Mutaxassis va davlat tili andijon mashinasozlik instituti


Download 30.42 Kb.
bet8/9
Sana21.01.2023
Hajmi30.42 Kb.
#1106374
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Mutaxassis va davlat tili-fayllar.org

Fikrimizda davom etamiz. Ba’zi davlatlarning qonunlarida, jumladan, Ozarboyjon Respublikasi qonunida davlat tili me’yorlari va alifbosi ham alohida moddalar bilan belgilab qo‘yilgan. Biz ham mazkur masalani alohida moddalarda aks ettirsak, maqsadga muvofiq bo‘ladi. Masalan: -modda. Davlat tili me’yorlari. Davlat tili o‘zbek adabiy tili me’yorlariga asoslanadi. O‘zbek tilining orfoepik va imlo me’yorlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Davlat tilini rivojlantirish departamenti tomonidan tasdiqlanadi. Davlat tilini rivojlantirish departamenti har besh yil muddatda o‘zbek tiliga kirib kelgan yangi so‘z va atamalar (sohalar bo‘yicha) lug‘ati, imlo lug‘atlarini nashr etib boradi. -modda. Davlat tili alifbosi. O‘zbekiston Respublikasining davlat tili alifbosi — lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosidir.Shunda ehtimol, qaysi yozuvda yozish kerak, degan ortiqcha savollarga o‘rin qolmas. Ayni vaqtdagi eng katta muammo, keng jamoatchilik e’tiroziga sabab bo‘layotgan holat — bu ko‘chadagi turli yozuvlar, e’lonlar, ulardagi davlat tiliga bo‘lgan e’tibor masalasi. Prezidentimizning o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganining 30 yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan tantanali yig‘ilishda so‘zlagan nutqida ham ayni masalaga alohida e’tibor qaratildi: “Afsuski, jamoat joylarida, ko‘chalarda, binolar peshtoqida toponimik belgilar, turli lavha va reklamalar ko‘pincha xorijiy tillarda, ma’naviyati­mizga yot mazmun va shakllarda aks ettirilmoqda. Bu davlat tili talablariga, milliy madaniyat va qadriyatlarimizga bepisandlikdan, umumiy savodxonlik darajasi esa tushib ketayotganidan dalolat beradi Chunki ijtimoiy obyektlarga nom berish — bu shunchaki shaxsiy yoki xusu­siy ish emas. Bu barchamizning vatanparvarlik va ma’naviy saviya­mizni yaqqol ko‘rsatadigan o‘ziga xos mezondir. Buni hech kim hech qachon unutmasligi kerak”.


  • Fikrimizda davom etamiz. Ba’zi davlatlarning qonunlarida, jumladan, Ozarboyjon Respublikasi qonunida davlat tili me’yorlari va alifbosi ham alohida moddalar bilan belgilab qo‘yilgan. Biz ham mazkur masalani alohida moddalarda aks ettirsak, maqsadga muvofiq bo‘ladi. Masalan: -modda. Davlat tili me’yorlari. Davlat tili o‘zbek adabiy tili me’yorlariga asoslanadi. O‘zbek tilining orfoepik va imlo me’yorlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Davlat tilini rivojlantirish departamenti tomonidan tasdiqlanadi. Davlat tilini rivojlantirish departamenti har besh yil muddatda o‘zbek tiliga kirib kelgan yangi so‘z va atamalar (sohalar bo‘yicha) lug‘ati, imlo lug‘atlarini nashr etib boradi. -modda. Davlat tili alifbosi. O‘zbekiston Respublikasining davlat tili alifbosi — lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosidir.Shunda ehtimol, qaysi yozuvda yozish kerak, degan ortiqcha savollarga o‘rin qolmas. Ayni vaqtdagi eng katta muammo, keng jamoatchilik e’tiroziga sabab bo‘layotgan holat — bu ko‘chadagi turli yozuvlar, e’lonlar, ulardagi davlat tiliga bo‘lgan e’tibor masalasi. Prezidentimizning o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganining 30 yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan tantanali yig‘ilishda so‘zlagan nutqida ham ayni masalaga alohida e’tibor qaratildi: “Afsuski, jamoat joylarida, ko‘chalarda, binolar peshtoqida toponimik belgilar, turli lavha va reklamalar ko‘pincha xorijiy tillarda, ma’naviyati­mizga yot mazmun va shakllarda aks ettirilmoqda. Bu davlat tili talablariga, milliy madaniyat va qadriyatlarimizga bepisandlikdan, umumiy savodxonlik darajasi esa tushib ketayotganidan dalolat beradi Chunki ijtimoiy obyektlarga nom berish — bu shunchaki shaxsiy yoki xusu­siy ish emas. Bu barchamizning vatanparvarlik va ma’naviy saviya­mizni yaqqol ko‘rsatadigan o‘ziga xos mezondir. Buni hech kim hech qachon unutmasligi kerak”.

Download 30.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling