Mutaxassislarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti pedagogika va psixologiyasi


Download 1.03 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/78
Sana31.03.2023
Hajmi1.03 Mb.
#1310602
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   78
Bog'liq
Suitsidal metodikalar to\'plami

9. O’zlashtirishdagi o’zgarishlar. Ba’zi o’quvchilar avval yaxshi va a’lo 
baholarga o’qigan bo’lsalar, sekin-asta dars qoldirishni boshlaydilar, o’zlashtirishlari 
keskin tushib ketadi. Avval kechikib keladigan bo’lsa, endi maktabdan damba-dam 
ketib qoladi. 
10.Tashqi ko’rinish. Shunday holatlar mavjudki, suitsidal o’smir o’zining 
tashqi ko’rinishiga e’tibor bermay qo’yadi. Inqiroz holatidagi o’smirlar pala-partish, 
ular atrofdagilarda qanday tasavvur qoldirayotganlariga befarq bo’lib qoladilar. 
11.Atrofidagilarga sovg’alar ulashish. Ayrim suitsid holatini rejalashtirgan 
odamlar o’z narsalarini taxminan yaqinlari, do’stlariga tarqatadilar. Tajribalarning 
ko’rsatishicha, bu mudhish aktsiya – kelayotgan baxtsizlikdan darak. Bunday 
paytlarda suitsident bilan ochiqchasiga gaplashib olish tavsiya etiladi.
12.Ishlarni tartibga solish. Ba’zi suitsidal o’smirlar o’zlari yoqtirgan 
narsalarini tarqatsalar, boshqalari o’limlari oldidan “ishlarini tartibga solish” zarur, 
deb hisoblaydilar. 


38 
13.Psixik jarohat. Har bir odam o’z individual his-tuyg’ulariga ega. Uning 
poymol qilinishi esa katta emotsional iztirobga yoki iztirobli kechinmalarning zanjiri 
asta-asta yig’ilishiga olib keladi. Yaqinlaridan, uyidan, ko’nikkan hayot tarzidan 
ajralish, jiddiy jismoniy va psixik yuklamalarga duch kelish, notanish sharoit va 
muhit odamga hayotidagi fojiadek ko’rinadi. Bunga yana ota-onaning ajralishi, 
yaqinlarining o’limi yoki omadsizligi, shaxsiy qiyinchiliklar qo’shilib, unda suitsidga 
moyillik fikri va kayfiyatini o’z ichiga oladi.
14. Xulq-atvordagi o’zgarishlar. Odamning xulq-atvorida to’satdan va 
kutilmagan o’zgarishlarni diqqat bilan kuzatish zarur. Agarda vazmin, kamgap, 
odamovi odam, to’satdan ko’p hazillashsa, kulsa, vaysaqi bo’lib qolsa, unga e’tiborli 
bo’lishi kerak. Bunday o’zgarish, ba’zida juda ham yolg’izlikni boshdan 
kechirayotgan, uni niqoblashga urinib, quvnoqlik, beg’amlik niqobi kiyilganiga 
guvoh bo’lish mumkin. Boshqa tashvishli belgilar-energetik quvvatning pasayishi, 
passivlik, hayotga, munosabatlarga beparvolik hisoblanadi. Inqirozni boshdan 
kechirayotgan o’smirlar, avval o’zlari yaxshi ko’rgan hamma narsaga qiziqishlarini 
yo’qotadilar. Sportchilar o’z jamoalarini, musiqachilar o’zlarining sevimli musiqa 
asboblarini tark etadilar, kimdir har kuni ertalab yugurish bilan shug’ullanayotgan 
bo’lsa, bu mashg’ulotdan sovib ketadi. Ko’pchilik do’stlari bilan uchrashishdan, 
qadrdon ulfatlaridan qochadilar, yakkalanib qoladilar. 

Download 1.03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   78




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling