Mutaxassislarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti pedagogika va psixologiyasi


Download 1.03 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/78
Sana31.03.2023
Hajmi1.03 Mb.
#1310602
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   78
Bog'liq
Suitsidal metodikalar to\'plami

Xulosa qilib, o’smirlarga xos xususiyatlarni ajratib ko’rsatamiz: 
1.O’smirlarda o’lim haqida aniq tasavvur mavjud emas. Katta odam o’lim – bu 
hayotning tugashi, deb tushunadi, o’smir esa buni oxirigacha tushunmaydi. Ular 
uchun qaysidir darajada virtual o’yin hisoblanadi. 
2. O’smir uchun eng muhimi 3 ta muhit: oila, maktab, tengdoshlar. 
3. O’smirning o’z joniga qasd qilish sababi avvaliga arzimas, hatto tasodifiy 
bo’lishi mumkin. 


32 
4.O’smirda 
suitsidal 
xulq-atvorning 
shakllanishiga 
o’smirlarga xos 
submadaniyat ta’sir ko’rsatishi mumkin. 
5.O’smirda suitsid fikri va urinish bosqichi bo’lmasligi mumkin. 
6. O’smir o’zida nimalar bo’layotganini, butun holatini yoki muammolarini 
tushuntirib berolmaydi. 
7. O’smir uchun, ko’pincha, o’limga nisbatan o’sha voqelikda yashash 
qo’rqinchli. 
8. O’smir suitsidi – bu ko’p hollarda yordamga chaqiruv, o’ziga e’tibor 
qaratish, o’z muammolarini “kattalarga xos” echishga urinish bilan tavsiflanadi.


33 
3-BOB. BOLALAR VA O’SMIRLARDAGI SUITSIDAL XULQ-ATVOR 
VA SUITSIDAL XAVFNI DIAGNOSTIK TADQIQ QILISH AMALIYOTI 
 
3.1. O’smirlarning suitsidal xulq-atvorini psixologik diagnostik tadqiq 
qilishning nazariy asoslari. Ijtimoiy-psixologik yo’riqnomalarning afzalliklarini 
asoslash 
 
Hozirgi vaqtda bolalar va o’smirlarda suitsidal tahdidni aniqlash uchun 
universal psixodiagnostik metodlar ishlab chiqilmagan. Suitsidal xavfni baholash 
uchun foydalaniladigan test, so’rovnoma, anketalar keng tarqalgan diagnostik 
metodlar hisoblanadi. Suitsidal xavfni baholash uchun belgilangan maxsus 
so’rovnomalar 2 ta guruhga bo’linadi: 1–metodlar, suitsidal fikr va kechinmalarga 
tegishli savollarni o’z ichiga oladi. 2– shaxsning individual omillarini, xususan, 
suitsid sodir qilish ehtimoli yuqoriligini aniqlaydi. Shuningdek, klinik so’rovnomalar 
keng tarqalgan bo’lib, ko’pincha, tibbiyot psixologiyasi va psixoterapevtik 
amaliyotda keng foydalaniladi. 
Diagnostik materiallardan tuzilgan uslubiy tavsiyalardan maqsad – bolalar va 
o’smirlarda suitsidal xulq-atvor haqidagi ma’lumotlarni tezkor olishga imkon 
yaratish. Ayniqsa, diagnostik amaliyotni o’tkazish uchun vaqt sarflash yaxshi natija 
beradi. 
Shu yo’l bilan diagnostik dalillar olish mezonlari shundayki, ular aniq, ixcham, 
informativ, oson ishlanadi, shaxsiy ko’rsatkichlarni qayta ishlashga kam vaqt 
sarflanadi. Metodik materiallar anketa, jadval va kichik so’rovnomalar ko’rinishida 
bo’ladi (1–11 ilovalarga qarang). Turli tashkilotlarning mutaxassislari ish davomida 
psixodiagnostik metodlardan voyaga etmaganlarni ko’rikdan o’tkazish masalalariga 
mos ravishda tanlab olib foydalanadilar. 

Download 1.03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   78




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling