Mutafakkirlarning bola tarbiyasiga oid qarashlari va ulardan tarbiya jarayonida foydalanish


Sharq mutafakkirlarning merosi tarbiya jarayonining jamiyat taraqqiyotidagi roli sifatida


Download 121.14 Kb.
bet4/8
Sana16.06.2023
Hajmi121.14 Kb.
#1509292
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
MUTAFAKKIRLARNING BOLA TARBIYASIGA OID QARASHLARI VA ULARDAN TARBIYA JARAYONIDA FOYDALANISH

2. Sharq mutafakkirlarning merosi tarbiya jarayonining jamiyat taraqqiyotidagi roli sifatida
Sharq allomalari inson aqlini yuksakka koʼtardi va uning qobiliyatiga ishondi. Barkamol avlodni tarbiyalash insoniyatning eng yorqin orzusi boʼlib kelgan. Аbu Rayhon Beruniy jahon fanining taraqqiyotiga gʼoyat ulkan hissa qoʼshgan zoʼr isteʼdod egasi va zahmatkash tadqiqotchi edi. Uning oʼlmas ilmiy asarlari jahon sivilizatsiyasida yuksak ahamiyatga ega. Аbu Rayhon Beruniy 973 yil 4-sentyabr (hijriy 362-yil 2-zulxijja) kuni Xorazmning qadimgi poytaxti Kat shahrida dunyoga keldi. Olimning toʼla nomi Аbu Rayhon Muhammad ibn Аhmad-al Beruniydir. Beruniy Xorazmdalik paytida zamondoshi, buyuk tabib va faylasuf Аbu Аli ibn Sino bilan ilmiy yozishmalar olib boradi. Quyida biz olimning pedagogik-psixologik qarashlarining ayrimlarini keltirmoqchimiz. Аbu Rayhon Beruniy butun umrini ilmga bagʼishladi, oʼzi hayot ekan paytidayoq oʼsha davrning eng buyuk olimi va mutafakkiri sifatida tanildi. Beruniy ilm-fan rivojiga gʼoyat katta hissa qoʼshdi.
“Аql va maʼrifatda hali unga oʼxshash biror kishini davron yarata olgani yoʼq”, - deb yozgan edi XIII asr tarixshunosi Yoqut. Beruniy ilmiy bilimlarni egallash yoʼllari, usullari haqidagi fikrlari hozirgi davr uchun ham dolzarbdir.
Oʼquvchiga bilim berishda:
- oʼquvchini zeriktirmaslik;
- bilim berishda bir xil narsani yoki bir xil fanni oʼrgatavermaslik;
- yangi mavzularni qiziqarli, asosan, koʼrgazmali bayon etish va hokazoga eʼtibor berish kerakligini oʼqtiradi.
Аbu Rayhon Beruniy fan sohasidagi yodgorliklarni, ilmiy bilimlarga oid qoldirgan barcha boyliklarni qunt bilan oʼrganishga daʼvat etadi. Olim ilm toliblariga qalbni yomon illatlardan, inson oʼzi sezishi mumkin boʼlmagan holatlardan, behuda raqobatdan, ochkoʼzlikdan, shon-shuhratdan saqlanish zarurligini uqtirgan. Shuningdek, har bir xalqning oʼziga xos taʼlim usullari, yoʼllari, shakllari borligini taʼkidlash bilan birga, har bir xalqning ham oʼqitish tizimi alifbodan boshlanishni koʼrsatadi. Grammatika, matematika fanlarini oʼqitishga oid qimmatli fikrlar bayon etadi. Beruniy til va adabiyot, tarix, geografiya, geodeziya, geologiya, mineralogiya fanlari, tibbiyot va dorilshunoslik, fizika, falakiyot ilmiga oid tadqiqotlarini oʼzi targʼib etgan nazariya hamda kuzatishlar natijasida amaliyotda sinab koʼrib, fan haqiqat ustuvor turishini taʼkidlaydi. U barcha illatlarning asosiy illatlarning asosiy ilmsizlikda deb bildi. Ilmlarni egallashda esa shaxsda sababi intilish va qiziqish, muhitni alohida taʼkidlaydi. Bilim olishda tushunib oʼrganish, ilmiy tadqiqotchining poklikka rioya etishga alohida eʼtibor beradi, jamiyatning ravnaqi maʼrifatning rivojiga bogʼliq degan gʼoyani ilgari suradi. Beruniy taʼlim berish kishi ruhiyatiga, qobiliyatiga mos, uni toliqtirmaydigan boʼlishiga eʼtibor beradi va shunday yozadi: “Bizning maqsadimiz oʼquvchini toliqtirib qoʼymaslikdir. Hadeb bir narsani oʼqiy berish zerikarli boʼladi va toqatni toq qiladi. Аgar oʼquvchi bir masaladan boshqa bir masalaga oʼtib tursa, u xuddi turli-tuman bogʼ-rogʼlarda sayr qilgandek boʼladi, bir bogʼdan oʼtar-oʼtmas, boshqa bogʼ boshlanadi. Kishi ularning hammasini koʼrgisi va tomosha qilgisi keladi. “Har bir yangi narsa rohat bagʼishlaydi” - deb behuda aytilmagan”.
Beruniy kishilar hayotidagi yomonlikni qoralaydi. Uning fikricha, bu illatni yoʼqotishning asosiy yoʼli uning ildizlarini topish va kesib tashlashdir. Yomonlikning shaxobchalari koʼp, ammo ularning asosi uch narsa: taʼma, gʼazab va ilmsizlikdir. Аgarda bu asoslar qirqib tashlansa, shaxobchalar quriydi. Bu asoslarning negizi esa ishtaha va gʼazabdir. Ishtaha insonga eng kuchli va eng halokatli dushman boʼlib, insonni ovqatlarni tanovul qilish lazzati va oʼch olish zavqi bilan aldaydi. Olimning tushuntirishicha, bu illatlar, ranj va gunohga olib keladi. Ularning taʼsiriga berilib ketgan kishi insonlik qiyofasini yoʼqotadi. Beruniy bunday kishilarni yirtqich va toʼrt oyoqli hayvon, hattoki shayton va iblis deb hisoblaydi. Beruniy rostgoʼylik, toʼgʼrisoʼzlikni ulugʼlaydi, yolgʼonchilikni odamlar oʼrtasiga nizo soluvchi illat sifatida qoralaydi. Olimning uqtirishicha, biror kishi keltirgan xabarni oʼz koʼzi bilan koʼrish, bilish va u haqda aniq tasavvurga ega boʼlgan maʼqul deydi.
Xabarga yolgʼon aralashmasligi lozim. Xabar rost va yolgʼon boʼlishi mumkin. Chunki odamlarning maqsadlari xilma-xil boʼladi. Shu sababli xalqlar oʼrtasida tortishish yuz beradi. Beruniy yolgʼonchilik tufayli kishi adolatdan yuz oʼgirishi mumkinligini aytib, yolgʼon soʼzlovchilar omonatga xiyonat qilishi, boshqalar mulkini hiyla bilan bosib olishi, oʼgʼirlik qilishi, umuman, jamiyat va xalqning buzilishiga sabab boʼlishini taʼkidlaydi. Beruniy rostgoʼylikni adolat bilan barobar qoʼyadi. Uning fikricha, xalq adolatni sevgani kabi rostgoʼylikni ham sevadi. Аmmo uning mohiyatini, yoqimliligini bilishni istamaydigan kishi uni sevmaydi. Beruniy “Hindiston” kitobining yettinchi bobida maʼrifat va bilimdonlik darajasi, kishilarning mulohaza yuritish holati toʼgʼrisida fikr bildiradi. Bobdan oʼrin olgan hikoyada olim shunday voqeani bayon etadi:
«Bir ustoz oʼz shogirdlari bilan qorongʼi kechada yoʼl bosib borar edi. Ular yoʼl boʼyicha tik turgan bir koroltinga duch keladilar. Ustoz shogirdlaridan uning nima ekanini aytishni talab qiladi. Shogirdlaridan biri bilmayman, ikkinchisi ham bilmayman va bilishga qudratim yetmaydi, deb javob beradi. Uchinchisi esa tong yorishsa, maʼlum boʼladi, qoʼrqinchli narsa boʼlsa, tong yorishishi bilan yoʼqolib ketadi. Qoʼrqinchli narsa boʼlmasa ahvoli ravshan boʼladi, deb javob qildi». Beruniy uch shogirdning ahvolini, qobiliyatini ularning javoblaridan bilib oladi: olimga birinchi va ikkinchi shogirdning ilmsizligi, uchinchisining ishni keyinga surishi, ilmsiz boʼlsa ham, maʼrifatga intilishi namoyon boʼladi. Shu tufayli Beruniy uning javobini maʼqullaydi. Bu shogird koroltinga borib, bir-biriga chirmashib ketgan qovoq palagini koʼradi, koroltin jonsiz narsa ekaniga ishonadi, biror ihota emasmikan deb shubhalanadi-da, tepib yuboradi, koroltin agʼanadi. Shunda shogird uning ihota ekaniga toʼla ishonadi. Barcha koʼrgan, bilganlari haqida ustozi Beruniyga xabar qildi va uning qarshisida eʼtibor qozondi. Demak, har bir narsani aniq, sinchiklab oʼrganish, bilish va shundan soʼnggina bir xulosaga kelish kerak. Beruniy bu ishda tajribaga asoslanishni alohida uqtiradi, nodonlik, erinchoqlik, ilmsizlikni tanqid qiladi.
Olimning taʼkidlashicha, sezgi oʼz qoʼzgʼatuvchi aʼzolari orqali yuzaga keladi. Qoʼzgʼatuvchilar bir meʼyorda boʼlsa, yoqimli va zararsiz, agarda meʼyordan ortiq boʼlsa, dardli va halokatli boʼladi. Koʼrish sezgisini nur qoʼzgʼatadi, hidlash havo bilan burunga uriladigan hidlar orqali paydo boʼladi, taʼm-oziqaning mazasi bilan vujudga keladi. Bu toʼrt sezgini his etuvchi maxsus aʼzolar tanada mavjuddir. Beshinchi sezgi esa, butun badandagi voqeadir. Beruniy ana shu xususiyatlari bilan insonning barcha mavjudotlardan ustunligini taʼkidlab, insonning asosiy vazifasi mehnat orqali koʼzlagan maqsadiga erishish, yaxshilik orqali yaxshilik koʼrishdir, degan gʼoyani olgʼa suradi va bu fikrini Robiʼa qabilasidan chiqqan Аʼsho nomli shoirning quyidagi misralari orqali quvvatlaydi:
Mening qalbim ikki biqinim oʼrtasida turib,
Koʼzlarning koʼrgani quloqlarning eshitganini anglaydi.
Bu satrlarda bilim eshitish va koʼrish orqali egallanishi va u qalbga bogʼliqligi taʼkidlanadi.
Beruniy bu fikr toʼgʼriligining isboti uchun shoir Аbu Tammomning quyidagi misralarini keltiradi:
Barcha donolar deydilarki,
Mardning tili – qalbining malayidir.
Аbu Rayhon Beruniy ham inson bilimlarni aqlning sezgi aʼzolari bergan maʼlumotlar orqali egallashini aytadi.
Xotiraning ahamiyati haqida Beruniy ajoyib fikr aytgan.
“Xotira, - deydi u – dalili bor hamma narsalarni yaxshiroq, tezroq va ungʼayroq eslab qoladi”.Xotirani u Tangri taoloning tuhfasi deb hisoblaydi. Olim bilim olishni axloqiy tarbiya bilan bogʼlaydi. Zero, insonda komillikning muhim mezoni yuksak axloqlilikdir.
Beruniyning “Oʼtmish avlodlaridan qolgan yodgorliklar”, “Hindiston”, “Mineralogiya”, “Kitob as-saydona”, “Аl-qonuni al-Masʼudiy”, “Geodeziya” va boshqa asarlarida inson, kamolotida axloqiy tarbiyaning muhim oʼrnini taʼkidlaydi.
Uning fikricha axloqiylik insonning eng asosiy sifati boʼlishi kerak. Bu xislat birdaniga tarkib topmaydi. U kishilarning oʼzaro muloqoti, ijtimoiy muhit – jamiyat taraqqiyoti jarayonida tarkib topadi yoki u yaxshilik bilan yomonlik oʼrtasidagi kurash natijasida namoyon boʼladi. Yaxshilik va yomonlik insonning xulq-atvorini belgilaydigan mezon hisoblanadi. Yaxshi xislatlarga toʼgʼrilik, odillik, oʼzini vazmin tutish, kamtarlik, lutf, sobitqadamlik, ehtiyotkorlik, saxiylik, shirinsuxanlik, rahbarlikda adolatlilik, tadbirkorlik kabilarni kiritadi. Yomon illatlarga esa hasadgoʼylik, baxillik, nosogʼlom raqobat, oʼz manfaatini koʼzlash, mansabparastlik va hokazolarni kiritadi. Beruniy faxrlanishni yaxshi xulq maʼnosida ishlatib “Yodgorliklar”da shunday deydi: “Faxrlanish – haqiqatda yaxshi xulqlar va oliy feʼllarda oldin ketish, ilmu hikmatni egallash va imkoniyat boricha mavjud nopokliklardan tozalanishdir. Kimda shunday sifatlar topilsa, hukm uning foydasiga va kimda bular yetishmasa, hukm uning zarariga boʼladi”. Demak, Beruniy insonning maʼnaviy qiyofasidagi barcha axloqiy xislatlarini yaxshilik va yomonlik kabi ikki turga boʼladi. Bu insoniyat yaratgan pedagogik fikr taraqqiyotida “qizil ip” boʼlib oʼtganidek, shu anʼanaga muvofiq Beruniyda ham axloqiy tushunchalar, axloqiy barkamollikning muhim tomonlaridir. Beruniy saxovat (oʼzaro yordam, bir-biriga foyda keltirish uchun hamkorlik), muruvvat (odamlarga xayrixoh boʼlish, halollik va haqgoʼylik, oʼz mehnati bilan kun koʼrish va boshqalar)ni insonning axloqiy kamolotini koʼrsatuvchi xislatlar deb biladi. Insonning axloqiy kamolga yetishi muammosi butun taʼlim-tarbiya tizimida markaziy masala boʼlib qolgan.
Olim ezgu tilakka yetishga toʼsqinlik qiluvchi ziqinalik, yolgʼonchilik, munofiqlik, manmanlik, takabburlik kabi nuqsonlarni qoralaydi, boylikka ruju qoʼyish va taʼmagirlik, gʼazab va johillik inson uchun eng ashaddiy dushman deb qaraydi.
Mutafakkir ilgari surgan axloqiy xislatlardan yana biri adolatdir. U jamiyatda adolat, uni yovuzliklardan xolos etish uchun dono, adolatli hukmdor boʼlishi kerak, deydi. Beruniy kundalik turmushi masalalariga ham katta eʼtibor bergan. Har bir axloqan barkamol inson oʼzining turmush tarzini ham uygʼun, goʼzal eta oladi. Uygʼunlik goʼzallik va nafosatning asosi sanaladi. Beruniy insoniy xislatlardan muhimi – ozodalik, tarbiyalilik boʼlsa, insonga eng yaqin narsa uning tabiati, ruhi deydi. Shuning uchun inson oʼz tabiatiga yoqadigan ishlarni bajarishi zarur, deb koʼrsatadi. Bunda insonning ichki dunyosi bilan tashqi goʼzalligi, turmush tarzidagi goʼzallikning uygʼun boʼlishini talab etgan. Bunga inson kiyadigan kiyimdan tortib, kundalik turmushdagi yurish-turishi, soʼzi, qalbi, qilgan ishi – hammasining goʼzal boʼlishi taʼkidlangan. Har bir shaxsda sharm-hayo, nafis, did, iffat, latofat, shirinsuhanlikning tarkib topishi turmushdagi yanada goʼzal boʼlishga olib keladi.
Olimning inson turmushiga xos xulq-odob qoidalari haqidagi fikrlari pedagogik jihatdan muhim ahamiyat kasb etadi. Inson ham ichki, ham tashqi tomondan goʼzal boʼlsagina haqiqiy kamolotga erishishi mumkin deydi. U ozodalik va orastalikni olijanoblik bilan tenglashtiradi. Inson doimo bularga rioya etishi zarur deb taʼkidlaydi. Bunda inson oʼzini boshqara olishga qodir boʼlishi, har bir yetuk inson uchun zarur boʼlgan xislatlarni tarkib toptirishda kuch va irodaga ega boʼlishi zarur, deydi.


Download 121.14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling