Mustaqillik yillarida kashtachilik san’ati tarixi reja: Kashtachilik tarixi. Kashta buyumlari


Kashtachilikda ishlatiladigan naqshlar


Download 0.73 Mb.
bet4/7
Sana04.11.2023
Hajmi0.73 Mb.
#1748190
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Mustaqillik yillarida kashtachilik san’ati tarixi

Kashtachilikda ishlatiladigan naqshlar.
Naqsh- arabcha tasvir, gul degan ma'noni anglatadi. Kashtado’zlik san'atida har bir millatning o’ziga xos eng ko’p qo’llaydigan naqshlari bo’ladi. O’zbek kashtalarida o’simliksimon, geometrik hamda gul naqshlari ko’p bo’lsa, rus kashtachiligida geometrik, o’simliksimon shakllar, gullar, qush va mevalar ko’p tasvirlanadi, qozoq va qirg’iz kashtachiligida esa ko’proq hayvonlar, shox va tuyoqlarni eslatuvchi elementlar tasvirlanadi. Kashta gulini yaratishda naturaga qarab rasmni chizib oladi, keyin uni naqshga va turli naqshdor kompozitsiyaga aylantiriladi. Naqsh bilan amaliy san'at buyumlari bezatiladi, shuning uchun u buyumning ajralmas qismi bo’lib, o’sha buyumning shakliga, vazifasiga va qanday materialdan tikilishiga butunlay bog’liq bo’ladi. Rasmni naqshga aylantirishda uning (guli va hokazo) xarakterli belgilari tanlanadi. O’simlik, qush motivlarini aniq ko’rsatishga intilmay, faqat asosiy chiziqlarnigina bo’rttirib kontur qilib chiziladi.
Biror buyumni tikishdan oldin uning badiiy yechimini o’ylab ko’rish, bezakning undagi ayrim bo’laklarining buyum yuzasiga qanday joylashtirishni, elementlarning nisbatlarini, qanday rangda tikishni, ya'ni kompozitsiya tushunchasiga kiradigan hamma narsani aniqlab olish kerak. Kompozitsiya xarakteri ko’proq ritmga-naqshdagi alohida elementlarga bog’liq bo’lib, bu kompozitsiyaning ifodali bo’lishiga aniq idrok etilishiga yordam beradi.
Kompozitsiya (mujassamot) - lotincha "Kompositio" so’zidan olingan bo’lib, to’qish, tuzish, bir-biriga solishtirish, naqshni g’oyasi, xarakteri va vazifasiga muvofiq uyg’un hamda mutanosib joylashtirish degan ma'noni anglatadi. Ritm-naqsh kompozitsiyasining ma'lum bir qismi ma'lum bir masofada doimiy ravishda bir tekisda takrorlanib kelishi bo’lib, naqshdagi harakatning uzluksiz va go’zal ko’rinishini ta'minlaydi. Simmetriya-grekcha so’zdan olingan bo’lib, o’lchovlarning bir-biriga munosibligi tushuniladi.
Bezakning simmetrik tuzilishi. Assimetriya-kompozitsiyada simmetrik qonun-qoidalarining muvozanatini buzilishidir.
Stilizatsiya-tabiatdagi o’simlik va boshqalarning tasviri, rangi, shakli va uzilishini badiiy usulda umumlashtirishdir. Naqshni tuzishda geometrik shakllar (uchburchak, kvadrat, yulduzcha, aylana va hokazolar) dan shuningdek, to’lqinsimon, siniq chiziqlar, spirallardan, o’simliklar (barglar, shoxlar, daraxtlar) dan, jonivorlar dunyosi (hasharotlar, qushlar, baliqlar, hayvonlar) tasviridan foydalanish mumkin. Naqshda geometrik shakllar bilan tabiatdagi o’simliklar qo’shilgan bo’ladi.
Kashta bezaklariga simmetrik, ya'ni asosiy chiziqlar, shakllar, ranglarning gorizontal yoki vertikal simmetriya o’qiga nisbatan qonuniy joylanishi xarakterlidir. Gul bitta, shuningdek, ikkita yoki bir necha simmetriya o’qiga nisbatan tuzilishi mumkin.






Download 0.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling