekiston: milliy istiqlol, iqtisod, siyosat, mafkura. T.1.-T.: “O’zbekiston”, 1996.
I.A.Karimov. Bizdan ozod va obod vatan qolsin. T.2.-T.,”O’zbekiston” 1996.
I.A.Karimov. Yangicha ishlash va fikrlash davr talabi. T.5.-T., “O’zbekiston”,1997.
I.A.Karimov. Adolat-qonun ustuvorligida. Oliy Majlis ikkinchi chaqiriq, VI-sessiyasidagi ma’ruzasi. Xalq so’zi. 2001-yil 30-avgustsoni.
I.A.Karimov. Inson, uning huquq va erkinliklari hamda manfaatlari- eng oily qadriyat. Xalq so’zi. 2005-yil 8-dekabrsoni.
A.A.Azizxo’jayev. Mustaqillik: kurashlar, istiroblar, quvonchlar. (To’plam).-T.,”Sharq”2001.
“O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini o’rganish” (Bakalavriyatning noyuridik yo’nalishlari uchun o’quv qo’llanma).- T.: “ O’zbekiston”2001.
O’zbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy huquqi. T.:“Moliya” 2002.
Inson huquqlari: Oliy o’quv yurtlari uchun o’quv qo’llanmasi. H.Boboyev va boshqalar. T.: “ O’zbekiston”,1997.
Davlat va huquq nazariyasi. Darslik. T D Yu I. T.2000.
O’zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi. –T.: “ Adolat”,1996.
H. Rahmonqulov. Fuqarolik: huquqlar, erkinliklar, burchlar. –T.; “O’zbekiston”,1991.
I. Zokirov. O’zbekiston Respublikasining fuqarolik huquqi. –T.: “ Adolat”,1996.
N. Sabirov. Davlat va huquq nazariyasi. T.: T D Yu I.2005.
www.google.com
Download 36.57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling