Mustasqil ish
Download 0.61 Mb. Pdf ko'rish
|
Mexanika Slayd for Nigina 1
MUSTASQIL ISH JIZZAX POLITEXNIKA INSTITUTI ARXITEKTURA VA QURILISHFAKULTETI “Umumtexnika fanlari” kafedrasi Mavzu:Nazariy mexanikaga kirish.Umumiy tushunchalar.Statikaning asosiy tushunchalari va aksiomalari Bajardi:Abdurasulova Nigina Tekshirdi:Turdaliyev Zafar REJA: 1. Nazariy mexanika 2. Statikaning asosiy tushunchalar 3. Statikaning aksiomalari Nazariy mexanika moddiy jismlarning bir-biriga ta’siri va mexanik harakatlarning umumiy qonunlari haqidagi fandir. Vaqt oiishi bilan fazoda moddiy jismlarning bir-biriga nisbatan o‘rin almashinishi mexanik harakat deb ataladi. Jismning barcha xossalarini hisobga olgan holda sodir boiadigan mexanik hodisalarni nazariy va amaliy jihatdan tekshirish juda murakkabdir. Shuning uchun mexanikada moddiy nuqta va absolut qattiq jism tushunchalari qoilaniladi. Mexanik harakatni yoki muvozanatni tekshirayotganimizda oichamlari va shaklining ahamiyati boim agan jism moddiy nuqta deb ataladi.Jism harakati tekshirilayotganda uning ikkita nuqtasi orasidagi masofa doim o‘zgarmasdan qolsa, bunday jism absolut qattiq jism deyiladi. Tabiatda absolut qattiq jism yo‘q, har qanday jism oz boisa-da deformatsiyalanadi. Agar bu o ‘zgarish jismning oichamlariga nisbatan juda kichik boisa, mexanik harakatni tekshirishda mazkur o‘zgarish e’tiborga olinmaydi. Nazariy mexanikaning asosiy qonunlari kuzatish va tajriba natijalariga asoslanadi. Biz o‘rganadigan nazariy mexanika G. G a l i l e v (1564 1642) va I. N y u t o n (1643-1727) tomonidan ta’riflab berilgan qonunlarga asoslangan boiib, klassik mexanika deb ataladi. Klassik mexanikada vaqt va fazo jismlarning harakatiga bogiiq emas deb qaraladi. Shuningdek, jismning massasi uning tezligiga bogiiq boimagan 0‘zgarmas miqdor deb olinadi. Klassik mexanikada moddiy jismlarning harakati uch oichovli Evklid fazosiga nisbatan tekshiriladi hamda fazoni mutlaqo qo‘zg‘almas deb qaraladi. Harakat o’lchoviga oid kattaliklar Evklid geometriyasi asosida olinadi. Xalqaro SI sistemasida vaqt birligi qilib sekund (s), uzunlik birligi qilib metr (m), massa birligi qilib kilogramm (kg), kuch birligi qilib Nyuton (N) qabul qilingan. Nazariy mexanika, masalaning qanday nuqtayi nazardan qo‘yilishiga qarab, statika, kinematika va dinamika qismlariga ajratiladi. Mexanikaning statika boiim ida jismlarning muvozanati va kuchlar haqidagi asosiy tushunchalar o ‘rganiladi. Bu holat mexanik harakatning xususiy holi hisoblanadi. Кinematiкada jismlarning harakati, bu harakatni yuzaga keltirayotgan yoki uni o‘zgartirayotgan sabablar e’tiborga olinmay, harakat geometrik nuqtayi nazardan o ‘rganiladi. Dinamiкada jismlarning mexanik harakatlari shu harakatni vujudga keltirayotgan sabablarga bogiab o‘rganiladi. Nazariy mexanikaning statika boiimida jismlarning muvozanat holati va kuehlar haqidagi asosiy tushunchalar o ‘rganiladi. Statika boiimiga oid masalalarni ikki turga boiish mumkin: • kuehlarni qo‘shish va absolut qattiq jismga qo‘yilgan kuehlar sistemasini sodda holga keltirish; • kuehlar sistemasi ta’siridagi absolut qattiq jism muvozanatining zarur va yetarli shartlarini aniqlash. Mexanikada moddiy jismlarning bir-biriga olzaro ta’siri kuch bilan oichanadi. Kuch vektor kattalik boiib, uning jismga ta’siri: — kuch qo‘yilgan nuqta; — kuchning yo‘nalishi; — kuchning miqdori bilan aniqlanadi. Kuchning Xalqaro birliklar sistemasi (Sl)dagi oichov birligi sifatida Nyuton (N) qabul ailingan.Kuchning yo‘nalishi va qo‘yilish nuqtasi jismlarning mexanik ta’siriga va ularning bir-biriga nisbatan joylashishiga bogiiq. Masalan, Yerning jismga ta’siri Yer markaziga qarab yo‘nalgan boiib, u jismning ogirlik markaziga qo‘yilgan. Rasmda kuch uchida strelkasi boigan to‘g‘ri chiziq kesmasi bilan ko‘rsatiladi ( 1-rasm). Kesmaning boshi kuch qolyilgan nuqta A boiadi. Kesmaning uzunligi biror masshtabda kuch miqdorini shartli ravishda ifodalaydi. Kuch yo‘nalgan KD to ‘g‘ri chiziq uning t a ’sir chizig'i deyiladi. Ogirlik kuchining ta ’sir chizigi jism ogirlik markazidan oiuvchi vertikaldan iborat. Kuch vektor kattalik boigani sababli u biror katta harf bilan belgilanadi, bu harfning tepasiga chiziqcha, ya’ni vektor belgisi qo‘yiladi (masalan, F ). Kuch miqdori esa Fbilan belgilanadi.Jismga bir vaqtda ta’sir qiluvchi kuchlar to‘plami (F{ ,F2 ,...,F„ ) kuchlar sistemasi deyiladi. Nazariy mexanikaning statika boiimi isbot talab qilmaydigan, kundalik tajribalarda tasdiqlangan bir necha aksiomaga asoslanadi. 1. Inersiya aksiomasi. Miqdor jihatidan bir-biriga teng va bir to‘g‘ri chiziq bo‘ylab qarama-qarshi yo‘nalgan ikki kuch ta’siridagi jism o^zining muvozanatini yoki to ‘g‘ri chiziqli va teng o ‘lchovli harakatini o‘zgartirmaydi. 2. 2. Ikki kuchning o‘zaro muvozanatlashish aksiomasi. Erkin holatdagi qattiq jismga qo‘yilgan ikki kuch miqdor jihatdan bir- biriga teng va bir to‘g‘ri chiziq bo‘ylab qarama-qarshi tomonga yo‘nalgandagina muvozanatlashadi. Bu kuchlar sistemasi nolga ekvivalentdir. Shuning uchun ular nollik sistema (2-rasm) deyiladi: (F,F) c^O. 3. Muvozanatlashuvchi kuchlarni qo‘shish va ayirish aksiomasi. Jismga qo‘yilgan kuchlar sistemasiga o lzaro muvozatanlashuvchi kuchlar sistemasi qo‘shilsa yoki olinsa, kuchlar sistemasining jismga ta’siri o‘zgarmaydi. Faraz qilaylik, jism {F\,F2 ,~.,Fn ) kuchlar ta’sirida muvozanatda bo‘lsin. Jismga yana (F,F') <=> 0 sistemani qo‘yaylik. Bunda jism yangi ( F , F' ,/j ,F2 ,...,Fn) kuchlar sistemasi ta’sirida ham muvozanatda bo‘ladi Teorema. Berilgan kuchni o ‘z ta ’sir chizig‘i bo У lab bir nuqtadan ikkinchi nuqtaga miqdori va yo ‘nalishi о ‘zgartirilmay ко ‘chirilsa, uning jismga ta ’siri о ‘zgarmaydi. 4. Parallelogramm aksiomasi Jismning biror nuqtasiga q o ‘y h g a n turli yo‘nalishdagi ikki kuchning teng ta’sir etuvchisi mazkur kuchlarga qurilgan paralellogramm dioganaliga miqdor jihatidan teng bo‘lib, shu dioganal bo‘ylab yo‘naladi: R = Fx + F2 . Mazkur aksiomadan quyidagi teorema kelib chiqadi. Teorema. Bir tekislikda yotuvchi va о ‘zaro parallel bo ‘Imagan uchta kuch muvozanatlashsa, ularning ta 'sir chiziqlari bir nuqtada kesishadi va ulardan tuzilgan kuch uchburchagi yopiq bo ‘ladi, ya’ni oxirgi F3 kuchning uchi Fx kuch boshi bilan ustma-ust tushadi (6-rasm a, b). Fy 5. Ta’sir va aks ta’sirning tenglik aksiomasi. Absolut qattiq jismlarning bir-biriga ta’siri teng va bir to ‘g‘ri chiziq bo‘ylab qaramaqarshi tomonga yo‘nalgan, ya’ni ta’sir hamma vaqt aks ta’sirga teng va unga qarama-qarshi yo‘nalgan bo‘ladi. Bu aksioma I.Nyuton tomonidan ta’riflangan bolib, u klassik mexanikaning asosiy qonunlaridan biri hisoblanadi. 6. Qattiq bo‘lmagan jismlar muvozanatining saqlanish qonuni.Qattiq bo‘lmagan jism kuchlar ta’sirida muvozanatda bolsa, jism qattiq holatga aylanganda ham uning muvozanati o ‘zgarmaydi. Foydalanilgan adabiyotlar 1. Usmonkulov.A.Q, K.Odilov, Yaxshiboyev.SH. 2. Mirsaidov.M.M, Boymurodova.L.I Nazariy Mexanika o’quv qo’llanma 2008 Download 0.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling