Mutaxassislarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti pedagogika va psixologiyasi


Download 1.03 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/78
Sana31.03.2023
Hajmi1.03 Mb.
#1310602
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   78
Bog'liq
Suitsidal metodikalar to\'plami

2.“Qasos” – norozilikning aniq shakli bo’lib, atrofdagilarga dushmanlarcha 
zarar keltiradi. O’ziga yuqori baho berish, o’z qadrini oshirish, shaxsning faol yoki 


17 
agressiv holatning darajasi geteroagressiya va autoagressiyaning bir-biri bilan 
almashinish mexanizmlari bilan taxmin qilinadi. 
3. “Chaqiruv” tipidagi xulq-atvorda vaziyatni o’zgartirish maqsadida 
tashqaridan yordam chaqirish. Shuning uchun shaxsning pozitsiyasi passiv 
hisoblanadi. 
4.“Qochish” suitsidida mojarolarning mohiyati shaxs yoki biologik moslikka 
tahdid hamda o’ziga nisbatan yuqori baho berishi bir-biriga zid hisoblanadi. Maqsad 
– chidab bo’lmaydigan vaziyatni bartaraf etishdan qochish bilan tavsiflanadi.
5.“O’zini o’zi jazolash” ni quyidagicha ta’riflash mumkin “shaxsning o’ziga 
nisbatan 
ichki 
noroziligi”, 
“Men”ning o’ziga xos qarama-qarshiligining 
kengayishidagi ixtilof, insonda 2 ta obrazning bir vaqtning o’zida mavjudligi aytish 
orqali ya’ni “Men – hakam”, va “Men – sudlanuvchi”, kabi ta’kidlarni o’zida 
dushmanni yo’q qilish. 
6“Rad etish” suitsidida sabablar mavjudligini rad etish hisoblansa-da, maqsad 
o’z hayotiga zomin bo’lishdir. 
O’smir yoshdagilarga xos ziddiyatli guruh 
O’smirlarning suididial xulq-atvorni sodir etishga moyilligiga ko’ra, ular 
orasida ziddiyatli guruhlar ham uchrab turadi. Xususan: 
1.Avval suitsidga qo’l urgan (tugallanmagan, parasuitsid) o’smirlar. 
2.Suitsidal tahdidlarni ochiqchasiga yoki yashirincha namoyish qiladigan 
o’smirlar. 
3. O’ziga shikast etkazishga moyil (autoagressiya) o’smirlar. 
4.Naslida suitsidal xulq-atvor va suitsidga moyil bo’lgan yoshlar. 
5.Spirtli ichimliklar ta’siridagi o’smirlar. Bunday tipdagi o’smirlarda suitsid 
xavfi juda yuqori. Ayniqsa, yoshlar o’rtasida 50 % ni tashkil qiladi. Uzoq vaqt spirtli 
ichimliklarni qabul qilish, bu bir necha avlodning surunkali spirtli ichimlik iste’moli 
depressiyaning kuchayishiga yordam beradi hamda aybdorlik hissi va psixik 
kasalliklar suitsidni amalga oshishiga olib keladi.


18 
6. O’smirning surunkali ravishda narkotik va toksik moddalar iste’mol qilishi. 
PFM (psixik-faol moddalar) iste’moli o’smirning o’zini o’zi nazorat qilishini 
susaytiradi, hattoki, psixik kasallikni chaqiradi. 
7.Asab buzilishlaridan aziyat chekuvchi, ayniqsa, og’ir depressiyaga 
(psixopatologik sindromlarga) uchragan o’smirlar. 
8. Surunkali yoki tug’ma kasalliklardan aziyat chekuvchi o’smirlar 
(shuningdek, ushbu kasalliklardan katta yoshdagilar ham aziyat chekadilar). 
9. Katta yo’qotishlardan qayg’urayotgan o’smirlar, masalan ota-ona (sevimli 
inson) ning o’limi, ayniqsa, yo’qotishning birinchi yillari va boshqalar. 
10. Muammoli oilalarda tarbiya topgan o’smirlar: ma’lum bir yoshda oiladan 
ketish, ajralish, oilaviy zo’ravonlik va boshqalar. 
Bu guruhga duch kelgan mutaxassislar (pedagog-psixologlar, ijtimoiy 
pedagoglar) tezda xulosa chiqarish va masalaga yuzaki qarashdan saqlanishlari kerak. 
Suitsidga hali moyilligi bo’lmagan o’smirlar ham bu qaltis guruhga tushib qolishlari 
mumkin. Ta’kidlash joizki, hali o’z joniga qasd qilishga biror bahona va sabab 
ko’rsatilmaydi. Suitsidga ozgina ishora bo’lsa ham, bunga jiddiy e’tibor berish, 
agarda ma’lum vaqtgacha saqlanib qolsa, ziyraklik bilan xavfli signallarga diqqat 
qaratish lozim. Yordamga chaqirgan ovoz mutaxassisning javob berishiga muhtoj 
ekanligiga shubha yo’q. 

Download 1.03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   78




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling