Mutaxassislarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti pedagogika va psixologiyasi


-obro’li insonlardan yordamga muhtoj bolaga madad so’rab, murojaat qilish


Download 1.03 Mb.
Pdf ko'rish
bet44/78
Sana31.03.2023
Hajmi1.03 Mb.
#1310602
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   78
Bog'liq
Suitsidal metodikalar to\'plami

-obro’li insonlardan yordamga muhtoj bolaga madad so’rab, murojaat qilish; 
-“o’z joniga qasd qilmaslik haqida” bitim tuzish kerak, bunda bolaning va’dasi 
hech qachon o’ziga zarar keltirmasin; 
-bolaga kim yordam berishi mumkinligini o’ylab ko’rish kerak: ota-onani
maktab pedagogi yoki psixologni, bolaning ishonchli odamini taklif qilish; 
-zaruriy hollarda bolani inqirozli holatdan chiqarish uchun psixoterapevt taklif 
qilish; asoratli va mushkul vaziyatlarda uni yaqin oradagi psixonevrologik markazga 
yoki kasalxonaga olib borish; 
-bolaning yonida qolish; mabodo ketmoqchi bo’lsa, boshqa katta odamning 
nazoratida qoldirish; 
-bo’lib o’tgan hodisa qanchalik mushkul yoki suitsid xavfli ekanligini 
belgilashga urinish; 
-shaxsni nafaqat ruhiy jarohatlarga olib kelgan axloqiy tuzilish, balki “axloqiy 
sabablar saqlangan doira” antisuitsidal omil sifatida ko’rinadi (bular qarzdorlik va 
mas’uliyat, qadr-qimmat, g’urur, vijdon, uyatchanlik, yomon sanktsiya va fikrlardan 
qochishga intilish, o’z mavqeini saqlab qolish hislari bo’lishi mumkin). 
Suitsid haqida hech qanday gap bo’lmasligi mumkin, lekin xavfdan darak 
beruvchi har qanday belgidan xodim, psixolog, tarbiyachi yoki pedagog hushyor 
tortishi lozim. Bola yoki o’smirga doim hushyor bo’lib turish kerak. Zarur bo’lganda 
shubhalar haqida biror bir inson bilan (masalan, kasbdosh, psixolog) maslahatlashish 
mumkin. 
Yodda tutish lozimki, pedagog bola bilan muloqotda hushyor bo’lishi 
kerak, lekin quyidagilar mumkin emas: 


64 
-“Atrofingga qara, nima uchun yashayapsan”, demaslik; 
-falsafiy fikrlarga berilmaslik, ya’ni o’z joniga qasd qilish yaxshi yoki 
yomonligi haqida munozara qilmaslik; 
-bolani o’z joniga qasd qilish haqida o’ylashga psixologik zid usulni 
qo’llamaslik; 
-bola o’zini o’ldirmoqchi bo’lgan narsalar bilan o’sha joyda qoldirmaslik; 
-hakam rolini o’ynamaslik; 
-bola faqat e’tibor qidiryapti, deb o’ylamaslik; 
-bolani o’zini qoldirmaslik; 
-o’z o’ylarini sir tutmaslik. 
Yuqoridagilarni inobatga olib, pedagoglar va tarbiyachilar, psixologlar va 
ijtimoiy pedagoglar, boshqa katergoriyadagi pedagog kadrlar voyaga etmaganlar 
o’rtasida suitsidal xulq-atvor haqidagi oddiy bilimlar va ularning profilaktikasi 
usullariga tayanib, bunga tayyor bolalarni o’rganib, ularni nima bezovta qilayotgani, 
o’z joniga qasd qilish xavfi darajasini aniqlash va uni to’xtatish uchun hamma zarur 
choralardan foydalanishlari zarur. 

Download 1.03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   78




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling