66
Serxarxashalik, injiqlik. Har bir odam vaqti-vaqti bilan injiq, ma’yus bo’lib
qoladi. Bu holat o’smirlarda ob-havo,
charchoq, ma’lumotlarning ko’payib ketishi,
sevib qolganlik, maktabdagi yoki oilaviy kelishmovchiliklar
sababli yuzaga kelishi
mumkin. Agar o’smirning kayfiyatida har kuni ko’tarinkilik yoki tushkunlik kabi
o’zgarish kuzatilsa, xavotirlanishga sabab mavjud.
Depressiya. Bu juda chuqur emotsional tushkunlik bo’lib,
har bir odamda
o’zicha namoyon bo’ladi. O’smirlar bunday vaziyatda odamovi bo’lib qoladilar,
yakkalanib, o’zlarining
hislarini niqoblaydilar, shu sababli atrofdagilar uzoq vaqt
uning xulqidagi o’zgarishlarni sezmaydilar. Bunday vaqtda yagona yo’l – to’g’ridan-
to’g’ri, ochiqchasiga suhbatlashish, emotsional tushkunlikning sababini aniqlash.
Agressivlik. O’z joniga qasd qilish akti birdan g’azablanish, nafrat, qahr,
shafqatsizlik natijasida yuz beradi. Ko’pincha, bunday hodisa suitsidentning o’ziga
e’tibor qaratish, yordamga chaqirishga intilishi natijasida ro’y beradi. Odatda, bunday
chaqiruv aks ta’sir beradi – atrofdagilar uni yomon ko’radi, agressiv o’smirdan
uzoqlashadilar. Oxirgi vaqtlarda o’ziga xos bo’lmagan
nafratlanish, jahldorlik,
agressivlik kuchaygan bolalar va o’smirlarga e’tibor berish lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: