Mutaxassislarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti pedagogika va psixologiyasi


Download 1.03 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/78
Sana31.03.2023
Hajmi1.03 Mb.
#1310602
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   78
Bog'liq
Suitsidal metodikalar to\'plami

Kichik maktab yoshidagi bolalar o’lim ishonib bo’lmaydigan hodisa deb 
hisoblaydilar hamda o’zlarida ham bunday hol bo’lishini idrok qilmaydilar shu bilan 
birga hamma narsani ham abadiy deb o’ylamaydilar. O’smir yoshga yaqinlashganda 
o’lim ob’ektiv hodisa ekanligi xayoldan ko’ra, haqiqat ekanligini, shuningdek, tiriklik 
va o’lim o’rtasidagi farqlarni tushunib boradilar. 10–12 yoshda o’lim vaqtinchalik 
hodisa sifatida qabul qilinadi. Shu tariqa hayot va o’lim orasidagi chegaralanish 
tushunchasi namoyon bo’ladi, lekin o’limga doir emotsional munosabatlar o’z 
shaxsida mavhumlashadi. Yosh bolalarda o’lim tushunchasi yo’qligi tufayli o’limdan 
qurquv kuzatilmaydi. Ko’pgina tadqiqotchilarning fikriga ko’ra, bolalarning o’limi 
11–14 yoshdagi kattalarning o’lim tushunchasiga yaqinlashadi. O’lim tushunchasi 
bolalarda qanday shakllanadi? U bir necha bosqichlardan iborat: o’lim haqida to’liq 
tasavvurning yo’qligidan to u haqida rasman xabardorlikkacha. Bola uchun o’lim 
mavhum tushuncha, u o’zi yoki yaqinlari bilan hech ham bog’lay olmaydi. Shu bois, 


27 
bolada o’lim abadiyligi haqidagi tasavvur shakllanmagan. Uning fikricha, o’lgan 
odam qanchadir vaqtdan keyin yana qaytib keladi. 
Bundan tashqari, bu yosh uchun maqsadga muvofiq bo’lmagan va suitsidal 
xulq-atvor xos bo’lib, ba’zida o’lish istagida kattalar nuqtai nazaridan xavfsiz 
vositalar tanlanadi va, aksincha, namoyishkorona urinishlar qo’llanayotgan vosita va 
uslublar xavfini o’ylamay, ko’pincha, “oshirib yuboriladi”. Hayotiy tajribaning 
yo’qligi va g’o’rlik natijasida arzimagan ixtilofli vaziyatlar chorasizdek ko’rinadi, 
shuning uchun suitsid xavfi haddan tashqari ortadi. Bu yosh uchun og’ir oilaviy 
anamnez katta ahamiyatga ega. Suitsiogenlar oilasida yuzaga kelgan tarbiya – 
giperopeka, ota-onalarning qattiqqo’lligi, avtoritarligi, ota-onalarning madaniyat va 
bilim darajasi pastligi bilan belgilanadi. Oilada yuzaga keladigan mojarolar, ko’p 
hollarda, yoshlarning katta avlodni qadrlamasligi bilan bog’liq bo’ladi. 

Download 1.03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   78




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling