Mutafakkirlar


Download 0.91 Mb.
Pdf ko'rish
Sana15.12.2019
Hajmi0.91 Mb.

“MUTAFAKKIRLAR” 

Bolalar uchun risolalar turkumi



SHUKRULLO UMAROV

BURHONIDDIN 

MARG‘INONIY

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi 

Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning 616-sonli tavsiyasi bilan 

chop etildi

«TAFAKKUR» NASHRIYOTI

TOSHKENT – 2015

Kitobxon.Com

86.38(5O‘)

U52

Umarov, Shukrullo

Burhoniddin Marg‘inoniy/Sh. Umarov; tahrir hay’ati: U. Alimov, 

U. Uvatov, va boshq. T.: Tafakkur , 2015. – 32 b. («Mutafakkirlar» 

bolalar uchun risolalar turkumi).

BBK 86.38(5O‘)

Tahrir  hay’ati: 

U. ALIMOV, U. UVATOV, A. HASANOV, B. 

 

 

TU 



RAYEV, 

[A.   ACHILDIYEV], N.   JAB BOROV, A. MUX TOROV,  B. JOVLIYEV



Bu risolada buyuk vatandoshimiz, Farg‘ona vodiysidan etishib 

chiqqan ulug‘ alloma, faqih, mufassir Bur honiddin Marg‘inoniy haqida 

ma’lumotlar to‘plangan.

Kitobxon.Com'>ISBN 978-9943-372-34-4

© «TAFAKKUR» nashriyoti, 2011.

© «TAFAKKUR» nashriyoti, 2015.

Kitobxon.Com

3

...Barchamiz yaxshi tushunamizki, eri­

shilgan bilimlarni, o‘tmishda, jumladan, o‘rta 

asrlar Sharqida amalga oshirilgan olamshu­

mul  kashfiyotlarni  chuqur  o‘zlashtirmasdan 

turib na ilm­fanda, na boshqa sohalarda 

yangi, yanada yuksak marralarni zabt etib 

bo‘lmaydi. Biz kelgusi faoliyatimizda ham 

ayni shu tamoyilga qat’iy amal qilamiz...

...Men yoshlarimizga murojaat qilar ekan­

man, ularga doimo: “Biz buyuk ajdodlari­

miz bilan faxrlanishimiz, g‘ururlanishimiz 

kerak”, deb aytaman. Ayni vaqtda “Faqat 

g‘ururlanishning o‘zi yetarli emas, kelinglar, 

o‘zimiz ham, xuddi ular kabi, mana shu be­

baho merosga o‘z hissamizni qo‘shaylik!” 

deb takrorlayman.

Islom KARIMOV

“O‘rta asrlar Sharq allomalari va mutafakkirlarining 

tarixiy merosi, uning zamonaviy sivilizatsiya rivojidagi roli va 

ahamiyati” mavzusidagi xalqaro konferensiyadagi nutqidan.

Kitobxon.Com


4

BURHONIDDIN MARG’INONIY

(1117–1197)

Ismi-sharifi

Imom Burhoniddin Abul Hasan Ali ibn Abu Bakr ibn 

Abduljalil ibn Abu Bakr Farg‘oniy Marg‘inoniy. Burhoniddin 

Marg‘inoniyning nasabi Abu Bakr Siddiq (r.a.)ga borib yetadi. 



Marg‘inoniyning oilasi 

Olim ilm­ma’rifatli oiladan chiqqan bo‘lib, u eng avval 

o‘z otasidan ta’lim oladi, undan keyin o‘z davrining mashhur 

allomalari, faqih va mujtahid darajasidagi olimlardan dars olib, 

o‘zining  zuhdi,  taqvosi  va  yuksak  iste’dodi  tufayli  Hanafiy 

mazhabi bo‘yicha buyuk faqih va mujtahid darajasiga  ko‘tarilib,  

shayx ul­islom degan ulug‘ martabaga   sazovor bo‘ladi.

U zot kim edi?

Imom darajasiga erishgan buyuk mujtahid, faqih, muhaddis, 

mufassir, islomiy ilmlarni o‘zida jam qilgan, barcha ilm va fan 

sohalari olimi, har bir masalani butun nozikliklari bilan egallagan 

o‘tkir nazarli, a’lo darajadagi zohid, taqvodor, adib va shoir 

bo‘lgan.


Qachon va qayerda tug‘ilgan?

Imom Burhoniddin Abul Hasan Ali ibn Abu Bakr ibn 

Abduljalil Farg‘oniy Marg‘inoniy 1117­yili Marg‘ilon shahrining 

Rishton tumanida tug‘ilgan. Bu hijriy yil hisobi bilan  511­yili 

rajab oyining sakkizinchisi, ya’ni dushanba kuni asr namozidan 

keyingi vaqtga muvofiq keladi, deb yozishadi tarixchilar

1

.

Burhoniddin Marg‘inoniy 1150 (544­h.)­yilda Baytullohni 



ziyorat qilish maqsadida haj safariga chiqadi va shu yili haj 

safarini ado qilganidan keyin Madinaga borib, Payg‘ambarimiz 

Muhammad (s.a.v.)ning qabrlarini ham ziyorat qilib qaytadi. 

Vafoti

Buyuk alloma umrining oxirlarida Samarqandda yashab, 

ijod etib, 1197­yili (593­h.) zulhijja oyining o‘n to‘rtinchi kuni 

1

В.Ayniy. Al-Binoya fi sharhil hidoya P. Imdodiya, — j, 1, 10-bet.



Kitobxon.Com

5

seshanba oqshomida vafot etgan. Buyuk faqih, «Radd ul­muxtor» 

asarida keltirilishicha, Samarqanddagi 400 ga yaqin Muhammad 

ismli faqihlar dafn etilgan «Turbat ul­Muhammadiyn», ya’ni 

Muhammadiylar qabristoniga  dafn etilgan. Bu qabriston tarixda 

«Chokardiza» nomi bilan mashhurdir.



Ustozlari

Burhoniddin Marg‘inoniy ziyoli oilada tug‘ilgan, uning otasi 

ham o‘z davrida olim bo‘lgan. Burhoniddin Marg‘inoniy dastlab 

ilmni o‘z otasidan o‘rgangan. Keyin mashhur ustozlari Najmiddin  

Abu  Hafs  Umar  Nasafiy  «Al-Aqoidu-n-Nasafiy»  asari  muallifi, 

Shayx Imom Bahouddin Ali ibn Muhammad ibn Ismoil Isfijoniy, 

Imom as­Sadrush ash­Shahid Hisomiddin Umar ibn Abdulaziz

Tojiddin Ahmad ibn Abdulaziz, Imom Quvomiddin Ahmad ibn 

Abdurrashid Buxoriy «Xulosat-ul-bayon» asari muallifining otasi, 

Ziyouddin Muhammad ibn Husayn Bandijiy, bu kishi Alouddin 

Samarqandiyning shogirdi bo‘lgan va boshqa ko‘plab faqihlardan 

ilm o‘rgangan.

Burhoniddin Marg‘inoniy hadis ilmini avval Ziyouddin Abu 

Muhammad Sa’id ibn As’ad Marg‘inoniydan o‘rgangan.



Farzandlari

Fiqh ilmining ahamiyatini chuqur tushungan Burhoniddin 

Marg‘inoniy o‘z farzandlarini ham ushbu sohada tarbiyalab 

kamolga yetkazdi. Uning farzandlari va nabiralaridan yetuk 

faqihlar va allomalar yetishib chiqadi. Manbalarda allomaning uch 

o‘g‘li va ikki nabirasi haqida to‘liq ma’lumotlar berilgan bo‘lib, 

uning avlodlaridan boshqa ko‘plab  faqihlar, allomalar yetishib 

chiqqanligi qayd etilgan.

Bular quyidagilar bo‘lgan:

1. Imoduddin Muhammad ibn Ali ibn Abu Bakr ibn Abdujalil 

Farg‘oniy  al-Marg‘inoniy  fiqh  ilmini  o‘z  otasi  Burhoniddin 

Marg‘inoniydan olgan. Fatvo chiqaradigan darajada ilmga ega 

bo‘lgan. «Odob ul-Qozi» va boshqa asarlar muallifi.

2. Shayx ul­Islom Nizomuddin Umar ibn Ali ibn Abu Bakr 

Farg‘oniy Marg‘inoniy. Fatvo chiqaradigan darajada ilmga ega 

bo‘lgan. «Javohir al-fiqh», «al-Favoid» va boshqa ko‘plab asarlar 

muallifi.

3. Jaloliddin Muhammad ibn Ali ibn Abu Bakr Farg‘oniy 

Marg‘inoniy. Fiqh ilmini otasi Burhoniddin Marg‘inoniydan 

Kitobxon.Com


6

olgan. Fatvo berish darajasiga ko‘tarilgan alloma bo‘lgan, ammo 

uning asarlari haqida ma’lumotlar saqlanib qolmagan.

4.  Abdul Avval ibn Burhoniddin Ali ibn Imoduddin ibn 

Jaloliddin, «Hidoya» sohibi Burhoniddin Marg‘inoniyning 

nabirasi. Bu zot faqih, muhaddis, mufassir va g‘oyat taqvodor 

kishi bo‘lgan.

5.  Abdur Rahim Abul Fath Zaynuddin ibn Ali ibn Abu Bakr. 

Fiqh ilmini otasi Imoduddindan o‘rgangan. «Hidoya» sohibi 

Burhoniddin al­Marg‘inoniyning nabirasi. 

 Abul Fath Zaynuddin Abdurahim ibn Imoduddin Farg‘oniy 

Samarqandda yashagan. Manbalarda yozilishicha, u 1254­yili 

Samarqand shahrida sud mahkamalariga doir «Al­Fusul al­

Imodiya» nomli asar yozgan.

Yuqorida allomaning farzandlari va nabiralari haqida 

ma’lumotlar keltirildi. Ular ota­bobolari boshlagan ishga faqat 

voris  bo‘libgina  qolmay,  o‘zlari  ham  fiqh  ilmida  noyob  asarlar 

yaratganlar.



Shogirdlari

Burhoniddin Marg‘inoniyning bir qator shogirdlari bo‘lib, 

ular ham fiqh ilmi sohasida yuqori darajaga erishganlar:

1. Shams al­aimma Kardariy Muhammad ibn Abdusattor 

Muhammad faqih va muhaddis bo‘lgan.

2. Jaloluddin Mahmud ibn Husayn Usturshoniy faqih bo‘lgan. 

Fiqh sohasida u ustozi kabi yuksak martabalarga erishgan.  

Burhoniddin Marg‘inoniyning shogirdlari ko‘pchilik bo‘lib, u 

kishining ijodidan bahramand bo‘lgan barcha izdoshlari ul zotni 

o‘zlariga ustoz deb bilganlar.           



Asarlari

Burhoniddin Marg‘inoniyning yuzga yaqin asarlar yozganligi 

manbalarda qayd qilingan. Alloma asarlari ustidan olib borilgan  

tadqiqotlar orqali ularning quyidagilari borligi aniqlangan: 

1. «Nashr ul­mazhab».

2. «Kitobu manosuki­l­haj».

3. «Kitob fil-faroiz». 

4. «At­tajniysu va­l­maziyd».

5. «Muxtorot un­navozil».

6. «Maziydun fi furu’il-hanafiya».

7. «Bidoyat ul­mubtadiy».

Kitobxon.Com


Bu tanishuv parchasidir. Asarning to‘liq versiyasi

https://kitobxon.com/oz/asar/1132

 saytida.

Бу танишув парчасидир. Асарнинг тўлиқ версияси

https://kitobxon.com/uz/asar/1132

 сайтида.

Это был ознакомительный отрывок. Полную версию

можно найти на сайте



https://kitobxon.com/ru/asar/1132


Download 0.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling