Mutaxassislarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti pedagogika va psixologiyasi
Download 1.03 Mb. Pdf ko'rish
|
Suitsidal metodikalar to\'plami
- Bu sahifa navigatsiya:
- Atrofdagilarga sovg’alar ulashish.
- Ruhiy jarohat.
- Xulq-atvordagi o’zgarishlar
Ishtahaning buzilishi. Ishtahaning yo’qligi yoki odatdan tashqari juda ham
yaxshi ishtaha fikrning buzilishi bilan bog’liq va har doim potentsial xavf alomati sifatida ko’riladi. Pedagog-psixologlar o’smirda bunday muammo bor-yo’qligini ota- onadan bilib oladi. Atrofdagilarga sovg’alar ulashish. Suitsidni rejalashtirgan ayrim odamlar yaqinlari va do’stlariga o’z buyumlarini taxminan tarqatadilar. O’smirlarda avval muhim bo’lgan narsa, o’z qadrini yo’qotadi. Bu buyumlarini tarqatish orqali (o’yinlar yozilgan disklar, musiqa, sevimli kiyim va b.) yoki bu narsalarga e’tiborsizlik orqali (faqat bitta kiyimda yuradi, qolganlari shkafda osilib turaveradi, sevimli musiqalari yozilgan disklarni eshitmaydi, sevimli ko’rsatuvlarini ko’rmaydi) namoyon bo’ladi. Tajribalarga ko’ra, bu kelayotgan baxtsizlikdan xabardir. Har bir bunday voqealarda suitsident bilan jiddiy va ochiqchasiga suhbat o’tkazish tavsiya etiladi. Ruhiy jarohat. Har bir odam o’z individual hissiyotlariga ega. Buning barbod bo’lishi sekin-asta yig’ilib, yirik emotsional iztiroblarga yoki mayda jarohatli 67 kechinmalar zanjiriga olib keladi. Yaqinlaridan, uyidan, odatiy hayotidan ajralish, muhim jismoniy, axloqiy va intellektual yuklamalarga duch kelish, notanish muhit va atmosfera o’smirning hayoti fojia bilan tugashini ko’rsatishi mumkin. Bunga yana ota-onaning ajralishi, yaqinlarining o’limi yoki baxtsizligi, shaxsiy qiyinchiliklar qo’shilsa, suitsidga olib keladigan fikr va kayfiyat paydo bo’ladi Xulq-atvordagi o’zgarishlar. O’smirning xulq-atvorida birdan o’zgarishlar ro’y bersa, diqqat bilan kuzatish kerak bo’ladi. Bunda sizga pedagoglar va ota-onalar yordam beradi. Agarda odamovi, kamgap, vazmin o’quvchi birdan atrofdagilar bilan ko’p hazillashsa, kulsa, vaysaqi bo’lib qolsa, uni nazoratga olish zarur. Bunday o’zgarish ba’zida yolg’izlik yoki ruhiy jarohatni boshdan kechirilayotganidan guvohlik beradi, o’smir buni quvnoqlik va tashvishsizlik niqobida berkitishga harakat qiladi. Boshqa xavotirli simptom energetik quvvatning pasayishi, passivlik, muloqot va hayotga beparvolik hisoblanadi. Xavf. Agarda o’smir o’lishni istayotganini aytsa, bu jiddiy qabul qilinishi kerak. Bu arzi-holni tayyorlanayotgan shaxsning o’z joniga qasd qilishdan ogohlantirish, deb izohlash mumkin. Bunday hollarda pedagog-psixolog tomonidan suitsidentga nisbatan e’tiborsizlik va agressivlikka yo’l qo’yilmasligi kerak. Shunga o’xshash reaktsiya uni xavfni bajarishga undaydi. O’zini tuta bilish, xotirjamlik, zarur bo’lib, unga yordam taklif qilish, xavf darajasi aniqlanmaguncha xonasidan chiqarmaslik, ota-onasini xabardor qilish, zaruriy hollarda telefon orqali tibbiy mutaxassislar bilan maslahatlashish lozim. Download 1.03 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling