Mutaxassislarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti pedagogika va psixologiyasi


Download 1.03 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/78
Sana31.03.2023
Hajmi1.03 Mb.
#1310602
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   78
Bog'liq
Suitsidal metodikalar to\'plami

4.Qiyin kechuvchi pubertat. Bu bosqich tengdoshlariga nisbatan o’smirning 
rivojlanishida qo’pol buzilishlardan guvohlik beradi. Xususan:
–ikkilamchi jinsiy alomatlarning tengdoshlariga nisbatan va rivojlanish 
me’yorlariga solishtirganda erta jadal namoyish bo’lishi (“erta start” deb 
nomlanuvchi). Me’yor bo’yicha, qizlar uchun jinsiy alomatlarning namoyon bo’lishi 
11 yoshda, o’g’il bolalarda 13 yoshda sodir bo’ladi; 
–dismorfiya (o’smirlik davrida juda tez garmonik rivojlanish bilan bog’liq o’z 
ko’rinishidan ko’ngli to’lmaslik). Qo’l-oyoqlarning nomutanosib o’sishi o’smirning 
tashqi ko’rinishiga xos. Shuningdek, ichki organlarning jadal va nomutanosib 
rivojlanishi, emotsional o’zgarishlarni qo’zg’atuvchi hisoblanadi. O’smirda gormonal 
o’zgarishlar va portlash kuzatiladi. 


25 
–o’smir yoshda aktsentuatsiyaning yorqin surati. 
5.Suitsidentning 
shaxsiy 
ta’sirchanlik 
chegarasi. 
Bolalarning 
agressivligidagi qiziqqonlik, bir lahzada jahli chiqib ketishi, ta’sirchanlik o’ziga xos 
xarakterga ega. O’smir ta’sirchanligi quyidagi ko’rinishlarda namoyon bo’ladi: 
-test uslubida ta’sirchanlikning yuqori darajasi; 
-nerv-mushak bosmining yuqori darajasi; 
-ishontirishning yuqori darajasi; 
-murosasizlik (oq-qora dunyo, faqat “ha” va “yo’q” kategoriyasining 
mavjudligi, dunyoning haddan tashqari och rangda idrok qilish). 
O’smirlar uchun omadsizlik, g’azab, chiranish, chetlanish suronli kabi reaktsiya 
xos. 


26 
2-BOB. BOLALAR VA O’SMIRLARDA SUITSIDAL XULQ-
ATVORNING YOSHGA OID XUSUSIYATLARI 
 
2.1. Maktabgacha va kichik maktab yoshidagi bolalar suitsidal xulq-
atvorining o’ziga xos xususiyatlari 
 
“O’lim” tushunchasi bolalik davrida nihoyatda mavhum, xuddi vaqtincha, 
uyquga o’xshash, har doim ham o’zi bilan bog’liq emasdek qabul qilinadi. Bolalarda 
o’lim tushunchasi 2–3 yosh o’rtasida paydo bo’ladi va ko’pchilik uchun bu 
qo’rqinchli hodisa deb hisoblanmaydi.
Maktabgacha yoshdagi bolalarda bu holat umrning tugashi deb hisoblanmaydi, 
aksincha, vaqtinchalik hodisa, uyqu yoki biron yoqqa ketish sifatida qabul qilinadi. 
Buning o’rniga yaqinlari, uy hayvonlari yoki tengdoshlarining o’limi fikrlashning 
o’ziga xos xususiyatiga ko’ra va tajribasizlik tufayli bola istagi amalga oshgani 
natijasi, deb qabul qiladilar va, ko’pincha, kuchli aybdorlik hissi tug’iladi. 
G’amginlik va qayg’urish holatini yuzaga kelishi shubhasiz, uzoqqa cho’zilmaydi. 
Maktabgacha yoshdagi bolalarning o’lim haqida o’ylari o’ziga xos bo’lib, bu ularning 
e’tiborlari yaqiniga ham yaqinlashmaydi (ertaklar, hayotiy hodisalar). 

Download 1.03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   78




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling