Profilaktika mazmuni va shaklini mukammallashtirish:
-pedagoglar, psixologlar, ijtimoiy pedagoglar, psixologik reabilitatsiya
bo’yicha tibbiy xizmatchilar, shaxsiy muammolari, jismoniy, psixik va xulqida
nuqsoni mavjud bolalarni ijtimoiy adaptatsiya qilish tizimini mukammmallashtirish;
-kechiktirib bo’lmaydigan yordam va himoyaga muhtoj voyaga etmaganlarda
suitsidal xavfni aniqlash maqsadida diagnostika qilish;
-voyaga etmaganlar bilan ishlashda amaliyotga zamonaviy guruhiy (trening) va
individual profilaktik texnologiyalarni joriy qilish; “Men” ijobiy obrazi
shakllanishiga yo’naltirilgan tizimlilik mashg’ulotlar o’tkazish, o’z shaxsi va
boshqalarning shaxsida noyoblik va takrorlanmaslikning qabul qilinishi, ruhiy
zarbalarga chidamlilikning oshishi, ijtimoiy me’yorlarda qabul qilingan xulqni
o’zlashtirish va qabul qilish, rahm-shafqatlilikning rivojlanishi va boshqalar.
-bolalar va o’smirlarni to’garaklar, klublar, sektsiyalarga jalb qilish;
-oila bilan o’zaro munosabat o’rnatish: talab va ehtiyojlarni o’rganish, ota-
onalar faolligini oshirish, ota-onalarni tarbiya va profilaktik chora-tadbirlarni tashkil
qilishga jalb etish va boshqalar.
-og’ir hayotiy vaziyatlarda bo’lgan oilalar bilan ishlarni tashkillashtirish.
Bolalar harakati, o’zini o’zi boshqarishning rivojlanishi:
-bolalar harakatiga kadrlar imkoniyati (psixologlar, qo’shimcha ta’lim
pedagoglari, ijtimoiy pedagoglar) ni jalb qilish, o’zini o’zi boshqarishning
rivojlanishi;
-bolalar harakati va boshlang’ich o’zini o’zi boshqarishni tashkil qilishda turli
modellardan foydalanish va qayta ishlash;
-ijtimoiy-muhim dam olish faoliyatida bolalar hamda o’smirlarda liderlik va
ijodiy imkoniyatlarni amalga oshirish;
-shaxsiy yuksalish tizimini va bolalar harakati liderlarini rag’batlantirishni
tashkil qilish bo’yicha majmuaviy choralarni qayta ishlash.
Do'stlaringiz bilan baham: |