Mustaqilllik yillarida O`zbekistonning iqtisodiy taraqqiyoti. Reja


Download 34.88 Kb.
bet1/3
Sana11.03.2023
Hajmi34.88 Kb.
#1258850
  1   2   3
Bog'liq
Mustaqilllik yillarida iqtisodiy rivojlanish


Mustaqilllik yillarida O`zbekistonning iqtisodiy taraqqiyoti.
Reja:



  1. O`zbekistonda bozor munosabatlarining shakllanishi, uning yo`nalishlari, bosqichlari va xususiyatlari.

  2. Iqtisodiyotda yuz bergan o`zgarishlar, bozor infratuzulmasining shakllanishi.

  3. Qishloq xo`jaligida o`tkazilayotgan islohotlar, uning vazifalari va yo`nalishlari.

Aslida mustaqil O`zbekiston hududida, aniqrog`i ko`hna Turon zaminida bozor munosabatlari yangilik emas. Qadimdan ajdodlarimiz hunarmandlar ishlab chiqargan turfa xil mahsulotlarini, tabiiy boyliklarini xorijiy mamlakatlarga olib chiqib savdo qilganlar, mol ayirboshlaganlar. Faqatgina so`nggi mustamlaka yillarida chor Rossiyasining, sho`rolar hokimiyatining iqtisodiy islohotlar o`tkazadigan laboratoriyasiga aylanib qolgan edik xolos. Endi bunday tajriba maydoni rolini o`ynovchilikdan qutildik, o`zimizning milliy an`analarimizni tiklab yana iqtisodiyotni rivojlantirishga kirishdik. O`zbekiston tanlagan yo`l bozor iqtisodini shakllantirishdir.


Bozor munosabatlariga asoslangan demokratik jamiyat qurishning asosiy tamoyillari yurtboshimiz I.A.Karimov tomonidan ishlab chiqilib, bu tamoyillar mazmuni quyidagicha:
-iqtisod siyosatdan ustun turib mafkuraviy tayziqlarsiz, o`ziga xos ichki qonunlarga muvofiq rivojlanmog`i kerak:
-davlat bosh islohotchi o`rnida bo`lib, uning yo`nalishlarini belgilab beradi va amalga oshiradi:
-bozor munosabatlariga o`tish qonun ustivorligini talab qiladi. Butun xalq tomonidan qabul qilingan Konstitusiya va qonunlarga amal qilinishi shart:
-bozor munosabatlarini joriy etish bilan bir vaqtda aholini kuchli himoya qilishning kuchli ijtimoiy siyosatini o`tkazish;
-bozor iqtisodiyotiga o`tish evolyusion yo`l bilan, bosqichma-bosqich amalga oshirilmog`i zarur.
Bozor munosabatlariga o`tishda iqtisodiy islohotlar strategiyasi ishlab chiqilib, uning tub maqsadi-markazlashtirilagan, ma`muriy buyruqbozlikka asoslangan iqtisodiyotdan bozor munosabatlariga, bir sifat holatidan ikkinchi sifat holatiga o`tishdan iboratdir.
Bozor munosabati bu jihatdan klassik kapitalistik va sosialistik iqtisodiy tizimdan farq qiladi.
Bozor islohotlarini amalga oshirish dasturiga ko`ra ustivor vazifalar bosqichma-bosqich hal qilinadi.

Download 34.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling