Mutaxassislarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti pedagogika va psixologiyasi
Download 1.03 Mb. Pdf ko'rish
|
Suitsidal metodikalar to\'plami
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4.2. Bolalar va o’smirlar o’rtasida suitsidal xulq-atvor profilaktikasi bo’yicha tavsiyalar
tamoyili. Bu turli mutaxassislarning o’zaro aloqasi, ayniqsa, o’qituvchilar,
tarbiyachilar, psixologlar, ijtimoiy, tibbiy xizmatchilar, voyaga etmaganlar bilan ishlash komissiyasi, ota-onalar profilaktikasi va o’smirlar o’rtasida takroriy suitsidni to’xtatish ishlarida samarali yordam beradi. 4.2. Bolalar va o’smirlar o’rtasida suitsidal xulq-atvor profilaktikasi bo’yicha tavsiyalar Suitsidga qarshi kurash bo’yicha ijtimoiy ishlarni tashkil qilish ikkita asosiy yo’nalishda amalga oshiriladi: –o’z joniga qasd qilish profilaktikasi; 47 – suitsident va uning atrofidagilarning reabilitatsiya va adaptatsiyasi. Suitsidal xulq-atvor profilaktikasida davlat, ijtimoiy-iqtisodiy, tibbiy, psixologik, pedagogik va suitsidal xulq-atvor rivojlanishidan ogohlantirishga yo’naltirilgan boshqa tadbirlarni tushunish mumkin. Xorij mamlakatlarida o’z joniga qasd qilish profilaktikasi maxsus suitsidologik xizmatlar (“ishonch telefoni”, ijtimoiy-psixologik yordam xonalari, inqirozli holatlar bilan shug’ullanuvchi bo’limlar), mutaxassislarni suitsidal moyillikni aniqlashga o’rgatish, aholini suitsid vositalariga huquqini cheklash, ommaviy axborot vositalarida o’z joniga qasd qilish haqida xabarlarni nazorat qilish yordamida amalga oshiriladi. AQShda suitsidni oldini oluvchi harakatlar jamoatchilikda katta shov-shuvga sabab bo’ldi, 1966 yilda Psixologik sog’lomlashtirish milliy instituti suitsid profilaktikasini o’rganish bo’yicha markaz tashkil qilindi. O’z joniga qasd qilish darajasini kamaytirish uchun “buni shunday qilish kerakki, insonlar hayoti saqlab qolinishi mumkinligiga hamma ishonsin”. Keyinchalik, ikki psixolog – Edvin Shneydman va Norman Farberou Los-Anjelesda Suitsid profilaktikasi markazini tashkil qilishdi hamda hozirgi kunda dunyoga mashhur muassasa hisoblanadi. Markaz xodimlarini psixologlar, psixiatrlar, ijtimoiy xodimlar va ko’p qismini volontyorlar tashkil qiladi. Shundan buyon AQShda suitsid profilaktikasi bo’yicha 200 dan ortiq dasturlar ishlab chiqilgan. AQShda hozirgi kunda o’z joniga qasd qilish profilaktikasi bo’yicha muassasalarni tashkil qilishga oid ko’pgina variantlar mavjud. Ularning umumiy xususiyati inqiroz holatida shoshilinch yordam ko’rsatish uchun telefon aloqalarining mavjudligi hisoblanadi. Ularning xodimlari o’z joniga qasd qilishga uringan odam bilan ikki yoqlama aloqa o’rnatadilar va ular bilan norasmiy aloqaga kirishadilar. Uning muammolarini hal qilib, emotsional zo’riqishlarni engillashtirish mumkinligini ma’lum qiladilar. Telefon- maslahatchi abonentning suitsidal potentsialini baholashi lozim. Ular muassasalar, kasalxonalar, amaliyotdagi psixiatrlar, ijtimoiy yordam agentligi poliklinikalari, ruhoniylar yoki umumiy ixtisoslashgan shifokorlar hisoblanadi. Abonentga tez tibbiy yordam zarur bo’lsa, militsiyadan foydalanish zarur. Ayrim agentliklarning bildirishicha, inqiroz vaqtida eng samarali yordam oila 48 hisoblanadi, desalar, ba’zilar yaqin do’stlarning qo’llab-quvvatlashi muhim, deb taxmin qiladilar. Agarda suitsidal inqiroz tugallanishga yaqinlashsa, abonentni maxsus xizmatlarning psixiatrik yordamiga yuborish mumkin. Dunyoviy amaliyotda suitsiddan ogohlantirish tizimini quyidagicha ajratish mumkin: Download 1.03 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling