Mustaxkamlik. Elektrokimyoviy teshilish. Elegaz. Suyuq va organik qattiq dielektriklarda teshilish


Download 25.93 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/3
Sana22.10.2023
Hajmi25.93 Kb.
#1715574
1   2   3
Bog'liq
5-маъруза

Issiqlik hisobiga teshilish - yuqori chastotali kuchlanish ostida tez-tez uchrab 
turadigan dielektriklarning teshilishiga sabab bo‘ladigan teshilish turi hisoblanadi. Bu issiqlik 
hisobiga teshilish natijasida dielektriklarda energiya yo‘qotishlari (energiyaning bir qismi 
atrofga issiqlik ko‘rinishida tarqaladi va behudaga sarf bo‘ladi) yuz beradi. Bu esa qo‘shimcha 
ravishda dielektrikni qizdiradi va uni issiqlik hisobiga yaroqsiz xolga kelishiga sharoit yaratadi.
Issiqlik hisobiga teshilish paytida qattiq dielektrikning elektr mustahkamligi kuchli 
darajada harorat (13-rasm) va dielektrikning qalinligi (14-rasm) ga bog‘liq. 
 
 
 
 


 
 
 
 Qattiq dielektrik elektr mustahkamligining haroratga bog‘liqlik grafigi 
 
 Qattiq dielektrik elektr mustahkamligining dielektrik qalinligiga bog‘liqlik grafigi 
Chunki harorat va dielektrik qalinligi ortishi bilan issiqlik uzatish qiyinlashadi. Bu holat esa 
dielektrikning yaroqsiz xolga kelishini tezlashtiradi.
Ayrim hollarda qattiq dielektrikda elektr teshilishi sodir bo‘ladi. Teshilish momenti 
paytida dielektrikning qaysidir bir qismida erkin elektronlar bir joyga to‘planadi. Bu holat o‘z 
navbatida dielektrikni elektr jihatdan ishdan chiqishiga sabab bo‘ladi. Shu bilan birgalikda 
dielektriklarning elektr mustahkamligi kam darajada harorat va dielektrik kalinligiga bog‘liq.
Dielektrik energiya yo‘qotishlar va qizishning bo‘lmasligi hamda qattiq 
dielektriklarning yuqori darajada sofligi elektr teshilishga sabab bo‘ladigan asosiy shartlardan
hisoblanadi.
Bu sharoitlar amaliyotda ko‘pincha yuz bermaydi, shuning uchun elektr teshilish 
nisbatan kamdan-kam hollardagina kuzatiladi.
Qattiq dielektriklarning elektr mustahkamligi ko‘p darajada uning elektr kuchlanish 
ostida qancha muddat ishlaganiga bog‘liq. 15-rasmga asosan dielektrikni qanchalik uzoq 
muddat elektr kuchlanish ostida ushlab tursa, shunchalik uning elektr mustahkamligi Ye
m
pasadi.
 
Bu egri chiziqni ko‘pincha
«hayot qiyaligi» deb atashadi. Bu grafik orqali berilgan elektr maydoni kuchlanishi 
ostida qancha muddat ishlashi mumkinligini aniqlash mumkin.

Download 25.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling