36
16. Kettellning shaxsiy omilni so’rovnomasi. O’smir
va bolalardagi shaxs
xususiyatlari, ijtimoiy adaptatsiya bosqichi,
emotsional, shaxsiy muammolarini
aniqlash imkonini beradi. Metodika bolalar (7–12 yosh) va o’smirlar (12–16 yosh)
guruhi uchun mo’ljallangan.
Suitsidal xulq-atvorning diagnostik belgilari
1.Yakkalanish. Har bir odam uchun yakka o’zi qolishga
intilishi tabiiy va
normal holat. Ogoh bo’ling, odamovilik,
yakkalanish uzoq davom etsa, odam o’zi
bilan o’zi bo’lsa, do’stlari va o’rtoqlaridan chetlanib qoladi. Suitsidal o’smirlar tez-
tez o’zi bilan o’zi qoladi, atrofdagilardan chetlashadi, uzoq vaqt o’z
xonasidan
chiqmaydi. Natijada ular musiqa tinglashadi, hayotdan butunlay uzilishadi.
2.Injiqlik, nozikta’blik. Har bir odam vaqti-vaqti bilan ma’yuslanib, injiq
bo’lib qoladi. Bu holatga ob-havo, charchash, kayfiyat, ish yoki oiladagi noxushliklar
sabab bo’lishi mumkin.
Qachonki, odamning kayfiyati har kuni asabiylashishi va
tushkunlik o’rtasida o’zgarib tursa, xavotirga sabab bo’ladi.
Bundan emotsional
o’zgaruvchanlik o’limdan xabar hisoblanadi.
3.Depressiya. Bu chuqur emotsional tushkunlik bo’lib, har bir odamda o’ziga
xos tarzda namoyon bo’ladi. Ba’zilar odamovi bo’lib, yakkalanib qoladilar, ular
o’zlarining hissiyotlarini shunday yaxshi niqoblaydilarki, atrofdagilar ularning xulq-
atvorlaridagi o’zgarishlarni sezmaydilar. Bunday hollarda yagona yo’l – to’g’ridan-
to’g’ri va ochiqchasiga bu odam bilan gaplashish.
Do'stlaringiz bilan baham: