55
-ijtimoiy muhim faoliyatni tashkil qilish;
-oilaviy, jamoaviy va davlat tarbiyasi integratsiyasi.
3. “Xavf guruhi”dagi bolalarga yordamni tashkil qilish.
Pedagogik yordam tashkil qilish:
-bola shaxsining rivojlanishi uchun qulay sharoit yaratish;
-bilim, malaka, ko’nikmalarini
doimiy kuzatish, qo’shimcha mashg’ulotlar,
yordamlar va masalahatlarni aniqlash;
-“Men” – ijobiy kontseptsiyasini tashkil qilish. Omad, rag’bat, madad,
xayrixohlik muhitini tashkil qilish. O’quvchilar faoliyati, muvaffaqiyatlari natijalarini
tahlil qilish. Ijobiy o’zgarishlarni rag’batlantirish. Avtoritar pedagogikadan hamkorlik
va g’amxo’rlik pedagogikasiga o’tish;
–ota-onalarga pedagogik yordam ko’rsatish.
Tibbiy yordam ko’rsatish:
-bolalar shifokorlarining maktab o’quvchilarini muntazam ravishda normal
xulq-atvor,
psixofiziologik, nevrogen xarakterdagi nuqsonlarni diagnostika qilish
maqsadida dispanser ko’rigidan o’tkazib turishi;
-o’smirlarni jinsiy identifikatsiya muammolarini hal qilish bo’yicha
bilim
berish.
Psixologik yordam tashkil qilish:
-o’smirlarning psixologik o’ziga xosliklarini,
hayot va tarbiyasi, o’qishga
munosabati, kasbiy yo’nalganlik, emotsional rivojlanish xususiyatlarini o’rganish;
-oilaviy tarbiya muammolarining yuzaga chiqishi,
ularni hal qilishda bolaga
yordam berish maqsadida psixologik maslahatlar berish;
-xavf guruhidagi bolalar, o’smirlar va ularning oilalarini o’z
joniga qasd
qilishdan ogohlantirish, individual va guruhiy psixologik
korrektsiya qilish
maqsadida kuzatish;
-tanlangan profilaktika va psixokorrektsiya vositalari samaradorligi tahlili.
Do'stlaringiz bilan baham: