77
parchalanishi
Maksimalizm
4, 16
3,2
Vaqtinchalik kelajak
2, 3, 12, 24, 26, 27
1,1
Antisuitsidal omil
19, 21
3,2
Diagnostik subshkalasining mazmuni
1.Namoyishkorona. Atrofdagilarni o’zining
baxtsizligiga jalb etib, ularning
xayrixohligi va tushunishiga erishishga harakat qiladi. Tashqaridan “shantaj”,
“qiyinchiliklarni jazavaga tushib bo’rttirish”,
deb baholanadi,
shuningdek,
namoyishkorona suitsidal xulq-atvor ichdan “yordam so’rash” dir.
2.Affektivlik. Intellektual nazorat ustidan vaziyatni baholashda hissiyotlarning
ustunligi bilan tavsiflanadi. Ruhiy jarohat holatida bevosita
hissiyotga berilib fikr
bildiradi. Oxirgi varianti – intellektning affektiv blokadasi sanaladi.
3. Noyoblik. Masala echimining o’ziga xos variantlarini ko’zda tutuvchi va,
mos
ravishda, boshqalarga o’xshamaydigan maxsus hodisa sifatida o’zini, vaziyatni
va, shuningdek, o’z hayotini idrok qilish bilan izohlanadi. Tajriba uchun “tushunib
bo’lmaydigan” fenomeni bilan chambarchas bog’liq, shuningdek, o’zining va
begonalar hayotiy tajribalaridan foydalanishda mahoratning etishmasligi.
4.Nochorlik. Shaxsning xususiy salbiy kontseptsiyasi. O’zining
nochorligini,
etarli ma’lumotga ega emasligini, keraksizligini, dunyodan
ajralib qolganligini
ko’rsatish. Ushbu shkala jismoniy, intellektual, axloqiy va boshqa ko’rinishlar bilan
bog’liq bo’lishi mumkin. Tashqi monolog formulasi – “Men yomonman”.
Do'stlaringiz bilan baham: