Mustaqillik yillarida O’zbekistonda sog’liqni saqlash


Download 0.53 Mb.
Sana17.06.2023
Hajmi0.53 Mb.
#1550687
Bog'liq
Sog\'liqni saqlash

Mustaqillik yillarida O’zbekistonda sog’liqni saqlash

Jumaboyev Elyor


REJA:
  • MUSTAQILLIK YILLARIDA SOG’LIQNI SAQLASH TIZIMIDAGI ISLOHATLAR.
  • SOG’LIQNI SAQLASH TIZIMIDAGI QONUN VA QARORLAR.
  • SOG’LIQNI SAQLASH TIZIMIDA MALAKALI KADRLARNI YETISHTIRISH.

Sog’liqni saqlash tizimining huquqiy bazasini yaratish ham davrning muhim vazifalaridan biri bo’lib qolgan edi. Bu tadbirlarni amalga oshirishda avvalo sog’liqni saqlashga aloqador qonunchilikni yaratish va islohotlar strategiyasini ishlab chiqish zarur edi. Shu maqsadda birinchi galda respublikamiz konstitusiyasiga shu xildagi modda kiritildi. Ya’ni, O’zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining 40-moddasida “Har bir inson malakali tibbiy xizmatdan foydalanish huquqiga ega deb belgilab qo’yildi.

1992 - yilning mart oyida Sog’liqni saqlash vazirligining hay’at yig’ilishida respublika sog’liqni saqlash tizimini rivojlantirishning asosiy yo’nalishlari, 1996-1998 yillarga mo’ljalllangan kompleks dastur tasdiqlandi. Vazirlar Mahkamasining esa 1999 yilning 14yanvarida “O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash tizimida boshqarishni takomillashtirish to’g’risida” gi qarori qabul qilindi. Mustaqillik yillarda tibbiyot sohasiga oid quyidagi qonunlar qabul qilindi;

“OITS bilan kasallanishning oldini olish to’g’risida” (1991 yil 14 iyun), “Davlat sanitariya nazorati to’g’risida” (1992 yil 3 iyul),“Surunkali alkogolizm, giyohvandlik yoki zaharvandlikka mubtalo bo’lgan bemorlarni majburiy davolash to’g’risida” (1992 yil 9 dekabr), “Fuqarolar sog’lig’ini saqlash to’g’risida”(1996 yil 29 avgust),“Dori vositalari va farmasevtika faoliyati to’g’risida” (1997 yil 25 aprel),“ Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar to’g’risida” (1999 yil 19 avgust),“Odamning immunitet tanqisligi virusi bilan kasallanishning (Oiv kasalligining) oldini olish to’g’risida” (1999 yil 19 avgust),“Psixiatriya yordami to’g’risida” (2000 yil 31 avgust),“Aholini sil kasalligidan muhofaza qilish to’g’risida” (2001 yil 11 may),“Qon va uning tarkibiy qismlari donorligi to’g’risida” (2002 yil 30 avgust),“Yod yetishmasligi kasalliklari pro laktikasi to’g’risida” (2007 yil 3 may), “Aholi o’rtasida mikronutriyent yetishmasligi pro laktikasi to’g’risida” (2010 yil 7 iyun).

O‘zbekiston Respublikasida aholi salomatligi va sog‘liqni saqlash tizimi mustaqillikning birinchi kunlaridanoq davlat siyosati darajasiga ko‘tarildi. Mamlakatimizda ko‘rilayotgan chora-tadbirlar natijasida aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatishning samaradorligi, sifati va qulayligini oshirish ta’minlandi, BMT Ming yillik rivojlanish maqsadlarining asosiy parametrlariga erishildi


Mustaqillik yillarida sog‘liqni saqlash sohasida mamlakatimiz erishgan yutuqlarga xalqaro hamjamiyat tomonidan ijobiy baho berildi. Masalan, aholining umr ko‘rishi 4,6 yoshga - 1995-yildagi 69,1 yoshdan 2020-yilda 73,7 yoshga oshdi. 

Onalar o‘limi ko‘rsatkichi 3,1 baravarga kamayib, 100 ming nafar tirik tug‘ilgan chaqaloqqa nisbatan 21 ta holatni tashkil etdi, chaqaloqlar o‘limi esa 3,1 baravarga kamayib, 1000 nafar tirik tug‘ilgan chaqaloqqa nisbatan 11,5 ta holatni tashkil etdi. Bolalarda eng ko‘p uchraydigan kasalliklarga qarshi emlash va profilaktika tadbirlari bilan qamrab olish darajasi 96 - 98 foizda qat’iy saqlanib turibdi

Tibbiyot tizimiga malakali kadrlarni tayyorlash uchun O‘zbekistonda bir nechta oliy o‘quv yurtlari faoliyat ko‘rsatmoqda. Shu jumladan, Toshkent tibbiyot akademiyasi, Samarqand davlat tibbiyot instituti, Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali, Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filiali, Toshkent tibbiyot akademiyasi Farg‘ona filiali, Toshkent tibbiyot pediatriya instituti, Toshkent davlat stomatologiya instituti, Toshkent farmatsevtika instituti, Qoraqalpog‘iston tibbiyot instituti, Andijon davlat tibbiyot instituti, Buxoro davlat tibbiyot instituti malakali kadrlarni tayyorlab bermoqda.


Download 0.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling