Musulmon faylasuflari ham odam va olam orasidagi o‘zaro aloqadorlik muammolarini bilishga intildilar. Odam deb ataluvchi mavjudotni kim yaratgan? Odam qanday unsurlardan tashkil topgan


) quyi darajadagi ilm — tabiatshunoslik; 2


Download 37.97 Kb.
bet2/2
Sana24.12.2022
Hajmi37.97 Kb.
#1050376
1   2
Bog'liq
2 bob davomi

1) quyi darajadagi ilm — tabiatshunoslik; 2 ) o'rta darajadagi ilm —matematika; 3) oliy darajadagi ilm — metafizikaga bo'linadi.Falsafaning amaliy qismi ham uchga: 1) shaxs haqidagi ilm; 2) insonning o'zaro munosabatlari haqidagi ilm; 3) davlatni, mamlakatni boshqarish haqidagi ilmlarga bo'linadi.Ibn Sinoning dalillashicha, insonning eng muhim xislatlaridan biri o'zi yashayotgan atrof-muhitda sodir bo'layotgan hodisa va voqealaming mohiyatini bilib olishga qodirligidir. Inson olamni o'zining ichki va tashqi sezgilari yordamida bilib oladi. Mashhur «Tib qonunlari» asarida ta ’kidlanishicha, tashqi sezgi (ko'rish, eshitish, ta’m bilish, hid va teri) insonni tashqi olam bilan bog'laydi. Ichki sezgilar (taxmin etish, ifodalash, eslabqolish, xotira) tasawur etish imkoniyatini yaratuvchi sezgi -lardir. Ichki sezgilar tashqi sezgilar asosida shakllanadi. Ichkisezgilar tashqi sezgilar orqali olingan ma’lumotlarni qabul qilib olish, umumlashtirish, uni xotirada saqlab, qayta tiklab, tasavvur etish uchun xizmat qiladi1.Ichki va tashqi sezgilar yordamida bilib bo'lmaydigan olam sirlarini inson dunyoviy aqldan madad olib turgan tafakkur orqali bilib oladi. Dunyoviy aql inson tafakkuri quwatini, xususan, muhokama qilish, mulohaza yuritish salohiyatini oshiradi. Tafakkur quwatining orta borishi bilan inson sezgilar yordamida bilib olinmagan olam sirlarini bilib olishga qodir bo'ladi. Alqissa, Ibn Sinoning isbotlashicha, inson joni dunyoviy aql va dunyoviy ruh bilan qo'shilganda olamni bilish borasida muvaffaqiyatga erishiladi. Inson hech qachon tanho, yakka o'zi yashay olmaydi. U kundalik ehtiyojlarini qondirish, turli orzu-umidlarini ro'yobga chiqarish uchun jamoa bo'lib yashashga intiladi. Ibn Sinoning fikricha, turli jamoalarga birlashgan kishilar faoliyatini oqilona boshqarib turish, jamoaning barcha a ’zolarini foydali mehnatga safarbar qiluvchi maxsus qonunlar, yo'l-yo'riqlar, qoidalar bo'lishi zarur. Har qanday jamiyat, har qanday davlat odamlar faoliyatini adolatli qonun-qoidalarga asoslanib idora etmog'i darkor. Ibn Sinoning tushuntirishicha, turli jamoalarga birlashgan odamlar faoliyatini yagona maqsad atrofida birlashtiruvchi muhim omillardan yana biri axloqdir. Inson qanchalik bilimdon, qanchalik tadbirkor bo'lmasin umuminsoniy axloq qoidalariga tayanmasa u adabsiz bo'ladi, yomonlikka yo'l qo'yadi. Ibn Sino o'zining «Qush tili» asarida insondagi adabsizlik, axloqsizlik alomatlari: ikkiyuzlamachilik, yolg'onchilik, xoinlik kabi xislatlami, inson ustidan qilingan har qanday zo'ravonlikni qoralaydi, chinakam axloq hamisha ilmga, bilimga asoslanishiga e’tiborini qaratadi. O`rta asr m usulm on faylasuflarining erkin fikrlash an’analarini davom ettirgan Abu Ali ibn Sino insonni kamolotga yetkazuvchi kuch — chinakam muhabbatdir, deb biladi. Uning fikriga asosan, muhabbat umuminsoniy voqea bo‘lib, insonga «koyhaniy (kosmik) quwat» ato etadi. Muhabbat insonning butun ruhiy-ma’naviy olamini qamrab oladi, ezgulikka, xayrli, savob ishlarga undaydi. Chunki muhabbatning ikki qutbi bor. Birinchi qutbi yaxshilik, ezgulikka qaratilgan bo'lsa, ikkinchi qutbi insondagi hirsiy-hayvoniy istaklarni uyg‘otishga qaratilgan bo‘ladi. Mabodo inson tanasidagi o‘sha hirsiy-hayvoniy quvvat g‘olib kelsa, uning ruhiy-ma’naviy olami yemiriladi, inson baxtsizlikka giriftor bo‘ladi. Agar insonning ruhiy-ma’naviy olamida «Aqli kull» ustuvorlik qilsa u, shubhasiz, baxt-saodatga erishadi. Abu Ali ibn Sino o‘zining «Solomon va Absol» asarida insonning ruhiy-ma’naviy yetukligini va o‘z navbatida insonni ruhiy-ma’naviy tubanlashuvini tasvirlashga harakat qiladi. Asarda insonning ruhiy-ma’naviy yetukligi ukaning akaga sadoqati yordamida tasvirlansa, insonning ruhiy-ma’naviy tubanlashuvi Absolning akasi Solomonning yengiltak, zohiriy go‘zallikka o‘ch xotini misolida, uning turli makr-u xiylalarini tasvirlash orqali ochib beriladi. Solomonning xotini hayvoniy-shahvoniy hirsga berilib, o‘z qaynisi Absolni tuzog'iga tushurishga kecha-yu kunduz harakat qiladi. O`z maqsadiga erishish uchun turli-tuman g‘ayriinsoniy qiliqlar, makr-u hiylalardan ustakorlik bilan foydalanadi. Lekin yanganing ruhiy-ma’naviy tubanlashuvidan Absolning ruhiy-ma’naviy yetukligi ustun keladi. Axloqiy tubanlik ustidan axloqiy yetuklik g‘alaba qiladi. Abu Ali ibn Sinoning tushuntirishicha, insonning ruhiy-ma’naviy yetukligini ifodalovchi mezonlardan biri do‘stlikdir'. U o'zining «Risolot at-tayr» asarida yozganidek, haqiqatdan ham chin do‘st shod va g'amgin paytlaringda o ‘z dilining qudrati bilan sof do‘stlikni saqlab qoladi. Shuning uchun ham chinakkam do‘stlikni ulug'laydi. U barcha do‘st-u birodarlariga murojaat etib, o‘zaro muomala-munosabatlarda «sirti yaltiroq, ichi qaltiroq» bo‘lmaslikka da’vat etadi. Alqissa, o‘rta asr sharoitida, mustaqil, erkin fikrlash madaniyatiga asoslangan Abu Ali ibn Sino — olam bir butun vujud ekan, unda mavjud bo‘lgan barcha xususiyatlar inson tanasida o‘z ifodasini topadi, degan xulosaga keladi. Uning xuddi shu g'oyasi ba’zi musulmon faylasuflariga (masalan, Muhammad G ‘azzoliyga) yoqmaydi. Shunday bo‘lishiga qaramasdan, Ibn Sino o‘z fikriga hech qanday tuzatish kiritmadi. Abu Ali ibn Sinoning inson to‘g‘risidagi fikr-mulohazalarini yanada rivojlantirgan o‘rta asrning mashhur musulmon faylasufi xorazmlik Abu Rayhon Beruniyning tushuntirishicha, insonlaming tashqi ko‘rinishlari turli-tuman bo‘lsada, ularning ichki tuzilishi barcha uchun umumiydir3. U turli xalqlar turli ajdodlardan paydo bo'lgan, degan taxminlami butunlay rad etdi, inson bilan maymun orasida o‘xshashlik bor ekanligini ta’kidlab: «Ular a’zolarining o‘xshashligi bilan tashqi ko'rinishlari ham o‘xshab ketadi, deb yozgan edi. Abu Rayhon Beruniy o'zining «Hindiston» asarida o'rta asr sharoitidayoq, insonning jismoniy va ma’naviy kamoloti, turmush tarzi bilan u yashayotgan geografik muhit orasida dialektik aloqadorlik mavjudligi to'g'risidagi g'oyani ilgari surdi1. Hatto, odamlarning turli tillarda so'zlashuvining yuzaga kelishi ham geografik shart-sharoitlarga bog'liq ekanligini isbotlashga urindi, Tillarning turlicha bo'lishiga sabab, odamlarning turli guruhlarga ajralib ketishi, bir-birlaridan uzoq-uzoqlarda yashashidir, deb tushuntirdi. Abu Rayhon Beruniyning fikriga ko'ra, odamlar o'zlarining kundalik ehtiyojlarini qondirish maqsadida (tashqi dushmanlardan himoya qilish, dehqonchilik, hunarmandchilik, chorvachilikka oid turli yumushlarni birgalashib bajarish zaruriyati) turli jamoalarga birlashadilar. Aniqroq qilib aytganda, inson o'zaro uyushishga, birlashishga, qandaydir bir jamiyat bo'lib yashashga doimo ehtiyoj sezadi. Kishilar madaniylasha borgan sari va mulkchilikning yuzaga kelishi bilan bunday ehtiyoj yanada rivojlanib boradi.Lekin «ehtiyojlar turli-tuman, son-sanoqsizdir. Faqat ularni bir qancha kishilar birgalikda ta’minlay olishlari mumkin». Xuddi shuning uchun ham Beruniy jamiyatning insonparvarligi odamlarning kundalik ehtiyojlarini qondirish bilan belgilanadi, degan fikrni bayon qiladi. Uning yozishicha, odamlarning kundalik ehtiyojlari moddiy va ma’naviy ehtiyojlarga bo'linadi. Kishilaming moddiy ehtiyojlarining qondirilishi jamiyat hayotida hal qiluvchi ahamiyatga ega va odamlarning yanada mustahkamroq birlashishlariga sabab bo'ladi. Abu Rayhon Beruniy fuqarolaming moddiy va ma’naviy ehtiyojlarini qondirmoq uchun, eng awalo, ularni zulm va istibdoddan qutqarmoq, jamiyatda tinchlik, osoyishtalik, insof va diyonatni o'm atm oq darkor, deb tushuntiradi. Fuqarolaming farovonligini ta’minlovchi ijtimoiy adolat normalari va prinsiplariga asoslangan insonparvar jamiyatni faqat adolatli podsho barpo etishi mumkin, degan xulosaga keladi. Jamiyatni, ayniqsa, davlatni boshqarishda podshohning o‘mi haqida to‘xtalib, jamiyat podshohga xizmat qilmasdan, balki podshoh jamiyatga xizmat qilishi lozim, deydi. Adolatli podshoh, aziyat chekkan barcha fuqarolaming haq-huquqlarini himoya qilishi, birovlarning tinchligi, osoyishtaligi yo'lida o ‘z tinchligidan voz kechishi zarur. Podshohning o ‘zi yaratuvchanlik qobiliyati bilan boshqalardan ajralib turishi kerak. Hokimlar, ishboshilar tanlaganda tabiatan jamiyatni boshqarishga mayli bor, o'zining mustaqil fikri bor, o‘zi qabul qilgan qarorlaming bajarilishida qat’iylik ko‘rsatuvchi kishilarni tanlashga e’tibomi qaratish zarur ekanligini ta’kidlaydi1. Lekin o‘rta asr sharoitida podshohlik mansabi merosga aylanganini ko‘rgan Beruniy, insonning jamiyatdagi o‘rni uning nasl-nasabi ajdod va avlodlarining xizmatlari bilan belgilanishiga qarshi chiqadi. Beruniyning fikriga muvofiq, inson olamdagi boshqa maxluqotlardan o'zining yaratuvchanligi, bunyodkorligi bilan tubdan farq qiladi. Yaxshilik, rostgo'ylik, olijanoblik, muruwat, mehr-shafqat, do‘st-u birodarlik kabi fazilatlar insonni yanada ulug‘laydi. Bunday fazilatlami o'zida mujassamlashtirgan kishi nafaqat o'ziga, balki el-yurtga ham foyda keltiradi. Yolg'onchilik, yomonlik, raqobatlashish, g'animlik, ichiqoralik, qo'pollik, o'g'rilik, tuhmatchilik, ikkiyuzlam achilik, o'ziga bino qo'yish, xushomadgo'ylik, chaqimchilik kabi illatlar insonni tubanlashtiradi. Xorazmlik mutafakkir inson ijtimoiy qiyofasini yaxshilik va yomonlik chig'irig'idan o'tkazib tahlil qiladi. Uning tushuntirishicha, insonning yaxshilik, ezgulik tomon intilishi birdaniga, bir kunda shakllanmaydi. Yaxshilik tomon intilish malakasi hosil bo'lishi uchun inson halol mehnat qilishi, sabr-toqat, matonat, mustahkam iroda, yuksak umuminsoniy imon-e’tiqodga ega bo'lishi darkor. Umuminsoniy imon-e’tiqodni amalda namoyon etish uchun inson doimo kurashishi zarur. Inson yaxshilik, ezgulikni o'zining kundalik turmush tarzida qaror toptirishi uchun, eng awalo, «ilm haqiqatini egallashi» lozim. «Kimda shunday sifatlar topilsa, xulq uning foydasiga va kimda bular yetishmasa, xulq uning zarariga bo'ladi». Abu Rayhon Beruniyning ta’kidlashicha, insonning kundalik turmush tarzida yaxshilik barqaror bo'lishi uchun kishilar tinch-totuv, do'st-birodar bo'lib yashashlari lozim. Hind orollaridan birida yashovchi kishilar turmush tarzini tasvirlab, bunday deb yozadi: «Ular bir jins bo'lib, oralarida qarama-qarshilik yo'q, qahatchilik ko'rmaydilar va qarimaydilar. Istagan narsalari oldilariga kelib turadi, bir-birlari bilan totuv bo'lib, rohatda yashaydilar, yaxshilikdan boshqani bilmaydilar, go'yo ular jannat bog'ida istiqomat qiladilar. Ularga husn va uzoq umr berilgan, bir-birlaridan ortiqcha yoki kam joylari yo'q, hammasi birday. Ularda xizmatkorlik, xo'jayinlik, gunoh qilish, bir-birini ko'ra olmaslik, qarama-qarshilik, ortiqcha gap-so'zga borish, savdogarchilikka urinish yo'q... Bu orolda yashovchilar bir-birlari bilan teng». Uning tushuntirishicha, yaxshilikning teskari tomoni yomonlikdir. Yomonlik turli ko'rinishlarda namoyon bo'lib, eng yaramasi ta’ma, g'azab va ilmsizlikdir. Ayniqsa, ilmsizlik — insonning eng ashaddiy dushmanidir. Bunday g'ayriinsoniy qiliqlarni o'zida mujassamlashtirgan kimsalar odamlar ovqatlanganda qanday lazzat olsalar, rohat qilsalar, ular birovlardan o'ch olganda ana shunday lazzat oladilar. Lekin lazzat, Beruniyning fikricha, turlicha ma’no va mazmunga ega bo'ladi. Chunonchi, lazzat yaxshilik va yomonlik alomati bo'lishi mumkin, ya’ni birov o'zi qilgan yaxshilikdan lazzatlansa, boshqa birov o'zi amalga oshirgan yomonlikdan lazzatlanadi.Abu Rayhon Beruniyning tushuntirishicha,yomonlikni vujudga keltiruvchi manbalardan biri yolg'onchilikdir. Yolg'onchilik insonni rostgo'ylik va halollikdan, insof va diyonatdan benasib qilib qo'yadi, adolatdan yuz o'girtiradi. Yolg'on guvohlik berishga, omonatga xiyonat qilishga sabab bo'ladi. Qayerda yolg'onchilik avj olsa, o'sha yerda yomonlik tezroq rivojlanadi. Yolg‘onchilikning o‘sib borishi bilan inson umri zavol topadi. 0‘z navbatida, yolg‘onchilikning ortib borishi bilan yaxshilik kamaya boradi. Yaxshilikning kamayib borishi nafaqat kishilar umrini qisqartiradi, balki ular orasida turli mojarolar keltirib chiqaradi. Beruniy yolg'onchilikni turli guruhlarga ajratadi. Chunonchi, ba’zi birovlar bilmasdan yolg'on xabar berishsa, ayrimlar o‘zlarining so‘zlarining yolg‘onligini bila turib noto‘g‘ri ma’lumot beradilar. Yana allakimlar birovlarga yaxshi ko'rinish, o‘z martabasini oshirish, xushomad qilib boylik orttirish, kimlargadir o‘zini yaqin qilib ko‘rsatish, o'zini turli jinoyatlardan qutqarish, kishilar o'rtasida nizo chiqarish uchun yolg'on gapiradilar. Shuningdek, ayrim kishilar tarafkashlik, o‘zi yoqtirmagan kishi, toifa yoki guruhni ataylab yomonlaydilar, o'zlarining hamtovoqlarini maqtab so'zlaydilar. Abu Rayhon Beruniy axloqsiz, odobsiz kishilarni qayta tarbiyalash mumkin, deb hisoblaydi. Buning uchun o'sha axloqsiz, odobsiz kishilarni, birinchi navbatda, nafsoniy hirs-havaslardan tozalamoq, ularga odob-axloq normalarini o'rgatmoq lozim. Boshqacha aytganimizda, Beruniyning fikriga asosan, axloqsiz, odobsiz kishilar jamiyatdagi yaxshi odamlarga ergashsalar qayta tarbiya topadilar. Abu Rayhon Beruniyning fikriga ko'ra, inson o'z mehnati bilan ulug'dir. Mehnat yordamida inson o'z badanini turli illatlardan, xususan, dangasalikdan, yalqovlikdan, ishyoqmaslikdan qutqaradi. Inson mehnatsiz shon-shavkatga, hech qanday martabaga erisha olmasligini qayta-qayta ta’kidlaydi. Yuqori martabaga mehnatsiz, osongina erishgan kishi farog'at va rohat soyasida yashaydi, yaxshi kiyinadi, ammo ulug'lik libosidan mahrum, yalang'och bo'ladi. Beruniy o'zining «Mineralogiya» asarida inson mehnatini og'ir jismoniy va yengil mehnat turlariga bo'ladi. U binokor, ko'mir qazuvchi,hunarmand, ilm ahli mehnatini og'ir mehnat, deb ataydi. Og'ir jismoniy mehnat qiluvchi, xususan, yer ostidagi konlarda ishlovchi, yer ostida gavhar qidiruvchilar mehnatini jamiyat qadrlashi, ularga ma’lum imtiyozlar berishi lozim. Ayniqsa, yerga ishlov berib, hammani yedirib-ichirib turgandehqonlarga alohida mehribonlik ko'rsatishi lozim, deb ta’kidlaydi. Ilm ahli mehnatini ta’riflab, ilm olish o‘ta mashaqqatli, lekin jamiyat uchun eng kerakli mehnatdir, jamiyat olimlar mehnatini hamisha hurmat qilishi, qadrlashi zarur, deb hisoblaydi. Abu Rayhon Beruniyning e’tirof etishicha, insonning qadr-qimmati, jamiyatdagi o‘rni mehnati bilan baholanmog'i darkor. Mehnat har bir kishining kundalik ehtiyojiga aylanmog'i lozim. Har bir kishi o‘z xohish-istagi bilan mehnat qilmog‘i kerak. Odamlarni majburiy mehnat qildirish yo‘li bilan jamiyat hech qachon yuksaklikka ko‘tarila olmaydi. Kishilar xohish-istaklariga qarshi bo'lib, ularni majburan zo‘rlab ishlatishga Beruniy o'rta asr sharoitidayoq qarshi chiqqan edi1. Mehnatkash kishiga jabr-sitam o'tkazuvchi ishboshilarni bo'rilarga, kalxatlarga o'xshatgan edi. Abu Rayhon Beruniyning fikriga muvofiq, kishilaming madaniy saviyasi ortib borishi bilan jamiyat hayotining madaniylashish darajasi ortib boradi. Insonning madaniy saviyasi qancha baland bo'lsa uning shodlik, xursandchilikka, musiqaga bo'lgan ehtiyoji ortib boraveradi. «Madaniylashgan kishilar ichidan nozik odamlar ko'ngil ochar (shodlik bag'ishlaydigan)joylarga borib turishni odat qildilar; bunday joylarga faqat nozik (tabiatli) kishilar emas, balki boshqa, musiqaga yanada kuchliroq tashna bo'lganlar ham ohang tinglash uchun boradilar... Ohanglar esa ruhga (qalbga) tartibga tushirilgan, shaklga kiritilgan bo'lgandagina kuchli ta’sir qiladi: Chunki ruh (qalb) tartibga kirgan narsani tezroq qabul qiladi...» Beruniy tushuntirishicha, inson boshqa maxluqotlardan olamda sodir bo'layotgan hodisa,voqealar sababini bila olish bilan ajralib turadi. Olamda bo'layotgan o'zgarishlar sababini inson o'zining sezgilari yordamida bilib oladi. Inson miyasida hosil bo'lgan bilimlar tashqi olamning ifodasidir. Ushbu ma’lumotlar sezgi organlarining bajargan ishi tufayli sodir bo'ladi. Agar sezgi organlari bo'lmaganda olamning manzarasi haqida tasawurga ega bo‘la olmasdik. Xatto, narsa va jismlarning rangini ham ajratolmasdik. Sezgi hosil bo'lishi tashqi tabiatning inson sezgi a’zolariga (ko‘z, quloq, burun, til, teri) ta’siri bilan bog'liq. Chunki har bir sezgining o'z qo'zg'atuvchisi bo'ladi. Agar u evida bo'lsa, yoqimli va zararsiz, bordi-yu haddan tashqari bo'lsa, og'riq paydo bo'ladi va halokatga olib keladi. Beruniyning dalillashicha, inson olamni bilishda nafaqat sezgi organlari orqali olingan ma’lumotlarga, balki aql-tafakkur qudratiga ham suyanadi. Aql-tafakkur yordamida olamda sodir bo'layotgan hodisa va voqealarni birini ikkinchisiga solishtiradi, tahlil qiladi, rostni yolg'ondan, adolatni adolatsizlikdan, yaxshini yomondan, haqiqatni esa nohaqlikdan ajratadi. Inson fikrlash qobiliyati, uning xayoli va xotirasi, irodasi va idroki bilan bevosita bog'liq ekanligini har tomonlama isbotlab berishga harakat qiladi. Abu Rayhon Beruniy yaratgan gnoseologik ta’limotga asoslangan Sharqning buyuk shoiri Nosir Xisrav Xudoning fazilatlarini, xislatlarini bilish haqida fikr-mulohaza yuritadi. Diniy e’tiqodi jihatidan qarmatlik (shialik tarkibidagi oqim) tarafdori bo'lgan Nosir Xisravning2 fikriga muvofiq, inson o'zining fikr-mulohazalari, jismoniy ko'z hissiyotlari orqali Xudoni bilolmaydi. Uni faqat qalb ko'zi bilan tasawur etishi mumkin. Chunki Xudo yaka-yu yagona, uning awali ham, oxiri ham yo'q. Inson Xudoni va koinotni bilib olishi uchun, awalo, o'zligini, o'zining kimligini bilib olmog'i darkor. Buning uchun inson o'z umrini behuda o'tkazmasligi, uzluksiz ilm egallashi, moddiy boylik to'plash girdobiga tushib qolmasligi lozim. Shuningdek, inson o'zligini bilmog'i uchun, o'z axloq-odobini sof tutishi, poklanib turishi, boshqalaming qalbiga ozor yetkazmasligi kerak.
Download 37.97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling