Mutaxassis va davlat tili andijon mashinasozlik instituti


Davlat tili muhofazasi qanday bo‘lishi kerak?


Download 30.42 Kb.
bet3/9
Sana21.01.2023
Hajmi30.42 Kb.
#1106374
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Mutaxassis va davlat tili-fayllar.org

Davlat tili muhofazasi qanday bo‘lishi kerak?


  • Davlatimiz rahbarining 2019-yil 21-oktabrdagi “O‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeyini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni millat tarixida tarixiy hodi­sa bo‘ldi desak, yanglishmaymiz. Chunki mazkur farmon asosida uzoq yillar yig‘ilib qolgan muammolar yechimini topyapti, har yili oktabr oyi­da mutaxassislar tomonidan kuyinchaklik bilan aytilib, so‘ngra qog‘ozlarda qolib ketgan takliflar, tavsiyalarning hukumat doirasida e’tiborga olinishi o‘chib borayotgan umid uchqunlarini yana yondirdi. Prezidentimiz tomonidan o‘zbek tilining davlat tili sifatidagi mavqeyini oshirish bo‘yicha qator vazifalarning qo‘yilishi tilimizga bo‘lgan hurmatning yuksak namunasidir. Tilimizga davlat miqyosida maxsus farmon asosida e’tibor qaratilayotgan ekan, uning jamiyatdagi nufuzi, o‘rni, obro‘sini oshirish, huquqiy maqomini belgilash, tom ma’nodagi davlat tili darajasiga olib chiqish uchun nima qilish ke­rak? Ya’ni davlat tili muhofazasi qanday bo‘lishi lozim, degan masa­la ko‘pchilikni o‘ylantirishi, tabiiy. Buning uchun esa, birinchi navbatda, tilimizni har tomonlama mukammal ishlangan qonun vositasida himoyalab qo‘yishimiz kerak bo‘ladi. Ma’lumki, qonun — inson, jamiyat va davlat manfaatlari nuqtayi nazaridan eng muhim hisoblanadigan ijtimoiy munosabatlarni mustahkamlash, rivojlantirish va tartibga solish vositasi (https//uz.m.wikipedia.org). Demak, tilimizning mavqeyi, martabasi qonun orqali himoyalanishi ­kerak. Shu sababli 30 yil avval qabul qilingan qonunni qayta ko‘rib chiqish, mukammal bir hujjat sifatida qabul qilish kun tartibidagi asosiy masa­lalardan biridir.

1989-yil 21-oktabrda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining davlat tili haqida”gi qonuni o‘z davrida buyuk hodisa bo‘lganligi e’tirof etilgan. Lekin Yurtboshimiz ta’kidlaganidek: “...bundan o‘ttiz yil muqaddam qabul qilingan “Davlat tili haqida”gi qonunni bugungi kun talablari nuqtayi nazaridan har tomonlama chuqur tahlil qilib, takomillashtirish zarurati sezilmoqda” (2019-yil 21-oktabr­dagi o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganining 30 yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan tantanali yig‘ilishda so‘zla­gan nutqidan). Qonundagi noaniqliklar, kamchiliklar, tahrirga muhtojligi, yangi moddalar kiri­tish zarurligi xususida radio, televide­niye, matbuot orqali mutaxassislar tomonidan ko‘plab fikrlar, takliflar aytildi va aytilmoqda ham. Jumladan, mutaxassis M.Niyazmatov o‘zining “Davlat tili to‘g‘risidagi qonun tahrirga muhtojmi?” nomli maqolasida qonunning munozarata­lab moddalari xususida to‘xtalib, ularga aniqlik kiritish lozimligini aytadi. R.Jabborovning “O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganiga 30 yil to‘ldi. Shu o‘tgan davr ichida nima o‘zgardi? Nimani o‘zgartirish kerak?” maqolasida shunday fikrlar bor: “Qonunni o‘qib chiqar ekanmiz, u o‘ta ehtiyotkorlik, muloyimlik bilan tuzilgani, ochig‘ini aytganda, qonundan ko‘ra ko‘proq tavsiyanomaga o‘xshashini ang­laymiz. Unda imkon darajasida o‘zbek tili­ning mavqeyini boshqa tillardan oshirib yubormaslikka harakat qilingandek tuyuladi. Qonun bilan yaxshi tanishib chiqqan, boshqa tilda so‘zlaydigan yoki boshqa millatga mansub fuqarolar “davlat tilini o‘rgansak ham, o‘rganmasak ham bo‘laverar ekan” degan xulosaga bormasli­giga hech kim kafolat bermaydi. Davlat tilidagi qonunni buzish, davlat tiliga hurmatsizlikning huquqiy oqibatlari qonunda aniq ko‘rsatib berilmagan”. Avvalo, qonunni ishlab chiqishda xorijiy davlatlarning milliy tiliga bag‘ishlangan qonunlarini o‘rganib chiqish, ulardan ijobiy foydalanish orqali qonunimizni takomillashtirish zarur. Kamina ham mutaxassis sifatida Gruziya, Ozarboyjon, Armaniston, Estoniya, Qirg‘iziston, Qozog‘iston kabi davlatlarning davlat tili haqidagi qonunlari bilan tanishib chiqish asnosida qonunimizga takliflarim bilan o‘rtoqlashmoqchiman.


  • 1989-yil 21-oktabrda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining davlat tili haqida”gi qonuni o‘z davrida buyuk hodisa bo‘lganligi e’tirof etilgan. Lekin Yurtboshimiz ta’kidlaganidek: “...bundan o‘ttiz yil muqaddam qabul qilingan “Davlat tili haqida”gi qonunni bugungi kun talablari nuqtayi nazaridan har tomonlama chuqur tahlil qilib, takomillashtirish zarurati sezilmoqda” (2019-yil 21-oktabr­dagi o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganining 30 yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan tantanali yig‘ilishda so‘zla­gan nutqidan). Qonundagi noaniqliklar, kamchiliklar, tahrirga muhtojligi, yangi moddalar kiri­tish zarurligi xususida radio, televide­niye, matbuot orqali mutaxassislar tomonidan ko‘plab fikrlar, takliflar aytildi va aytilmoqda ham. Jumladan, mutaxassis M.Niyazmatov o‘zining “Davlat tili to‘g‘risidagi qonun tahrirga muhtojmi?” nomli maqolasida qonunning munozarata­lab moddalari xususida to‘xtalib, ularga aniqlik kiritish lozimligini aytadi. R.Jabborovning “O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganiga 30 yil to‘ldi. Shu o‘tgan davr ichida nima o‘zgardi? Nimani o‘zgartirish kerak?” maqolasida shunday fikrlar bor: “Qonunni o‘qib chiqar ekanmiz, u o‘ta ehtiyotkorlik, muloyimlik bilan tuzilgani, ochig‘ini aytganda, qonundan ko‘ra ko‘proq tavsiyanomaga o‘xshashini ang­laymiz. Unda imkon darajasida o‘zbek tili­ning mavqeyini boshqa tillardan oshirib yubormaslikka harakat qilingandek tuyuladi. Qonun bilan yaxshi tanishib chiqqan, boshqa tilda so‘zlaydigan yoki boshqa millatga mansub fuqarolar “davlat tilini o‘rgansak ham, o‘rganmasak ham bo‘laverar ekan” degan xulosaga bormasli­giga hech kim kafolat bermaydi. Davlat tilidagi qonunni buzish, davlat tiliga hurmatsizlikning huquqiy oqibatlari qonunda aniq ko‘rsatib berilmagan”. Avvalo, qonunni ishlab chiqishda xorijiy davlatlarning milliy tiliga bag‘ishlangan qonunlarini o‘rganib chiqish, ulardan ijobiy foydalanish orqali qonunimizni takomillashtirish zarur. Kamina ham mutaxassis sifatida Gruziya, Ozarboyjon, Armaniston, Estoniya, Qirg‘iziston, Qozog‘iston kabi davlatlarning davlat tili haqidagi qonunlari bilan tanishib chiqish asnosida qonunimizga takliflarim bilan o‘rtoqlashmoqchiman.

Download 30.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling