Mutaxassis xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti malaka ishi
O‘quv materialini og‘zaki bayon qilish metodi
Download 1.34 Mb. Pdf ko'rish
|
Shohruxbek Abduqayumov Malaka ishi tayyor 2020
- Bu sahifa navigatsiya:
- Hikoya qilish metodi.
- Abduqayumov Shohruh Shavkatjon o‘g‘li
- Suhbat metodi
O‘quv materialini og‘zaki bayon qilish metodi maktab ta’lim
mazmunida eng ko‘p qo‘llaniladigan metodlardan biri bo‘lib, mazkur metodga barcha o‘quv predmetlari bo‘yicha barcha sinflarda murojaat qilish mumkin. Ushbu metod bayon qilinayotgan ma’lumotlarning to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘qituvchining jonli nutqi orqali idrok qilinishi bilan tavsiflanadi va ana shu xususiyatiga ko‘ra ta’limning boshqa metodlaridan farq qiladi.
o‘tilayotgan mavzuga oid narsa, hodisa va voqealarning yaxlit yoki qismlarga bo‘lib, obrazli tasvirlash yo‘li bilan ixcham, qisqa va izchil bayon qilinishidir. Hikoya qilish ijtimoiy-gumanitar fanlarni o‘qitishda keng qo‘llaniladi. Abduqayumov Shohruh Shavkatjon o‘g‘li
Hikoya qilish davomida o‘quvchilar passiv tinglovchi bo‘lib qolmasliklariga, aksincha, ular faollikni oshirish, diqqatni mavzuga safarbar qilish, hodisa va voqealar ustida fikr yuritish, fikr almashish maqsadida savollar berib borish, ko‘rgazmali qurollardan foydalanishga e’tibor berish lozim. Maktab maruzasida o‘tilayotgan mavzuning haqiqiy mohiyatini ochib berish, ulardan ilmiy xulosalar chiqarish va umumlashtirish yo‘li bilan, bir soatlik mashg‘ulot davomida bilimlarni izchillik bilan to‘liq bayon etadilar.
yuritiladi. Chunki bu metodda dars o‘tilsa, u, asosan, savol-javob yo‘sinida olib boriladi. O‘qitish jarayonida o‘rganilayotgan mavzu yuzasidan kirish, asosiy va yakunlovchi suhbatlar ham qo‘llaniladi, shuningdek, o‘quvchilar tomonidan yangi o‘tilgan mavzu qanchalik tushunganlarini tekshirish maqsadida ham suhbat o‘tkaziladi. Suhbat metodi bilan ish ko‘rganda, mashg‘ulotlarni tashkil qilish va uni olib borishda o‘qituvchi quyidagilarga amal qilishi kerak: O‘qituvchining suhbat uchun tayyorlab kelgan savollari sinf o‘quvchilarining hammasiga taalluqli bo‘lib, so‘roq o‘rtaga tashlanishi kerak. O‘quvchilardan biri javob berish uchun chaqiriladi. Sinfning barcha o‘quvchilari javob berayotgan o‘quvchini qunt bilan tinglashi, uning javobini to‘ldirishi, tuzatish, oydinlashtirishga yordam berishini ta’minlash lozim.
Darslik va kitob bilan ishlash materialni og‘zaki bayon qilish metodining asosiy turi bo‘lib, maktab amaliyotida muhim o‘rin tutadi. O‘quv adabiyotlari bilan ishlash murakkab psixologik jarayonni o‘z ichiga oladi. U ta’lim jarayonida o‘qituvchi tomonidan bayon qilingan bilimlarni, o‘quv materiallarni kitob matnidan ko‘rib, ongli idrok qilish faoliyatini rivojlantirishni ham nazarda tutadi. Amaliy mashg‘ulotlar metodi quyidagilardan iboratdir: |
ma'muriyatiga murojaat qiling