Mutaqil ishi
Download 134.93 Kb.
|
Shuni ta’kidlash lozimki, nafaqat koronavirus, balki barcha yuqumli kasalliklarning oldini olishning eng samarali usuli, bu shaxsiy va jamoat gigienasi qoidalariga qat’iy amal qilish, aholi o‘rtasida, sanitariya targ‘ibot ishlarini tashkil etishdan iboratdir.
Shvetsiyalik olimlar birinchi marotaba onasi COVID-19ʻni yuqtirib olgan yangi tugʻilgan chaqaloqda SARS-CoV-2 koronavirusining mutatsiyasini topdi. Homilador ayol kuchli qorin ogʻrigʻi bilan Malmyo kasalxonasiga yotqizilgan. Bolada anomal darajadagi past yurak chastotalarining qisqarishi kuzatilgan, natijada chaqaloqqa kislorod yetib borishi qiyinlashgan. Ayol kesarcha kesish yoʻli bilan operatsiya qilinganidan soʻng koronavirusga tekshirilgan.
Taʼkidlanishicha, ona koronavirusni yengil shaklda oʻtkazgan. Tugʻruqdan toʻrt kun oʻtib, toʻliq tuzalgan, lekin chaqaloq belgilangan muddatdan oldin tugʻilgani sabab bir necha kun davomida shifokorlar nazorati ostida boʻlgan. Keyinroq chaqaloqda virusga qarshi antitanachalar yuzaga kelgan va kasallik jiddiy asoratlarsiz kechgan. Koronavirusdan himoyani ona suti emas (sut tarkibida antitanachalar aniqlanmagan), balki, bolaning immun tizimi mustaqil ravishda taʼminlagan
Oʻz navbatida, koronavirusning oraliq tashuvchisi sifatida qorakoʻzan, quyon, uy mushugi hamda boshqa hayvonlar keltirilgan. Uxandagi «Xuananm» bozorining SARS-CoV-2 tarqalishiga asosiy sababchi boʻlgan yoki boʻlmaganiga ham aniqlik kiritilmagan. Chunki kasallikning dastlabki holatlari boshqa bozorlarda, baʼzilari esa hatto ulardan tashqarida ham qayd etilgan. Mutaxassislar, shuningdek, odamlar aynan qachondan SARS-CoV-2 bilan kasallana boshlaganini aniqlay olmagan. «SARS-CoV-2’ning kelib chiqishi qayerdan boshlanganini aniqlash — hamon dolzarb masala. Virus birinchi boʻlib Uxan shahrida oʻtkir pnevmoniya tarqalishining sababi sifatida aniqlangan boʻlsa-da, ilk holatlarning qayerda qayd etilgani hali ham noaniq», deyilgan hisobotda
Download 134.93 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling