Mustaqillikning taraqqiyot yo‘li mamlakatimizda fan rivoji uchun keng imkoniyatlar yaratdi


Download 1.17 Mb.
Pdf ko'rish
bet40/48
Sana19.10.2023
Hajmi1.17 Mb.
#1709683
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   48
Bog'liq
falsafa

Oilaning asosi bo‘lmish nikoh - ezgu maqsadga yo‘naltirilgan, zimmasiga zurriyot 
qoldirishdek yuksak mas’uliyat yuklangan sevgi, sevishning ijtimoiylashgan ko‘rinishi. Biroq 
sevgi-muhabbat faqat erkinlikda namoyon bo‘ladi. SHu jihatni nazarda tutadigan bo‘lsak, 
nikohni, ma’lum ma’noda, an’analar, urf-odatlar va e’tiqodlarga moslashtirilgan sevgining 
yashash sharti deyish mumkin. Boshqacha qilib aytganda, nikoh zaruriyatga aylangan erkinlikdir. 
SHu bois nikohga kirayotgan har bir kimsa bundan buyon o‘z erkining boshqa bir erk bilan 
kelishib yashashini, ixtiyoriy tarzda cheklanib, nisbiylashgan holda mavjud bo‘lishini anglab 
etmog‘i lozim. Bundan tashqari nikoh o‘z mohiyatiga ko‘ra axloqiy hodisa. Unda ehtiroslar 
axloqqa bo‘ysundiriladi. Oddiy birga yashashda esa tabiiy ehtiyojni qondirish birinchi o‘rinda 
turadi, nikohda u ikkinchi darajali mavqe egallaydi. 
 
16-mavzu: Axloqiy tarbiya va madaniyat uyg’unligi 
Reja: 
1. Muomala madaniyati – axloqiy madaniyatning tarkibiy qismi va uning ijtimoiy-tarixiy 
ahamiyati
2. Asosiy axloqiy qadriyatlar. Kasbiy odobning axloqiy madaniyat bilan uyg‘unligi
3. Sog‘lom turmush tarzining barkamol avlod axloqiy tarbiyasidagi ahamiyati
4. San’atning turlari va shaxs axloqiy tarbiyasiga ta’siri
 
Davlat va fuqarolik jamiyatidagi axloqiy yuksaklik darajasini uning fuqarolari axloqiy 
madaniyati belgilaydi.
AXLOQIY MADANIYAT - axloqiy tarbiyaga doir asarlar, qarashlar, g‘oyalar, 
ko‘nikmalar va ularga amal qilinish hisoblanadi. 
 Axloqiy madaniyat shaxsning jamiyat axloqiy tajribalarini egallashi va bu tajribalardan 
boshqa odamlar bilan bo‘lgan munosabatlarida foydalanishi, o‘z-o‘zini muntazam 
takomillashtirib borishi singari jihatlarni o‘z ichiga oladi.
 U shaxs axloqiy taraqqiyotining belgisi hisoblanadi. Zero, axloqiy madaniyat axloqiy 
tafakkur madaniyatining qator unsurlarini o‘z ichiga olgan tuzilmadir.
 Axloqiy madaniyat shaxsning o‘zgalar bilan o‘zaro munosabatlarida namoyon bo‘ladi.
 Insonning xatti – harakati, xulq – atvori va yurish – turishi va ularni doimo nazorat qila 
bilish darajasi, kishilar o‘rtasidagi muomala munosabatidir.
 Axloqiy madaniyat shuningdek, insonning o‘z xatti – harakatlarini me’yorini anglashdir. 

Download 1.17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   48




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling