Mustaqillikning taraqqiyot yo‘li mamlakatimizda fan rivoji uchun keng imkoniyatlar yaratdi


ma’noda - bu barcha mavjud narsalardir. Borliq muammosini falsafiy anglab etishga ilk urinishlar miloddan avvalgi birinchi ming


Download 1.17 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/48
Sana19.10.2023
Hajmi1.17 Mb.
#1709683
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   48
Bog'liq
falsafa

ma’noda - bu barcha mavjud narsalardir.
Borliq muammosini falsafiy anglab etishga ilk urinishlar miloddan avvalgi birinchi ming 
yillikda vujudga kelgan qadimgi hind va qadimgi xitoy falsafalaridayoq kuzatiladi. 
Qadimgi Hindiston mutafakkirlari borliq sirining tagiga etishga harakat qilar ekanlar, quyosh 
tunda qaerga ketadi, yulduzlar kunduzi qayoqqa yo‘qoladi kabi savollarga javob topishga 
uringanlar va bu tasavvurlarni insoniyatga ma’lum bo‘lgan eng qadimgi kitob – Rigvedalarda aks 
ettirganlar. “Rigveda”da aytilishicha, olamning paydo bo‘lishida “asat”deb ataluvchi ibtido bosh 
rolni o‘ynagan. “Asat” imkoniy borliq, ya’ni “yo‘qlik” demakdir. “Asat” asta-sekin 
“sat”(”mavjudlik”)ka aylangan.
Qadimgi Xitoyda keng tarqalgan daosizmning asoschisi Lao-tszining fikricha, “borliq” 
asosida “dao” yotadi. U “tsi” elementi bilan birgalikda hayot negizini tashkil etadi. Qadimgi 
yunon falsafasida, ayniqsa Geraklit qarashlarida bu masala muhim o‘rin tutgan. Uning fikricha, 
ayni bir jism ayni vaqtda ham “mavjud”, ham “mavjud emas”. Demokrit aytadiki, “borliq” 
“yo‘qlik” bo‘lishini talab etadi. Borliq “qattiqlik” yoki moddiylikdir. “Yo‘qlik” esa “bo‘shliq”dan 
iborat, ammo har ikkalasi ham mavjuddir. Aflotun borliq deganda moddiy jismlarni tushungan. 
Narsalar borliqini g‘oyalar dunyosi borliqidan farqlagan. Aflotun borliqni “chin” va “chin 
bo‘lmagan”ga ajratadi. G‘oyalar dunyosi “chin”, narsalar dunyosi esa “chin bo‘lmagan”ga kiradi. 
Aflotun olamni narsalar borliqiga bo‘lib yuborish bilan birga, ayni vaqtda “g‘oyalar” dunyosi 
mavjudligini narsalar borliqi bilan qo‘shishga urinadi.
Forobiy esa borliq muammosini hal qilishda “vujudi vojib” va “vujudi mumkin”ning 
o‘zaro nisbatiga murojaat qiladi.


19 
Uning fikricha “vujudi vojib” barcha mavjud yoki paydo bo‘lishi mumkin bo‘lgan 
narsalarning birinchi sababi. Birinchi sabab sifatida u o‘zga turtkiga muhtoj emas. U mutloq 
borliq va donishmandlik ifodasi.

Download 1.17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   48




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling