Mutaxassislarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti pedagogika va psixologiyasi
Download 1.03 Mb. Pdf ko'rish
|
Suitsidal metodikalar to\'plami
Vazifalar:
1.Alkogolizm, narkomaniya profilaktikasi. 2.Suitsidal xavf guruhi diagnostikasi. 3.Aholi o’rtasida vahima va depressiya darajasini muntazam monitoringini tashkil qilish. 4. Oilaviy o’zaro aloqalar va ijtimoiy noxush profilaktika. 5. Psixologik xizmatlar faoliyati haqida aholiga ma’lumotlar berish. Vazifalar: 1.Suitsidologik muassasalar tarmog’ini tashkil qilish. 2. Suitsidal inqirozga uchraganlar bilan ishlash uchun mutaxassislar tayyorlash. 3. Yuqori parasuitsid xavfida diagnostika qilish. 4.Antisuitsidal omillarni aniqlash va inqirozli tanglikdan chiqarish. 5.Psixoterapiya texnologiyalarini takomillashtirish, Vazifalar: 1.Reabilitatsion jarayonlar mexanizmini tashkil qilish. 2. Tiklangan potentsial diagnostikasi “suitsid qurboni bo’lmaslik” (qulay reabilitatsiya omillari). 3. Suitsidologning madaniyat, ishga joylash, ijtimoiy himoya doiralari xodimlari bilan o’zaro harakatlanish mexanizmini tashkil qilish. 4.Oilaviy o’zaro aloqalarni yaxshilash. 5. Kasbiy reabilitatsiya. 52 6. “Ishonch telefoni” va “Salomatlik telefoni” xizmatini rivojlantirish shuningdek, shaxsiy ko’rsatmalarni destruktiv korrektsiya qilish uslubi Bolalar va o’smirlar o’rtasida suitsidni to’xtatish va profilaktika qilish bo’yicha chora-tadbirlar tizimi: 1.Bolalar va o’smirlarning rivojlanishida zamonaviy vaziyatlarni o’rganish, bolalikning ijtimoiy-psixologik muammolari mundarijasini tuzish, profilaktika ishlarining majmuaviy vazifalarini belgilash. Bolalar va o’smirlar o’rtasida suitsid profilaktikasi – bu belgilangan muammolarni echish bo’yicha bo’linmas jarayon hisoblanib, tashkiliy-uslubiy, shuningdek, ilmiy-tadbiqiy xususiyatga ega majmuaviy chora-tadbirlarni amalga oshirishga mo’ljallangan: -turli ixtisoslikdagi mutaxassislarning bolalarga yordam berishning yagona dasturini tashkil qilish bo’yicha kuchlarni birlashtirish; -muassasalarda yuzaga chiqqan muammolar bo’yicha shakl va uslublarni qayta ishlash va tatbiq qilishning turli ko’rinishlari; -bolaga psixologik-pedagogik madad berish bo’yicha tavsiyalar ishlab chiqish va bolalikning ijtimoiy-psixologik muammolarini echishda pedagog va ota-onalarga yordam ko’rsatish; -turli tashkilot va muassasalar faoliyatidagi muloqot, dardning ko’payishi, xayol surish, qo’rquv va to’siqlarni olish, qiyin vaziyatlarda yo’l ko’rsatish qobiliyatining ortishi, turli dasturlar doirasida boshqa odamlarning xulq-atvorini tahlil qilish, o’qitish bo’yicha asosiy umumlashmalar; -bolaga yordam berish uchun tegishli markazlar yoki ta’lim tashkilotlaridan mutaxassislarni jalb qilish; -ommaviy axborot vositalari va boshqalardan keng foydalanish. Download 1.03 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling