- Yangi O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan ko‘lami teran, ahamiyati yuksak islohotlar xalqimizning tinch va farovon hayotini ta’minlash, inson qadrini ulug‘lash, fuqarolar uchun vijdon erkinligi huquqini to‘liq kafolatlashning mustahkam asosi bo‘lib xizmat qilmoqda.
- Yurtimizdagi barcha mo‘min-musulmonlar muborak Ramazon oyini bu yil ham yaratilgan qulaylik va imkoniyatlardan samarali foydalanib, tinch va osuda hayotning qadriga yetish hamda unga shukrona keltirish kayfiyatida o‘tkazdilar.M
Milliy an’analarni qayta tiklanishi - Xalqimiz uchun ezgulik va muruvvat, ruhiy poklanish oyi hisoblangan ushbu qutlug‘ kunlarda ulamolar, imom-xatiblar, muhtaram faxriylar, mahalla oqsoqollari va faollari tomonidan joylarda 20 mingdan ziyod ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar amalga oshirildi. Ayniqsa, saxovat tadbirlari doirasida 100 mingdan ortiq kam ta’minlangan xonadonlar holidan xabar olinib, ularga ijtimoiy yordam va ko‘mak ko‘rsatildi. Bu esa yurtdoshlarimizning hayotdan rozi bo‘lib yashashi hamda Ramazon hayiti bayrami shukuhining yanada oshishiga xizmat qilmoqda.
Milliy an’analarni qayta tiklanishi - Muborak Ramazon hayiti mohiyatida mujassam bo‘lgan xayru saxovat, mehr-oqibat, insonparvarlik singari azaliy an’ana va qadriyatlarimizni asrab-avaylash hamda keng targ‘ib etish, xalqimizning ezgu niyat va orzu-intilishlarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida:
- 1. Joriy yilda Ramazon hayitining birinchi kuni 2 may – dushanba kuniga to‘g‘ri kelishi to‘g‘risida O‘zbekiston musulmonlari idorasi Ulamolar kengashi tomonidan qabul qilingan qarorni inobatga olib, mamlakatimizda 2022 yil 2 may kuni Ramazon hayiti bayrami sifatida keng nishonlansin.
Milliy an’analarni qayta tiklanishi - O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 30 apreldagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 20 dekabrdagi “2022 yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko‘chirish to‘g‘risida”gi PF-35-son Farmoniga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi PF-131-son farmoni bilan 2022 yil 3-4 may kunlari qo‘shimcha dam olish kunlari sifatida belgilanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
- 2. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash vazirligi hamda jamoat tashkilotlari bilan hamkorlikda Ramazon hayiti xalqimizning milliy va diniy an’analariga mos ravishda o‘tkazilishi uchun tegishli chora-tadbirlarni amalga oshirsin.
Milliy an’analarni qayta tiklanishi
Do'stlaringiz bilan baham: |