Mutaxassis- xodim jamoaga moslasha oladimi?


Download 27.5 Kb.
Sana20.12.2022
Hajmi27.5 Kb.
#1038121
Bog'liq
keys


Mutaxassis- xodim jamoaga moslasha oladimi?»

O’quv keysi


Siz- auditorlik guruhining menejeri- idorangizda muhim ish bilan bandsiz. Tusatdan eshik taqillab, taklifingizni kutmasdan yetakchi auditorlaringizdan biri - Mahmudov kirib keladi. Uning juda hayajonlanganini, kayfiyati yaxshi emasligi ko’rinib turibdi...
Mahmudov- tajribali auditor. U ko’pincha ishlash va yashash joyidan uzoq joylarga ko’p mehnat talab qiladigan, «og’ir» va «qiyinroq» tekshiruvlarga jalb qilinadi. Bu esa Mahmudovda rahbarga nisbatan norozilik, ishonchsizlik kayfiyatini uyg’ota boshladi. Go’yoki rahbar unga «yaxshi» topshiriqlar bermayotgandek tuyula boshladi...

Buning ustiga yaqin kunlar ichida Mahmudov bilan birga ishlaydigan kichik xodimlar uning muomalasi qo’rslashgani, go’yoki kattasinib, buyruqvozlik tarzida ish yuritayotganligi sezila boshlagani haqida arz qilishgan edi. Bu vaziyatda sizga Mahmudov idoradan «uzoqroq» ishlaganda- jamoangizda yaxshi ruhiy kayfiyat mavjud bo’layotgandek edi...

Mahmudov sizdan yangi olgan topshirig’idan noroziligini bildirishi uchun kabinetingiz eshigini qattiq yopib, chiqib ketdi. U sizni o’ziga alohida e`tibor bermayotganligingizda ayblab, agarda tez orada unga bo’lgan munosabatingizni o’zgartirmasangiz yuqori tashkilot rahbarlariga shikoyat qilish niyatida ekanligini ham bildirdi.

Muhokama uchun savollar:


Jamoada qanday nizolar yuzaga keldi? Nizolar mavjudligini qanday anglab oldingiz?

Siz (auditorlik guruhi menejeri) mazkur nizoni qanday hal etasiz? Yondashuvingizning qanday ijobiy va salbiy jihatlari bor?

«MITCELL» o’quv keysi.


(Garvard universitetining asl mumtoz keysi)

Metallurgiya laboratoriyasiga qarashli bo’lgan ustaxonada Eduard Mitchel degan ishonchli va tajribali xodim ishlar edi. Unga sinaluvchi nusxalar tayyorlash torshirilgan edi. Mazkur ish ilmiy sinovlarning zarur bosqichlaridan biri hisoblanib, u orqali qotishmalar tayyorlash uchun turli metallar tanlanardi va yakunida tajriba-sinovidan o’tkazilar edi.


Mitchel qayta ishlanmagan qotishmani olar va unga tokarlik stanogida ishlov berib, sterjen tayyorlar, uning uzunligi va diametrini sinchkovlik bilan tekshirar edi.

Shundan so’ng sterjenda ikkita simmetrik o’yiqcha hosil qilib, uni cho’ziluvchanlikka sinash uchun tayyorlar edi. Sinov jarayoni esa navbatdagi ustaxonada o’tkazilardi.

Har bir alohida sterjenni tayyorlashga 2,5-3 soat vaqt talab qilinardi.

Mitchel ishini bajarganidan so’ng har bir sterjenni navbatdagi ishlovlar mobaynida zarracha ham xastalanib ketmasligi uchun diqqat bilan qog’ozga o’rar edi.

Ehtimolga ko’ra Mitchelga hech kim va hech qachon nima uchun aynan shunday mas’uliyatli ishni bajarishga qo’yilganini aytmagandi. Hech kim u bajaradigan ishning korxonada amalga oshiriladigan jarayondagi ahamiyatini tushuntirmagan edi.

Mitchel o’zi tayyorlaydigan sterjenlarning taqdirini bilishni juda xohlar edi. U nima uchun bu sterjanlardan ko’p miqdorda tayyorlanishini ham bilgisi kelardi.

Bir kuni korxona muhandisi Mongin ustaxonaga tashrif buyurganida Mitchel o’z sterjenlarining taqdiri to’g’risida so’radi. Bunga javoban muhandis uning sterjenlari bilan keyinchalik nima ro’y berishini ko’rsatishga rozilik bildirdi va Mitchelning boshlig’i bilan kelishib, uni yaqin orada o’tkaziladigan sinovlarda tajribaxonaga kelishi mumkinligini ma`lum qildi...

Mitchel ishtirokida muhandis qog’oz o’ramini ochib, sterjenni metallar cho’ziluvchanligini tekshiradigan dastgohga o’rnatdi. Muhandis tugmachani bosdi va va sinov jarayoni boshlandi. Maxsus o’lchagich sterjenga bo’layotgan ta`sir kuchini ko’rsatardi. Bir vaqtning o’zida esa «kuch-cho’zilish» nisbati avtomatik tarzda qayd etilar edi.

1,5 minutdan so’ng muhandis nozik mexanizm buzilib qolmasligi uchun qayd qilish moslamasini o’chirdi. Sinov so’ngi 30 sekund mobaynida davom etdi va shundan keyin sterjen bo’g’iq ovoz chiqarib, sinib ketdi...

Muhandis ushbu holatni qayd etib, sinov natijasidan mamnun edi. Mitchel birdaniga: «Mening sterjenimni nima qilayapsiz?»- deb, baqirib yubordi. Muhandis sinov natijasi kimgadir bunchalik ta`sir qilishidan o’ta hayron bo’ldi. Axir sterjenlar faqat shu maqsadda tayyorlanadi-ku! Nima uchun Mitchel buni o’zini o’zining haqoratlangani deb qabul qildi? U bu haqida so’rab ulgurmasidanoq Mitchell taajublangan holda laboratoriyadan yugurib chiqib ketdi...

Keyingi kun muhandis Mitchel tajribaxonadan chiqqanidan so’ng to’g’ri o’z ustaxonasiga bordida, jihozlarni yig’ishtirgani va uyiga ketagnidan xabardor bo’ldi. Keyin u ishdan bo’shab ketdi...

Ro’y bergan voqea asosida muhandis shunday xulosaga keldi:


Mitchell- ko’rinishicha ovsar va o’ta ta`sirchan. Hamma ishchilar shunday. Ular ilm-fan tomonidan bildiriladigan haqiqiy nuqtai-nazarni qabul qilishga qobiliyatli emaslar. Muhandis Mitchelni tajribaxonagan taklif qilib katta xato qilganini bildi.

Agarda u Mitchelga sterjenlarning kelgusidagi taqdirini tushuntirmaganida edi, balki u ilgarigiday ishlab yurgan bo’larmidi? Axir Mitchel yaxshi xodim edi-da. Xolbuki, ishchilarga biron nimani tushuntirish vaqtni behudaga ketkazishdan boshqa narsa emas...

Keysni muhokama qilish uchun savollar:

Mitchelning ishdan bo’shashiga nima sabab bo’ldi?



Mazkur keysning ijobiy va salbiy jihatlarni sanang.
Download 27.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling