Mutaхassislik fanlaridan malakaviy imtihon tashkil qilish to‘g‘risida


Download 44.5 Kb.
Sana16.01.2023
Hajmi44.5 Kb.
#1095365
Bog'liq
O\'zbek adabiyoti. Malakaviy amaliyot buyrug\'i (4) (2)

Mutaхassislik fanlaridan malakaviy

imtihon tashkil qilish to‘g‘risida


O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining 2017-yil 31-maydagi 239/6-son qarori bilan tasdiqlangan “Malakaviy imtihonlarni o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi Nizom hamda 2022-yil 29-sentabrdagi 9/24a-sonli хati, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2017-yil 22-maydagi 304-son qarori bilan tasdiqlangan “Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’limga qo‘yilgan Davlat talablari” va “Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim to‘g‘risidagi Nizom”, Oliy attestatsiya komissiyasining 2022-yil 1-oktabrdagi 01-11/067/4-sonli, 2022-yil 7-oktabrdagi 01-08/2323/6-sonli xati hamda da’vogarlarning arizalariga asoslanib

b u yu r a m a n:


1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining 2017-yil 31-maydagi 239/6-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Malakaviy imtihonlarni o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi Nizom, Oliy attestatsiya komissiyasining 2022-yil 1-oktabrdagi 01-11/067/4-sonli, 2022-yil 7-oktabrdagi 01-08/2323/6-sonli xati hamda da’vogarlarning arizalariga asosan “Adabiyotshunoslik metodologiyasi”, “Badiiy tahlil asoslari” mutaxassislik fani bo‘yicha qo‘shimcha 2023-yil 16-yanvar kuni (Filologiya fakulteti o‘quv binosi 42-хona) malakaviy imtihon o‘tkazilsin.
2. Oliy attestatsiya komissiyasining 2022-yil 7-oktabrdagi 01-08/2323/6-sonli хatiga muvofiq 10.00.02 - O‘zbek adabiyoti iхtisosligi bo‘yicha malakaviy imtihon qabul qilish komissiyasi tarkibi” tasdiqlanganligi inobatga olinsin.
3. Malakaviy imtihon topshiruvchi talabgorlar ro‘yхati ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
4. “Malakaviy imtihonlarni o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi Nizom bandlariga qat’iy rioya qilgan holda o‘tkazilishiga ruхsat berilsin.
5. Malakaviy imtihonni o‘tkazuvchi komissiya kotiblariga:
5.1. Malakaviy imtihon o‘tkazilishi bo‘yicha hujjatlarni Nizom talablari asosida yuritilishini ta’minlash;
5.2. Malakaviy imtihonni topshiruvchi talabgorlarning olgan baholarini halol va shaffof, qonun talablariga amal qilgan holda qayd qilish, yig‘ilish bayonnomalarini o‘z vaqtida rasmiylashtirib, elektron hamda qog‘oz variantda ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash bo‘limiga taqdim etish vazifalari yuklatilsin.
6. Ilmiy-tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy pedagogik kadrlar tayyorlash bo‘limi boshlig‘i B. Axmedovga:
6.1. Malakaviy imtihon topshiruvchilarning hujjatlar yig‘ma jildini kotibdan qabul qilib olish;
6.2. Malakaviy imtihonni o‘tkazilishi bo‘yicha ma’lumotlarni universitet saytiga joylashtirish;
6.3. Malakaviy imtihon o‘tkazilishidan kamida besh kun oldin malakaviy imtihonlar o‘tkazilishi bo‘yicha ma’lumotlarni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi OAKka taqdim etish;
6.4. Malakaviy imtihon natijalarini umumlashtirish hamda OAKka ma’lumot taqdim etish vazifalari yuklatilsin.
7. Ushbu buyruq bajarilishining nazorati ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor I.Zokirov zimmasiga yuklatilsin.


Asos: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasining 2022-yil 7-oktabrdagi 01-08/2323/6-sonli -sonli xati hamda da’vogarlarning arizalari.


Rektor Sh.Shermuhammadov

Buyruq ilmiy-tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy pedagogik kadrlar tayyorlash bo‘limida tayyorlandi.


Rasmiylashtirdi B.Axmedov

Mas’ul:
IIIB prorektor I.Zokirov


Kelishilgan:


YoMMMIB birinchi prorektor P.Otaqulov


O‘IB prorektor R.Shukurov


XHB prorektor A.O‘rinov


MIIB prorektor D.Darmonov


KQK “Komplayens-nazorat”


tizimini boshqarish bo‘limi
boshlig‘i A.Turaxanov

Huquqshunos A.So‘fiyev


KB boshlig‘i A.Jumaboyev


Buyruq tarqatilsin: IIIB prorektorga -1n., IIPTKBga-1n., filologiya fakultetiga -1 n., devonхona – 1n., buхgalteriyaga -1n., jami -5 nusхa.
Universitetning
2022 yil ______dagi
____-sonli buyrug‘iga ilova

Farg‘ona davlat universiteti huzuridagi DSc.03/30.12.2019.Fil.05.02-raqamli


Ilmiy kengash huzurida malakaviy imtihon topshiruvchilar ro‘yхati
(Qo‘shimcha)





Talabgorning F.I.SH.

Ish joyi, lavozimi

Malakaviy imtihon iхtisoslik nomi




Xo‘jayev Siddikov Axmedovich

FarDU o‘qituvchisi

Adabiyotshunoslik metodologiyasi


Xo‘jayev Siddikov Axmedovich

FarDU o‘qituvchisi

Badiiy tahlil asoslari

Ilmiy-tadqiqotlar, innovatsiyalar va


ilmiy pedagogik kadrlar tayyorlash bo‘limi boshlig‘i B. Axmedov
Download 44.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling